O‘QUVCHILAR UCHUN XAVFSIZLIK QOIDALARI
BO‘YICHA KO‘RSATMALAR
1. Ishlashda diqqat e’tiborli va tartibli bo‘ling. O‘qituvchi topshirig‘ini aniq bajaring.
2. O‘qituvchi ruxsatisiz ishga kirishmang.
3. Asbob-uskunalar, materiallarni o‘z ish joyingizga shunday qo‘yingki, bir nechta narsaning tushib qolishuga yoki bexosdan otilib ketishiga yo‘l qo‘ymang.
4. Ishni bajarishdan oldin uni mazmuni va olib borish tartibini diqqat bn o‘rganing.
5. Tajriba olib boorish jarayonida shisha idishlarni (proberka, kolba) yerga tushib ketishini oldini olish uchun shtativga ehtiyotkorlik bilan mahkamlang.
6. Tajriba o‘tkazish davomida o‘lchov asboblarining chegaraviy ko‘rsatkichidan oshirib yuborish holiga yo‘l qo‘ymang. Shishadan yasalgan asboblar bilan ishlashda alohida ehtiyotkorlik bilan ishlang. Termometrni qotib qolgan moddadan birdan sug‘urib olmang.
7. Asbob- uskunalarning barcha qismlari mustahkamlanganligiga e’tibor bering va ko‘rib chiqing. Mashinalarning aylanib turgan qismlariga yaqinlashtirmang va engashmang.
8. Tajribaviy qurilmani yig‘ishda mustahkam himoyalangan hech qayerida shikastlangan joyi bo`lmagan o‘tkazgichdan foydalaning.
10. Elektr toki bilan olib boriladigan tajribalarni fan o‘qituvchi tekshirib, ruxsat bergandan keyin amaliy mashg`ulotlarni bajaring
KIMYO LABORATORIYA XONASIDA QUYIDAGILAR
T A Q I Q L A N A D I
1. Fizika kimyo-biologiya fanlarida laboratoriya va amaliy mashg`ulotlar o`tkazish vaqtida suv va turli xil narsalarni istemol qilish taqiqlanadi.
2. Fizika kimyo-biologiya fanlarida laboratoriya va amaliy mashg`ulotlar o`tkazish vaqtida asbob va jixozlarni yo‘riqnomasi bilan tanishmasdan ishlashga urinish:
3. Fizika kimyo-biologiya fanlarida laboratoriya va amaliy mashg`ulotlar o`tkazish asbob, kimyoviy jixozlarni va kimyoviy moddalarni o‘qituvchi yoki laborantning ruxsatisiz olib ishlatish;
4. Elektr o‘lchov asboblariga suv va boshqa suyuqliklar sepish, ularni tok manbaiga ulangan qisqichlarini qo‘l bilan ushlash;
5. Tajriba jarayonida asbob va jixozlar joylashgan taglikka kuch bilan zarba berish
;6. Fan xonasidagi asbob va jixozlarni boshqa xonalarga berish;
7. Tajriba jarayonida (bug‘lanayotg an, qaynab turgan idishni qo‘l bilan ushlash:
8. Fizika kimyo-biologiya fanlarida laboratoriya va amaliy mashg`ulotlar o`tkazish bo`lgandan so`ng jihozlarni olib ketish va kimyoviy moddalarni xonaga to`kish :
9. Laboratoriya va amaliy mashg`ulotlar o`tkazishda inson hayotiga havf soluvchi ishlarni bajarish taqiqlanadi.
10. Laboratoriya va amaliy mashg`ulotlar yakunlangach barcha jihozlarni nazoratsiz qoldirish taqiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |