Gaz kondensati va quyi fraksiyalardagi sikloalkanlarning fizik xossalari
Neft va uning fraksiyalarida sikloalkanlarning tarqalish qonuniyati o`rganilgan. Quyidagi jadvalda gaz kondensati va (neftni) yengil fraksiyalari uglevodorodlarining guruh tarkibi berilgan.
Gaz kondensati va neftning yengil fraksiyalari uglevodorodlarining guruh tarkibi (QB-1250C, % da)
Kon
|
Massa miqdorda chiqishi
|
Sikloalkanlar
|
5 a'zoli
|
6 a'zoli
|
Grozniy
|
6,8
|
22,0
|
20,0
|
G`arbiy Sibir
|
5,7
|
14,5
|
14,0
|
Saxalin:
|
|
|
|
Pervomay
|
13,9
|
31,0
|
31,0
|
Exobin
|
7,0
|
53,0
|
27,0
|
Boku:
|
|
|
|
O’zb.Neftyanie Kamni
|
2,4
|
25,5
|
26,5
|
Kara Dag (gaz kondensati)
|
40,0
|
16,0
|
27,0
|
Jadvaldagi ma'lumotlardan ko`rinib turibdiki, gaz kondensati fraksiyasida sikloalkanlar bir necha marotaba ko`p ekan. (172 kg/tonna xomashyoga nisbatan). Fraksiyalar qaynash haroratining oshishi bilan ularda bi- va uch sikloalkanlar kuzatila boshlaydi.
Sikloalkan tipidagi benzinlar 50-70% gacha, alkan tipidagilar esa 20-30% sikloalkanlar saqlaydi. Tarkibida sikloalkanlari ko`p bo`lgan gaz kondensatlari va benzinlarni uglevodorod tarkibi keyingi jadvalda keltirilgan.
-jadval
Turkmaniston gaz kondensati va to`g`ridan - to`g`ri haydab olingan benzinlarning guruh tarkibi
Kon
|
Sikloalkanlar
|
C5
|
C6
|
C5: C6
|
Alkanlar nisbati sikloalkanlar
|
Gaz kondensati
|
Zeagli Darvoza:
|
|
|
|
|
60-1700C fraksiya
|
14
|
37
|
0,38
|
0,83
|
58-1500C fraksiya
|
16
|
30
|
0,53
|
1,17
|
Qizil Qum:
|
|
|
|
|
Q.B.-2000C fraksiya
|
|
|
|
|
(I namuna)
|
10,8
|
15,2
|
0,71
|
-
|
(II namuna)
|
12,8
|
10
|
1,28
|
3,25
|
Benzin
|
24,1
|
23
|
1,05
|
0,91
|
Borsa kelmas:
|
|
|
|
|
Qotur Tepa
|
7,8
|
19,7
|
0,90
|
1,52
|
Jetiboy
|
15,6
|
13,7
|
1,14
|
2,25
|
Uzen'
|
13,3
|
16,5
|
0,81
|
2,26
|
Neft kimyo sanoati uchun hozirda eng ko`p ahamiyatga ega bo`lgan uglevodorodlar: etilen, propilen, butadien va benzollardir. Ular asosida juda ko`p neft kimyoviy mahsulotlar olinadi.
Neftning geteroatomli birikmalari
Hamma neftlar tarkibida uglevodorodlardan tashqari anchagina miqdorda geteroatomli birikmalar mavjuddir. Ushbu birikmalar o`z molekulalarida oltingugurt, kislorod, azot saqlashi mumkin. Ko`rsatib o`tilgan elementlarning miqdori neftning yoshiga va kelib chiqishiga bog`liqdir.
Oltingugurt miqdori 0,02 dan 7% (mass.) gacha bo`lishi mumkin va ushbu ko`rsatkich bo`yicha oltingugurt birikmalarining neftdagi miqdori taxminan 0,270% ga to`g`ri keladi.
Neft tarkibidagi azot saqlovchi birikmalardagi azotning miqdori undan ham kam bo`lib 1,7% (mass.) gacha yetishi mumkin. Masalan, O`zbekistonning Uchqizil neftida azotning miqdori 0,82% (mass.) ni tashkil qiladi.
Neftning azot saqlovchi birikmalari
Neft tarkibida azot birikmalari kislorodli va oltingugurtli birikmalarga nisbatan anchagina kam miqdorda bo`lib, odatda 0,02 0,56% (massaviy) miqdorda bo`ladi. Ular boshqa geteroatomli birikmalar kabi fraksiyalarda notekis taqsimlangan bo`lib, ko`pincha ularning yarmidan ko`pi smola - asfalten qismida mavjud.
Neftning azotli birikmalari o`zlarining kimyoviy xossalariga asosan azotli asoslarga va ajratish hamda identifikatsiya qilish og`ir muammo bo`lgan azot saqlovchi neytral birikmalarga bo`linadi.
Azotli asos birikmalar kislotalar yordamida neft tarkibidan osongina ajratib olinadi. Neytral azot saqlovchi birikmalarni esa ajratib olish va ularni identifikatsiya qilish og`ir muammodir.
Quyida eng ko`p o`rganilgan azotli asoslar haqida ma'lumot keltirilgan.
Ko`rsatilgan azotli birikmalarning alkilli hosilalari (asosan metil- va etilli hosilalar), hamda ularning alisiklik va aromatikli (neytral) gomologlari bo`lishi mumkin. Ayrim neftlarda, hatto tiniq fraksiyalarda ham molekulasida azot va oltingugurt atomi bo`lgan tioxinolinlar yoki azot va kislorod atomi bo`lgan gidroksipiridin, gidroksixinolin birikmalar ham uchratiladi.
Molekulasida indol- va karbazolxinolinlar - ikki azoti bo`lgan birikmalar ham aniqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |