1.2. Kimyo oʻqitishda illyustrativ tushuntirish metodi:
Ma'lumki, har qanday oʻquv fanining mazmunini biror metodsiz oʻquv jarayonida tushuntirib boʻlmaydi. Shuning uchun falsafiy nuqtayi nazardan qaralganda oʻqitish metodi dars mazmunining oʻquv jarayonidagi harakat shaklidir. Oʻquv jarayonini olib boruvchi oʻqituvchining bosh vazifasi ta’lim, tarbiya va oʻquvchilar ongini rivojlantirishni amalga oshiradigan oʻqitishning eng muqobil metodini tanlash hisoblanadi. Oʻqitish usuli bu oʻqituvchi bilan u rahbarlik qiladigan oʻquvchilarni maqsadga yoʻnaltirilgan birgalikdagi faoliyati hisoblanadi. Tanlangan har bir metod ta’lim-tarbiya va oʻquvchi ongini rivojlantirish jarayonlarida yaxshi samara berishi kerak. Oʻqitish jarayonini birgina metoddan foydalanib amalga oshirib boʻlmaydi. Shu sababli ham bir-biriga bogʻlangan bir nechta metodlardan foydalaniladi.
Oʻqitish usulini oʻqituvchining oʻzi tanlaydi va undan foy-dalanadi. Dars jarayonida oʻqituvchi shaxsi oʻqitishning muhim omili hisoblanadi. Ayniqsa, oʻqituvchi shaxsiyati oʻquvchilarni tarbiyalashning asosi hisoblanadi.
Oʻqitish usullari juda koʻp va xilma-xil boʻlib, ular yildan yilga koʻpayib bormoqda va takomillashmoqda. Oʻqitishning yangi vositalari yaratilmoqda. Jamiyatning madaniy darajasi oshishi bilan oʻquvchilar ongining rivojIanish darajasi oshib bormoqda. Shuning uchun metodlarni sistemaga solish va sinflarga ajratish zaruriyati kelib chiqmoqda. Quyidagi belgilariga asosan oʻqitish usullari tizimini yaratish mumkin.
1. Oʻquvchilarning fikrlash faoliyati xarakteri boʻyicha illyus-trativ-tushuntirish, evristik, tekshirish usullari.
2. Bilimlar manbalarining turi boʻyicha: ogʻzaki soʻzlab berish, koʻrgazmali vositalar asosida soʻzlab berish.
3. Oʻqituvchi va oʻquvchilarning birgalikdagi faoliyatlari shakli boʻyicha: ma'ruza, suhbat, tushuntirish , mustaqil ish, dasturli oʻqitish.
4. Oʻquvchilar ta’limini amalga oshirish boʻyicha: yangi pedagogik texnologiyalar. Oʻqitishning turli umumiy metodlarida oʻqituvchi va oʻquvchilaring faoliyatlari xususiyatlarini koʻrib chiqamiz.
Illyustrativ: tushuntirish usulida oʻqituvchi oʻquvchilarga turli metodlardan foydalanib, masalan, oʻqituvchining tushuntirishi, kitob bilan ishlash, vidyo darslar koʻrsatish, yoki kompyuterdan foydalanish kabilar yordamida tayyor bilimlarni bayon etadi. Bunda koʻrgazmali oʻqitish vositalari - eksperiment, ekran qoʻllanmalari, jadvallardan foydalanadi. Oʻqituvchining tushuntirishi asosida laboratoriya tajribalaridan foydalaniladi. Illyustrativ tushuntirishda oʻquvchilarning ongli, lekin reproduktiv faoliyati yuzaga keladi. Bu metod oʻqitishda keng qoʻllaniladi, chunki bunda bilimlaming minimal bazasi tez toʻplanadi, ular asosida oʻquvchilarning tadqiqot faoliyatlarini kuchaytirish mumkin. Ba’zi hollarda bu usulni amalga oshirish zarur hisoblanadi. Masalan, elementlarning kimyoviy belgilarini oʻrganishda oʻqituvchi kimyoviy belgilarning yozilishi va nomlanishini koʻrsatadi soʻngra oʻquvchilarga ularni qayta mashq qilib oʻrganish taklif etiladi. Mashqlarni oʻyin tariqasida, innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda bajarish mumkin.
Illyustrativ tushuntirish metodi oʻquvchilarda amaliy koʻnikmalarni shakllantirishda ham qoʻllaniladi. Masalan, oʻqituvchi tajribani bajarish texnikasini koʻrsatadi. Probirkadagi eritmani bugʻlatish, probirkani shtativga oʻrnatish, isitish qoidasi. Bunda oʻqituvchi oʻz harakatlarini namoyish etadi, soʻngra oʻquvchilardan ularni aniq takrorlashni talab etadi.
Illyustrativ tushuntirish metodidan kimyoni oʻrganishning dastlabki bosqichlarida, oʻquvchilarning bilim va koʻnikmalari yetarli boʻlmaganda foydalaniladi. Bu usuldan hamma vaqt foydalanish oʻquvchilar tafakkuri rivojlanishiga salbiy ta’sir koʻrsatadi, ularning faolligini yoʻqotadi. Shuning uchun zarur boʻlgan holatlarda tadqiqot usullaridan, ya’ni evristik va ilmiy-tadqiqot metodlaridan foydalanish kerak boʻladi. Bu usullar asosini muammoli oʻqitish tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |