Kimyo va uni oʻqitish metodikasi



Download 0,62 Mb.
bet2/6
Sana21.02.2023
Hajmi0,62 Mb.
#913512
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Karimov Sirojbek

Ishning maqsadi: kurs ishining maqsadidan kelib chiqan holda kimyo oʻqitish metodikasini, oʻquvchilarga an`anaviy va yangi metodikalardan foydalangan holda yoshlarni kimyo va biologiya faniga qiziqtirish, jamiyatimizga yetuk kadrlar yetishtirishdir.
Ishning vazifasi: kurs ishining vazifasini bajarish uchun belgilab oldik: Ta’lim metodlari, Tarbiya metodlari, Rivojlantiruvchi metodlardan foydalanib dars oʻtiladi,va biz bunga illyustrativ tushuntirish, Evristik va tadqiqod metodlaridan foydalanib oʻquvchilarning bilimini, dunyoqarashini yanada kengaytirish vazifasi oldimizda turadi.
Mavzuning nazariy va amaliy ahamiyati: Evristik vа ilmiy tаdqiqot metodi bir-birigа o’xshаsh, lekin ulаrning fаrqi oʻquvchilаrning mustаqil fаoliyati kаm-koʻpligi bilаn belgilаnаdi. Dars vaqtida oʻquvchilarning aqliy salohiyatini oshirish uchin shu va shunga oʻxshagan boshqa metodlar va nazariya uslublardan foydalanilishi lozim.
Dars vaqtida oʻquvchilarga nafaqat bilim bеrish, balki tarbiyalash ham lozim. Tarbiyaviy usullar ham guruxlarga boʻlingan.
Shaxs ongini shakllantiruvchi usullar (suhbat, ma’ruza, munozara, namuna koʻrsatish),dan foydaliniladi.
Faoliyatni tashkil qilish va ijtimoiy xulq tajribasini shakllantiruvchi usullar (pеdagogik talablar, jamoat fikri, odatlantirish, mashq, tarbiyalovchi mashqlar yaratish).
Xulq va faoliyatni taqdirlovchi usullar (musobaqa, rag’batlantirish, jazolash), mavjut.


I. Asosiy qism:
Kimyo oʻqitishning metodlari, shakllari, manbalari oʻqituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etish, kimyo oʻqitish nazariyasining eng muhim boʻlimlari sanaladi.
Oʻqitish metodi falsafiy nuqtai - nazardan ta’lim jarayonida ta’lim mazmunini harakatlantirish shakli boʻlib hisoblanadi. Agar predmetning mazmuni fanning didaktik ekvivalenti boʻlib hisoblansa, oʻqitish metodlari oʻrganilayotgan fan yoki bilish lozim boʻlgan narsalar metodlarining didaktik ekvivalentidir. Didaktikada fanni oʻrganish metodlari va oʻqitish metodlari mavjud.
Oʻqituvchining asosiy vazifasi oʻquvchilarga ta’lim, tarbiya beruvchi ularni rivojlantiruvchi metodlarni optimal tanlashdan iborat.
Oʻqitish metodi-oʻqituvchi rahnamoligida oʻquvchilarning maqsadga qaratilgan birgalikdagi faoliyati boʻlib hisoblanadi. Kimyo oʻqitish metodikasining oʻziga xos alohida xususiyatlari mavjud, ular;
1. Kimyo oʻqitish mazmuni va metodikasi amaliyotga asoslangan nazariy fan.
2. Oʻquvchilarning bilish faoliyati tafakkur qirralarini oʻstirishga qaratilgan boʻlib, moddaning aniq xossasi oʻzgarishi, holati, xossalari, tuzilishi, tarkibi kabilar fikr yuritishga oʻquvchilarni oʻylashga olib keladi. Har bir metod ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi funksiyalarni qaerda samarali amalga oshirsa oʻsha yerda oʻsha jarayonda qoʻllanilishi maqsadga muvofiq.
Metodlar oʻzining qoʻllanilishi bilan ham oʻquvchilarni tarbiyalaydi.
Shu sababli oʻqituvchi har bir metodni tanlaganda uchala funksiyani samarali amalga oshirishiga e’tibor berishi kerak.
Metodlarni optimal tanlash muammolari mavjud. Unda quyidagilarga e’tibor berish kerak.
1) Oʻqitishning qonuniyatlari va prinsiplari.
2) Oʻqitishning maqsad va vazifalari.
3) Shu fan mazmunining hamda oʻrganilayotgan mavzuning mazmun va uzviy mosligi.
4) Maktab oʻquvchilarning oʻqish imkoniyatlari. (yoshi, tayyorgarlik darajasi, sinf jamoasining xususiyatlari).
5) Tashqi sharoitning oʻziga xosligi.
6) Oʻqituvchining oʻz imkoniyatlari.
Oʻqitish metodlarining tuzilishi har xil boʻlib, ular ma’lum jarayonning takomillashuvi bilan toʻxtovsiz ravishda oʻsib boradi. Bu oʻsish jamiyatda madaniyat darajasini oʻsishiga bogʻliq. Shu sababli oʻqitish metodlarini tartibga solish va klassifikasiyalash zarurati kelib chiqadi. Maktablarda bilim asoslarini berish lozim. Mustaqil Oʻzbekistonimiz maktabi tarbiyalovchi ta’limni amalga oshiradi. Bu maktab beradigan ta’limning tarbiyalovchi xususiyati shundan iboratki, u oʻquvchilar dalialiktik-materialistik dunyoqarash asoslari hosil qiluvchi chinakam ilmiy bilimlar beradi. Bizning maktabimizda ta’lim berishning talabalarda aktivlik, tashabbus, mustaqil fikrlash, qoʻyilgan maqsadga intilish, oʻz boʻrchini his etish, boshqa metod va usullari tarbiya jihatidan katta rol oʻynaydi.
Kimyo oʻqitishning metodlari turli usullarda olib boriladi. Metod – bu «yoʻl» demakdir. U dogmatik, illyustrativ, evristik boʻlishi mumkin.
Oʻqitishning dogmatik metodi – oʻqituvchining materialni ogʻzaki, koʻrsazma vositalardan foydalanmay, dalil isbotsiz va faqat talabalarni bu materialni takrorlashga va yod olishgagina jalb etish bilan bayon qilishdan iborat.
Oʻqitishning illyustrativ metodi – oʻqituvchi oʻquvchiga tayyor bilimlarni tushintirib, har xil xususiy metodlarni qoʻllaydi. Ular: oʻqituvchining tushuntirishi, darslik bilan ishlash, magnitafon va hakozolar bilan ishlash. Bunday koʻrgazmalar eksperiment, modellar, ekran qoʻllanmalari tablisalardan foydalaniladi.
Oʻqituvchi laboratoriya tajribalarini koʻrsatib tushuntirib beradi.
Ilyustrativ metodda oʻqituvchi ayrim amaliy mashgʻulotlarni bajarish texnikasi va metodikasini bajarish tartibini qoʻllaganda ham foydalanadi. Bu metod
oʻquvchilarda minimum bilimlar zapasi yigʻilgach kengroq qoʻllaniladi. Oʻquvchilarda amaliy oʻquv koʻnikmalarini shakllantirish, tajribalarni bajarib koʻrsatish texnikasini shakllantirishda, probirkaga eritmani qoʻyish, qoshiqchadagi eritmani bogʻlatish kabilarda tushuntirib koʻrsatish amalga oshiriladi.
Oʻqitishning illyustrativ metodi – kimyo kursining boshlangʻich qismida koʻp qoʻllanadi. Bu davrda oʻquvchilarda koʻnikma va malakalar yetarli boʻlmaydi. Shu davrda oʻqituvchi tajribalarni oʻzi koʻrsatib tushintirib beradi.
Bu metoddan oʻquvchilar tajribalarni mustaqil bajarib izohlab berishda ham keng foydalaniladilar.
Oʻqitishning evristik metodi - oʻquvchilarning oʻzlari qiladigan ish asosida tuziladi, talabalar bevosita oʻqituvchining faol ishtiroki ostida kashfiyot qiladilar. Bu metodning «evristik» degan nomi «tadqiqot» metodi degan soʻzdan kelib chiqqan. Masalan, galogenlar xossalarining chogʻishtirma tavsifi mohiyatini aniqlashda qoʻllaniladi.
Bu davrda oʻquvchilar galogenlarning xossalarni chogʻishtirib izohlashini oʻqituvchi tartibga solib turadi. Masalan, kaliy yodid eritmasiga kraxmal kleystrini qoʻysak rang sezilmaydi, alohida xlorli suvga kraxmal kleystrini qoʻshsak yana rang oʻzgarishi sezilmaydi. Uch komponentni birgalikda qoʻshib aralashtirsak kraxmal koʻk tusga kiradi. Sababini esa talabalar oʻzlari izohlab berishlari lozim. Bu qisman izlanuvchanlikdir.
Izlanuvchanlik metodi mustaqil ishlash, mustaqil izlanishning bir turi boʻlib hisoblanadi. Oʻquvchi nazariy bilimlar toʻgʻriligini amalda sinab koʻradi. Masalan, eksperimental masalalar yechishda bu metoddan foydalaniladi.
Klassifikasiyalash asosiy xarakterga (nisbiy xarakter) ega. Amaliyotda metodlarning bir nechtasidan bir vaqtda foydalaniladi. Ular oʻzaro bogʻliqlikka ega. Klassifikasiyada har xil holatlar asosiy belgi sifatida qabul qilinadi.



Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish