Kimyo yo’nalishi iii-bosqich 19. 02-guruh talabasi umarova muqaddasning “neft va gaz kimyosi”



Download 275,77 Kb.
bet1/10
Sana01.07.2022
Hajmi275,77 Kb.
#726967
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ISMATOVA MUQADDAS KURS ISHI



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIMVAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTONMILLIY UNIVERSITETI

KIMYO FAKULTETI


KIMYO YO’NALISHI III-BOSQICH 19.02-GURUH TALABASI
UMAROVA MUQADDASNING
NEFT VA GAZ KIMYOSI” FANIDAN BAJARGAN

Mavzu: Neft mahsulotlarining davlat
standartlari

Rahbar: ABDUG'OFUROV I.A.
TOSHKENT-2022

Mundarija



Kirish
I BOB

    1. Neft tarkibi………….………………………………....……………7

1.2 Neft mahsulotlarining Davlat standartlari......................................18
1.3 Respublikamizda neft-gazni qayta ishlash sanoatining
rivojlanishini……………………………………………………………20
II BOB
2.1 Neft mahsulotlarining kimyoviy tarkibini aniqlash……………….24
2.2 Neft to’kilishi uchun javobgarlik…………………………………..
XULOSA……………………………………………………………....36
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR..............................................37
Kirish
Iqtisodiyot tarmoqlarida neft mahsulotlari va gazdan oqilona hamda samarali foydalanishni davlat tomonidan nazorat qilishning yagona tizimini takomillashtirish, “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy gaz yetkazib berish va uning uchun hisob-kitob qilish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 1999-yil 21-sentabrdagi 439-son qarorini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “O‘zneftgazinspeksiya” negizida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan, foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi (“O‘davneftgazinspeksiya”) tashkil etilsin, u “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi tarkibidan chiqarilsin.
2. Quyidagilar “O‘zdavneftgazinspeksiya”ning asosiy vazifalari etib belgilansin:
iqtisodiyot tarmoqlarida neft mahsulotlari va gazdan samarali foydalanish masalalarini muntazam o‘rganishni tashkil etish va amalga oshirish;
iqtisodiyot tarmoqlarida neft mahsulotlari va gazning sifati va miqdori jihatidan saqlanishi norma va qoidalariga, neft-gaz tarmog‘i obyektlaridan foydalanish chog‘ida belgilangan texnologik jarayonlarga hamda texnologik asbob-uskunalar holatiga rioya etilishini, shuningdek neft-gaz tarmoqlari obyektlarini qurish va asbob-uskunalarini o‘rnatishda neft-gaz tarmog‘i obyektlarini barpo etuvchi qurilish-montaj tashkilotlari tomonidan norma va qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish;
neft mahsulotlari va gazdan oqilona foydalanish masalalari bo‘yicha energiyani tejovchi tadbirlar, dasturlar va loyihalarni ishlab chiqishda hamda amalga oshirishda qatnashish.
3. “O‘davneftgazinspeksiya” to‘g‘risidagi Nizom va uning tashkiliy tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
“O‘zdavneftgazinspeksiya” tizimi xodimlarining cheklangan soni (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari) 164 kishi, shu jumladan, uning markaziy apparati xodimlari soni 32 kishi etib belgilansin.
4. Belgilansinki, “O‘zdavneftgazinspeksiya” faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash:
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining viloyat bo‘linmalari, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining “O‘zgeoburg‘uneftgazqazibchiqarish” aksiyadorlik kompaniyasi “Sho‘rtanneftgaz” neft-gaz ishlab chiqarish boshqarmasi va Muborak gazni qayta ishlash zavodining neft mahsulotlari va gaz sotish bo‘yicha daromadlaridan 0,1 foizgacha miqdordagi majburiy ajratmalari;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 26-dekabrdagi 573-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 24-son, 243-modda)
neft mahsulotlari va gazdan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 9-martdagi 124-son qarori bilan belgilangan tartibga muvofiq iqtisodiy jazolarni qo‘llashdan tushadigan mablag‘larning bir qismi hisobiga amalga oshiriladi.
“O‘davneftgazinspeksiya” ta’minotining xarajatlar smetasi belgilangan tartibda har yili O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
5. Belgilab qo‘yilsinki:
“O‘zdavneftgazinspeksiya” boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari lavozimga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonida tayinlanadilar;
“O‘davneftgazinspeksiya” hududiy bo‘linmalari boshliqlari lavozimga inspeksiya boshlig‘i tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda tayinlanadilar.
“O‘davneftgazinspeksiya” boshlig‘i maqomi hamda moddiy, ijtimoiy-maishiy va transport xizmati ko‘rsatish sharoitlari bo‘yicha vazirning birinchi o‘rinbosariga, boshlik o‘rinbosarlari vazir o‘rinbosarlariga tenglashtirilsin.
6. “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining viloyat bo‘linmalari, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining “O‘zgeoneftgazqazibchiqarish” aksiyadorlik kompaniyasi “Sho‘rtanneftgaz” neft-gaz ishlab chiqarish boshqarmasi va Muborak neftni qayta ishlash zavodi “O‘davneftgazinspeksiya” ta’minotiga mablag‘ ajratishni nazarda tutsinlar, ushbu mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida Nizom”ning 1.1.4-bandiga muvofiq ishlab chiqarish bilan bog‘liq moddiy xarajatlarga kiritsinlar.
7. “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi “O‘zneftgazinspeksiya” balansidagi mavjud asbob-uskunalar, inventarlar va transport vositalarini “O‘zdavneftgazinspeksiya”ga tekin bersin.
8. O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi bir oy muddatda “O‘davneftgazinspeksiya” Markaziy apparatini zarur aloqa vositalari, shu jumladan hukumat aloqasi bilan ta’minlasin.
9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda “O‘zdavneftgazinspeksiya”ning Markaziy apparati va hududiy bo‘linmalari uchun binolar ajratsinlar.
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, tegishli vazirliklar va idoralar bir oy muddatda amaldagi me’yoriy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari V.Y. Atayev zimmasiga yuklansin.

Download 275,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish