Kimyo va uni oʻqitish metodikasi


Kimyo oʻqitishda evristik va tadqiqod metodlari



Download 0,62 Mb.
bet5/6
Sana21.02.2023
Hajmi0,62 Mb.
#913512
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Karimov Sirojbek

1.3. Kimyo oʻqitishda evristik va tadqiqod metodlari:
Evristik va ilmiy-tadqiqot usuli bir-biriga oʻxshash, lekin ularning farqi oʻquvchilarning mustaqil faoliyati kam-koʻpligi bilan belgilanadi.
Evristika: izlayman, topaman, degan ma’noni anglatadi. Evristik faoliyatni texnologiyalashtirish oʻquvchilarning ijodiy qobiliyati qanday boʻlsa shu qadar zaruriy va qonuniy jarayonidir.
Evristik usul bu evristika kontseptsiyasining amaliy qismidir, bu muammoni hal qilish, oʻrganish yoki kashf qilish uchun har qanday yondashuv boʻlib, u maqbul yoki mukammal boʻlishi kafolatlanmagan, ammo tezkor maqsadlar uchun etarli boʻlgan amaliy usulni qoʻllaydi.
Ya’ni, soʻzlashuv uslubida, bu muammoni topish va hal qilishga imkon beradigan usullar va turli xil texnikalar toʻplamidir. Optimal echimni topish imkonsiz yoki amaliy boʻlmagan joyda, evristikadan qoniqarli echim topish jarayonini tezlashtirish uchun foydalanish mumkin. Evristikani qaror qabul qilishning bilim yukini engillashtiradigan ruhiy yorliq sifatida ham aniqlash mumkin. Ilmiy intizom sifatida, har qanday fanga qoʻyilgan muammo boʻyicha samarali natijaga erishish maqsadida qoʻllanilishi mumkin.
Evristik metod ma’lum bir muammoning samarali echimiga erishish uchun turli xil empirik jarayonlarni, ya’ni tajriba, amaliyot va faktlarni kuzatish asosida strategiyalarni qoʻllash asosida quriladi.
Evristik vaziyatlar yaratish va rivojlantirish boʻyicha texnologik harakat ijodkorligi natijalarini ta’minlash yoʻlidir. Quyida evristik vaziyatlar tayyorlash va oʻtkazish boʻyicha oʻqituvchilar uchun texnologik yoʻl-yoʻriqlar haqida fikr yuritamiz.
1. Izlanuvchi vaziyatning asosiy ta’limiy ob’ektini (narsa, tushuncha, hodisa, jarayon, an’ana, buyum va boshqalar). Bunda ob’ekt va oʻquvchilar uchun qiziqarli boʻlgan muammoni aniqlash; oʻquvchilrga ularning oʻrganilayotgan ob’ekt bilan shaxsiy ichki aloqasini topishga yordam berish, ular uchun shaxsan ahamiyatli muammolarni qanday tayyorlash boʻyicha oʻylashga yoʻnaltiradi. Buning uchun shaxsiy tajriba va oʻquvchilarning qoʻyiladigan ta’limiy natijalari taxrirlanadi.
Masalan; 5-sinf Texnologiya fanida “Transport vositalarini konstruksiyalash va modellashtirish” mavzusini oʻtishda har bir transport vositasining konstruksiyasi va modelini oʻquvchilar bilan amaliy yondashib koʻrib chiqish. Har bir konstruksiya va modelni yasashda oʻquvchidan uning ahamiyati va amaliy tatbiqlarini oʻrganishga qaratilishi lozim.
2. Oʻquvchilarga yechimi noma’lum boʻlgan muammo yoki topshiriq beriladi. Ushbu topshiriqni amalga oshirish sinfda ta’limiy koʻtarinkilik hamda oʻquvchilar topshiriqni bajarish orqali oʻzlarining faolligini namoyon etgandagina samarali boʻladi. Topshiriqning ta’riflanishi muammoni jamoa boʻlib muhokama qilishning natijasi boʻlishi mumkin. Oʻquvchilar tomonidan ta’riflangan topshiriq shunchaki qiziqarli emas, balki oʻqituvchi uchun yangilik boʻlsagina maqsadga erishilgan boʻladi.
3. Oʻquvchilarning oʻzida paydo boʻlgan yoki yaratilgan vaziyat (topshiriq)ni shaxsan hal etishga imkoniyat yaratish. Evristik vaziyatning asosiy bosqichi sanaladi. Bunda har qanday ta’lim natijasidan ijod belgisini aniqlash lozim.
4. Oʻquvchilarning ta’limiy ijod namunalarining namoyish etish: topshiriqlar, ta’riflar, ramzlar, rasmlar, loyihalar, maketlar va shu kabilarni jamoada muhokama etib, koʻrgazmalar tashkil etish, oʻzaro yozma taqrizlar yozdirish, ma’ruzalar bilan chiqishlar qilish.
5. Ta’limiy ijod namunalari namoyish etilgandan keyin rasmlar, rivoyatlar, ta’riflar, olimlarning fikrlari, darsliklaridagi ma’lumotlar, shaxsiy bilim va tasavvurlari bilan asoslay olish.
6. Oʻquvchilarning ijod namunalarini qiyoslash, solishtirish, tasniflash boʻyicha faoliyatini tashkil etish. Oʻquvchilar tomonidan oʻz qarashlari yoki ijod namunalarini aniqlash hollari yuz bersa, ularga oʻz nuqtai nazarlarining oʻzgarish sabablarini tushunishlarida koʻmaklashiladi. Ta’limiy vaziyatlarning rivojlanishi ta’minlanadi.
7. Oʻquvchilarning bilishga oid qoʻllanilgan usullarni, paydo boʻlgan muammo va uni yechish yoʻllarini tushunishi boʻyicha fikr yuritish, tahlil etish. Oʻquvchilarning individual tarzda erishgan natijalarini aniqlashda koʻmaklashishi. Jamoa boʻlib yaratilgan ta’limiy natijalarini aniqlash.
Izlanishli ta’limiy vaziyatlarning asosiy texnologik elementlari: motivatsiya, muammolar qoʻyish, vaziyat ishtirokchilari tomonidan muammoni echish, ta’limiy natijalarni namoyon etish, ularni bir-birlari bilan qiyoslashdan iborat.
Ta’limiy vaziyat oʻqituvchi tomonidan quyidagi tarzda tashkil qilinadi: kerakli material va ta’limiy ob’ekt ajratiladi, ular oʻrtasidagi munosabatlar oʻrganiladi, asosiy tushunchalar tanlanadi. Tadqiqotning umumiy ob’ekti, uning ma’nosini izlash, faoliyatning yangi usullari hamda turlarini izlash zarurati evristik vaziyatning asosi boʻlishi mumkin.
Evristik metod oʻqituvchining faol ishtirokida amalga oshiriladi. Misol tariqasida galogenlarning bir-biriga nisbatan aktivligini aniqlash haqidagi evristik suhbatni keltirish mumkin. Bunda oʻquvchilarning izlanishlariga doimo oʻqituvchi tomonidan aniqlik kiritilib boriladi. Oʻqituvchi kaliy yodid eritmasiga kraxmal kleysterini qoʻshadi, lekin rang oʻzgarmaydi. Xlorli suvga kraxmal qoʻshilganda ham rang oʻzgarmaydi. Agar probirkaga uch komponent: kaliy yodid, kraxmal kleysteri va xlorli suv qoʻshilsa, kraxmal koʻkaradio Soʻngra oʻqituvchi tajriba tahlili boʻyicha suhbat oʻtkazadi.
Amaliyot vaqtida laborotoriya mashxuloti oʻtkazilgan paytdagi foto lavha.


Ilmiy tadqiqot: Har qanday fan o‘zining ilmiy-tadqiqot metodlariga ega. Bu metodlari orqali u o‘z mazmunini boyitib, yangilab boradi. Hayotda va obyektiv dunyoni bilish nazariyasida nimani o‘rgatish va qanday o‘rgatish kerak, kimni qanday tarbiyalash lozim degan masalalar mavjud bo‘lib, ular o‘zaro bog‘liqdir. “Nima qilish kerak va qanday amalga oshirish lozim” degan muammolar o‘rtasida dialektik birlik mavjuddir.
Yangi bilimlarni ishlab chiqish jarayoni, bilish faoliyati turlaridan biri. Unga obʼyektivlik, ishonchlilik, aniqlik xos. Ilmiy tadqiqot hamma shartlarga amal qilib takrorlanganda hamisha birdek natija berishi, bahs etilayotgan masalani isbotlashi lozim. Ilmiy tadqiqot bir-biri bilan bogʻlangan ikki boʻlim tajriba va nazariyadan iborat. Ilmiy tadqiqotning asosiy komponentlari: mavzuni belgilash, mavjud axborotni, tadqiqot sohasidagi shart-sharoit va metodlarni, ilmiy farazlarni oldindan taxlil etish, tajriba oʻtkazish, olingan natijalarni taxlil etish va umumlashtirish, kelib chiqqan farazlarni olingan dalillar asosida tekshirish, yangi fakt va qonunlarni ifodalab berish, ilmiy bashorat yuritish. Ilmiy tadqiqotlarni fundamental va amaliy, miqdoriy va sifatli, noyob va kompleks tadqiqotlarga ajratish keng tarqalgan. Ilmiy tadqiqotlarning metod va tajribalari fanning oʻzidagina emas, balki koʻpgina iqtisodiy-ijtimoiy masalalarni hal qilishda ham keng qoʻllaniladi.
Pedagogika o‘z mazmunini boyitish va yangilash maqsadida mavjud pedagogik hodisa hamda jarayonlarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan metodlari bilan o‘rganadi. Shu ma’noda pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari deganimizda yosh avlodni tarbiyalash, bilim berish va o‘qitishning real jarayonlariga xos boʻlmagan ichki aloqa va munosabatlarni tekshirish, bilish metodlari, uslublari hamda vositalari mazmuini tushunamiz. Pedagogika o‘qitish, bilim berish, tarbiyalash jarayonlarini va ularning mohiyatini quyidagicha o‘rganishni nazarda tutadi:
1) ularning umumiy aloqasi, bir-birini taqozo etishi hamda o‘zaro ta’sir jarayonida bolalarni o‘qitish, tarbiyalash, fan, madaniyat, axloq va san’at, ta’lim-tarbiyaning qayerda amalga oshirilishidan qat’iy nazar uzviy aloqada boʻlishi.
2) ularning to‘xtovsiz harakati, o‘zgarishi va taraqqiy etish jarayonida vujudga keladigan o‘qitish hamda tarbiyalash vazifalari, metodlarining o‘zgarishi, hamma bolalarni bir xil andozada o‘qitish va tarbiyalash mumkin emasligi.
3) bolalarning o‘sishida ularning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, aqliy va xulqiy faoliyat, so‘z va ish birligi mezonlariga tayanish.
4) bolalar kamolotiga ta’sir etuvchi an’ana, urf-odatlar, ular eskilik bilan yangilik, o‘rtasida yuz beradigan nizolarni hisobga olish, o‘zaro tanqid va hokazo.
Kimyo oʻqitish metodikasining ilmiy-tadqiqot metodlari qanchalik mukammal, aqlga muvofiq, to‘g‘ri tanlansa ta’lim-tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish shu darajada yaxshilanib, kimyo oʻqitish metodikasi fani ham boyib boradi.
Tаdqiqot metodi bu ilmiy nаzаriyаlаrni qurilishi, bog‘liqliklаri, munosаbаtlаri, qonuniy аloqаlаrini o‘rnаtish mаqsаdidа ilmiy mа’lumotlаrni olish yo‘llаridir.
Tаdqiqotlаrni tаshkil etishdа umumnаzаriy metodlаr: аnаliz, sintez, tаqqoslаsh, induksiyа, deduksiyа, mаvhumlаshtirish, umumlаshtirish, konkretlаshtirish, modellаshtirish, sotsiologik metodlаr: аnketа, intervyu, reyting, ijtimoiy psixologik metodlаr: sotsiometriyа, test, trening, mаtemаtik metodlаr. Tаdqiqot metodlаri nаzаriy vа аmаliy (empirik) turlаrgа bo‘linаdi.
Tаdqiqotning nаzаriy metodlаri ilmiy fаktlаrni tizimlаshtirish, kengаytirish, аniqlаshni tаqozo qilib, hodisаlаrni tushuntirаdi vа oldindаn izohlаb, olingаn nаtijаlаrni ishonchliligini oshirib, mаvhumdаn аniq bilimlаrgа o‘tishni, turli tushunchа vа fаrаzlаr orаsidаgi аloqаdorliklаrni o‘rnаtib, аsosiy vа ikkinchi dаrаjаlilаrini аjrаtаdi
Pedagogikada shunday maxsus metodlar mavjudki, ular yordamida ta’lim-tarbiya jarayoniga oid muhim faktlar, turli pedagogik vaziyatlar mohiyatlari, mexanizmlari, xususiyatlari oʻrganiladi.
Ob’ektiv dunyoni bilish, nazariyada nimani oʻrganish va oʻrgatish kerak, kimni va qanday tarbiyalash lozim degan masalalar mavjud boʻlib, ular oʻzaro uzviy bogʻliqdir.
Har qanday fan sifatida oʻzining ilmiy tadqiqot usullariga ega. Bu usullari orqali oʻz mazmunini boyitib, yangilab boradi. Kimyo oʻqitish metodika fani oʻz mazmun mohiyatini boyitishda, yangilashda mavjud pedagogik hodisa va nazariyalarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan usullari bilan oʻrganadi. Ushbu ilmning ilmiy tadqiqot usullari deganda yosh avlodni tarbiyalash, bilimli qilish va oʻqitishning real jarayonlariga xos boʻlgan ichki aloqa va munosabatlarni tekshirish, bilish yoʻllari, uslublari va vositalari majmui tushuniladi.
Kimyo oʻqitish metodikasining ilmiy tadqiqot usullari qanchalik toʻgʻri tanlansa ta’lim-tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish shu darajada yaxshilanadi, kimyo fani ham boyib boradi.
Ilmiy tadqiqot metodlaring tavsifi.Kimyoni oʻqitishning tajribalarni o‘rganishda quyidagi metodlar: kuzatish, yozish, eksperiment, suhbat, tarbiya muassasalarini hujjatlarini o‘rganish turli xilda qo‘shib olib borilishi mumkin”.
1. Tadqiqotning asosiy metodlari kuzatish, suhbat, tekshirish, eksperiment metodlari singari faoliyat natijalarini o‘rganishdan iborat.
2. Hozirgi vaqtda quyidagi metodlar asosida ishlaydi. Bular: kuzatish, so‘rash, yozdirish, o‘quvchilar faoliyat natijalari va o‘quv tarbiya muassasalari hujjatlarini o‘rganish, pedagogik eksperiment, modellashtirish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va yoyish, laboratoriya ishi, matematika va statistika materiallarini ishlash kibernetika, anketa, intervyu olish va tasvirga olish singari metodlardan foydalaniladi.
kuzatish murakkab va maxsus xususiyatga egadir. Bunda kuzatilayotgan pedagogik hodisaning mohiyatini ko‘ra bilish, o‘qituvchi va o‘quvchi harakatlarining o‘zaro aloqasi dialektikasini, ulardan har birining individualligini aniqlay olish lozim. Har pedagog kuzatuvchan bo‘lishi ayrim hodisa va dalillarning tavsilotlarini payqay olish, ularni tahlil qila bilish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim. Kuzatishlar biror maqsadga qaratilgan holda amaliy va sistemali yo‘lga qoʻyilgan bo‘lsa, eng kerakli dalillarni, mazkur kuzatishdan o‘z vaqtida chiqarilgan pedagogik-psixologik xulosalarni hisobga olgan holda tashkil qilinsa, samarali bo‘ladi. Kuzatish ta’lim-tarbiya jarayonini yaxshilash va takomillashtirish maqsadida olib borilishi mumkin. Masalan, o‘qitish jarayonida bolalarning qanday o‘sayotganligi, dars jarayonlarida bilim berish va tarbiyalash vazifalari borligi qanday amalga oshirilayotganligi; fan asoslarini o‘rganishda o‘quvchilarnig tafakkuri qanday faollashayotganligini va boshqalar aniqlanadi.
Ilmiy kuzatishda ba’zan tadqiqotchi chidamsiz, shoshqaloq va sistemali ish ko‘rmasligi singari holatlarga yo‘l qoʻyilsa uning samaradorligi pasayadi. Kimyo oʻqitish metodikasida bir qancha metodlardan foydalangan holda oʻquvchilarning bilimini oshirishda, kam vaqt ichida yuqori samara olish maqsadi yotadi.
Xulosa:
Mazkur kurs ishida har xil foydali adabiyotlar hamda internet saytlaridan foydalandim va yaqindan tanishib chiqdim. “Kimyo oʻqitish metodikasi” N.Rahmatullayev, H.Omonov, SH.Mirkomilov xammuallifligida yozilgan kitobidan andoza olgan holda va chet el adabiyotlaridan toʻgʻri foydalanishni ham oʻrganib olishga harakat qildim.
Kurs ishi murakkab rejadan tashkil topgan boʻlib, uch bobdan iborat. Kirish qismida prezidentimizning yosh avlod haqidagi fikrlari hamda kurs ishining maqsad va mazmuni haqida gap borgan. Asosiy qismda Kimyo oʻqitish metodikasi fanining hozirgi va keyingi ishlari haqida bayon qilingan. Kurs ishi yakunida esa xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar keltirilgan.



Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish