Kimyo va oziq ovqat korxona sanoatining asosiy bo‘g‘ini. Reja



Download 67,82 Kb.
bet3/8
Sana20.07.2022
Hajmi67,82 Kb.
#828092
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kimyo va oziq ovqat korxona sanoatining asosiy bo‘g‘ini.

1.1-jadval
Bozor sub’ektlarining oldi-sotdi predmetlari

Bozor sub’ektlari

Sotish predmetlari

Sotib oladigan predmetlari

I. Davlat

Er, er osti boyliklari, suvlar, havo bo‘shlig‘i, o‘simliklar va hayvonot dunyosi, uy-joy, litsen-ziya, davlat tashkilot-lari va muassalarining xizmatlari

Davlat va jamiyatga zarur bo‘lgan tovarlar (davlat boshqaruv organlari, mudofaaga va hokazolar), ishchi kuchi, jihozlar, fan-texnika yutuqlari va boshqalar

II. Korxona

Tovarlar, xizmatlar, o‘ziga tegishli moddiy ne’matlar, intellektual mulk

Er, tabiiy boyliklar, moddiy resurslar, ishchi kuchi, tovarlar, xizmatlar, qimmatbaho qog‘oz-lar va hokazolar.

III. Uy xo‘jaligi

Ishchi kuchi (mehnat), o‘ziga tegishli moddiy ne’matlar, tovarlar, xizmatlar

Iste’mol tovarlari, xiz-matlar, moddiy ne’matlar

Tashkiliy iqtisodiy nuqtai nazardan qaraganda korxona - moddiy, mehnat va moliyaviy resurslar majmuasidan iborat bo‘lib, u tadbirkorlik faoliyati asosida tashkil qilinib, mahsulot ishlab chiqish, biron bir ish yoki xizmatni aholining, bozorning talablarini qondirish va foyda olish maqsadida yoki ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan funksiyasini bajarishdir. SHunday qilib korxona xo‘jalik sub’ekti bo‘lib, uning maqsad va vazifalari tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishdan kelib chiqadi.
Korxona tushunchasining muhim tamonlaridan biri, faoliyatidagi barcha masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilish huquqiga egalik qiladi, o‘z harakatlariga javobgar hisoblanadi. Bu nuqtai nazardan korxona jamiyatning mustaqil xo‘jalik sub’ekti sifatida namoyon bo‘ladi.
Korxona tushunchasining huquqiy maqomi mavjud bo‘lib, u albatta huquqiy shaxs bo‘lishi shart. Huquqiy shaxs sifatida korxonaga “O‘zbekiston Respublikasidagi korxonalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining birinchi moddasida quyidagicha ta’rif berilgan: “Huquqiy shaxs huquqiga ega bo‘lgan, mulkchilik huquqi yoki xo‘jalikni to‘la yuritish huquqi bo‘yicha o‘ziga qarashli mol-mulkdan foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqaradigan va sotadigan yoki mahsulotni ayriboshlaydigan ishlarni bajaradigan, xizmat ko‘rsatadigan, bellashuv hamda mulkchilikning barcha shakllari teng huquqligi sharoitida amaldagi qonunlarga muvofiq, o‘z faoliyatini ro‘yobga chiqaradigan mustaqil xo‘jalik yurituvchi sub’ekt korxona hisoblanadi”.
Korxona huquqiy shaxs maqomiga ega bo‘lish uchun quyidagi talablarga javob berishi kerak:
birinchidan, faoliyat yuritish yoki boshqarish uchun birinchidan, mol-mulkiga ega bo‘lishi;
ikkinchidan, majburiyatlariga mol-mulki bilan javob berish;
uchinchidan, mulkni sotish, sotib olish;
to‘rtinchidan, mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni amalga oshirish;
beshinchidan, sudda javobgar va talabgar bo‘lishi mumkinligi;
oltinchidan, mustaqil xo‘jalik balansiga ega bo‘lish.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, korxonaga quyidagicha ta’rif berish nazariy va amaliy nuqtai nazardan maqsadga muvofiq bo‘ladi deb hisoblaymiz.

Korxona - jamiyatning asosiy bo‘g‘ini hisoblanuvchi, aholining talabini qondirish va foyda olish yoki boshqa ijtimoiy funksiyalarni bajarish maqsadida, xususiy resurslardan foydalanish asosida mahsulotlar ishlab chiqaradigan, ayriboshlaydigan, hamda boshqa ishlarni va xizmatlarni bajaradigan, faoliyati bo‘yicha qarorlar qabul qiladigan va unga javobgar, huquqiy shaxs maqomiga ega bo‘lgan, har xil masshtabdagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektdir.

Korxonalar mulk shakllariga asoslangan holda tashkiliy-huquqiy shakllarga turlanadi. “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining qonuniga binoan (4 modda) mulk quyidagi shakllarda yuzaga chiqadi:
- fuqarolarning shaxsiy va xususiy mulki;
- jamoa (shirkat) mulki, shu jumladan oilaviy mahalla, kooperativ mulk, ijaraga olingan korxona mulki, aksionerlar jamiyati, davlat korxonasi kollektivining, jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar, konsern (konsarsium)larning mulki, yuridik shaxs hisoblangan boshqa jamoalar mulki;
- Respublika, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, ma’muriy-territorial tuzilmalar (komunal) mulkdan iborat davlat mulki;
- aralash mulk;
- qo‘shma korxonalar, ajnabiy fuqarolar, tashkilotlar va davlat, shuningdek ajnabiy yuridik shaxslar mulki.
Mulk shakllariga munosib korxonalar quyidagicha shakllarga tasniflanishi mumkin:
- shaxsiy yoki xususiy mulkga asoslangan xususiy korxonalar;
- jamoat mulkiga asoslangan korxonalar;
- davlat mulkiga asoslangan korxonalar;
- aralash mulkga asoslangan qo‘shma korxonalar;
- xorijiy davlatlar, ajnabiy fuqarolar mulkiga asoslangan korxonalar.
Sohalarga qarab korxonalarni quyidagi shakllarga ajratish mumkin: moddiy ishlab chiqarish sohasidagi; transport; qurilish; aloqa; muomala; xizmat; ta’lim; infratuzilma (infratuzulma); boshqaruv sohalaridagi hamda jamoat jamiyatlari va diniy tashkilotlar korxonalariga.
Korxonalar yuqorida keltirilgan shakllariga ya’ni mulk shakliga va sohalariga mos holda va alohida belgilariga qarab turlarga tasniflanadi.
Ishlab chiqarish masshtabi (hajmi)ga qarab kichik, o‘rta va yirik korxonalarga turlanadi.
Bu korxonalarga asosan ishchilarning soniga qarab ham toifalarga (mikrofirma, kichik va yirik korxonalarga) ajratiladi.




  1. Download 67,82 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish