«kimyo-texnologiya»



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/160
Sana01.09.2021
Hajmi2,15 Mb.
#162296
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   160
Bog'liq
O'simlikshunoslik Ma'ruza matni (1)

  
Nazorat savollari.  
1. Ko‘k no‘xatning - ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi, hosildorligi   
2. Ko‘k no‘xatning biologiyasi va navlari  
3. Ko‘k no‘xatning yetishtirish texnologiyasi   
  
  
  
8-Mavzu: Soya o’simligining biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi  
  
Reja:  
1. Soyaning - ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi, hosildorligi   
2. Soyaning biologiyasi va navlari  
3. Soyani yetishtirish texnologiyasi   


  
Soyani - ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi, hosildorligi  
Soya – O‘zbekistonda yosh o‘simlik. Uning donida 30-52 % oqsil, 18-25 % 
yog‘, 20 % uglevodlar bor. Uning donidan qandli diabet kasalliklari uchun parhez 
taomlar  tayyorlanadi.  Donidan  sut,  qatiq,  tvorog,  kolbasa  mahsulotlari,  margarin, 
un, konditer  mahsulotlari,  moy,  konservalar  tayyorlashda  foydalaniladi. Soyaning 
asosiy  oqsili  –  glitsinin  yaxshi  hazmlanadi,  suvda  yaxshi  eriydi,  achib  qatiqqa 
aylanadi, uning  oqsili  almashtirilmaydigan  aminokislotalarga  boy.  Dunyoda  yalpi 
ishlab  chiqarilgan  o‘simlik  moyining  40  %  i  soyanikiga  to‘g‘ri  keladi.  Soyaning 
kunjarasida  40  %  oqsil,  1,4  %  yog‘,  30  %  AEM  saqlanadi.  Uni  yashil  va  silos 
massasi uchun, toza hamda makkajo‘xori bilan qo‘shib o‘stirish mumkin. 100 kg 
yashil massasida 21 o.b., 3,5 kg oqsil bor. Uning yashil massasidan vitaminli o‘t uni 
tayyorlanadi.  Soyaning  100  kg  poyasida  32  o.b. va  53  kg  oqsil  saqlanadi.      Soya 
o‘simligi doni va oqsilidan to‘rt yuzdan ziyod turli xil mahsulotlar tayyorlanadi va 
ular  halq  xo‘jaligining  barcha  sohalarida  ishlatiladi.  Qayta  ishlanmagan  soya 
moyining  chiqindilaridan  lak  -  bo‘yoq  sanoatida,  sovun  ishlab  chiqarishda 
qo‘llaniladi.  
Soya  oqsilidan  qon  plazmalari,  ko‘z  oynaklar  uchun  sifatli  linzalar  olinadi. 
Bundan  tashqari  jun  gazlamalar  ishlab  chiqiladi.  Ularni  haqiqiy  junli  matolardan 
ajratib bo‘lmaydi.  
Soya  donining  bir  kg  dan  buzoqlar  uchun  tuyimliligi  va  kimyoviy  tarkibi 
jihatidan sigir sutiga teng bo‘lgan 8-10 kg sut tayyorlanadi.  
Tovuqlar soya shroti bilan oziqlantirilgan da ulardan olinadigan tuxum soni 
ortadi.  Soya  shroti  bilan  boqilgan  jo‘jalarning  boqilish  muddati  12-15  kunga 
qisqaradi.Soya  oqsilidan  ipakchilikda  ham  ozuqa  sifatida  foydalaniladi.  Masalan, 
Yaponiyada bir yilda besh martagacha ipak qurti boqiladi. O‘ylab qolasiz nima bu 
mamlakat tropik mamlakatmidi? Yo‘q u yerda soya oqsilidan suyultirilgan pastalar 
tayyorlanib qurtlar oziqlantiriladi.  
Tarixi.  Soya  dunyodagi  eng  qadimiy  ekinlardan  biri.  Uning  vatani 
JanubiySharqiy Osiyo mamlakatlari. Eramizdan 6 ming yil muqaddam soya urug‘i 
uchun ekilgan. Xitoy, Yaponiya, Indoneziya, Hindistonda undan 250 dan ortiq turli 
taomlar  tayyorlanadi..  Soya  juda  qadimgi  ekin  bo‘lib,  dastlab  Shimoliy  –sharqiy 
Xitoyda  xonakalashtirilgan.  Soya  loviyaning  uzoq  qarindoshi  hisoblanadi.  Soya 
so‘zi  yevropacha  so‘z  bo‘lib  (soy/soya/soja),  eramizdan  II-I  ming  yilliklar  oldin 
xitoycha nomlangan «shu»  yoki «su»  - dukkak so‘ziga to‘g‘ri keladi. Xitoyliklar 
soyani «Buyuk dukkak» deydi.   
Bu ekin eramizdan oldingi 5000 yillarda ma’lum bo‘lgan. Xitoyda toshlarda, 
suyaklarda  va  toshbaqaning  toshlarida  chizilgan  soya  rasmi  topilgan.  Xitoy 
mamlakatiga asos solgan, eramizdan 4300 yil oldin yashagan imperator Shen-Nun 
xalqini 5 ta ekin turini yetishtirishga o‘rgatgan; sholi, bug‘doy, tariq, qo‘noq va soya. 
Eramizdan  oldingi  400-500  yillarda  soya  Koreyada  ekilgan  va  undan  Yapon 
orollariga olib kelingan. Faqat 2000 yil o‘tgandan keyingina Osiyodan tashqariga 
olib chiqilgan.   


Yevropaga  Fransiyadan  1740  yilda  keltirilgan  bo‘lsada,  1885  yildan  ekila 
boshlangan.   
1790  yilda  Angliyaga  keltirilgan.  1898  yilda  soya  navlarining  katta  qismi 
Osiyo  va  Yevropadan  AQSh  ga  keltirilgan  va  jadal  ravishda  rivojlantirilib,  XX 
asrning  30  yillarida  ekin  maydoni  1  mln/ga  yetkazilgan.  Shundan  buyon  AQSh 
dunyo bo‘yicha soya yetishtirishda yetakchi mamlakat hisoblanadi.   
Soyaning  vatani  Janubiy-Sharqiy  Osiyo  mamlakatlari.  Xitoy,  Yaponiya, 
Indoneziya, Hindistonda undan 250 dan ortiq turli taomlar tayyorlanadi.  Rossiyada 
bu ekinga qiziqish 1873 yilda Venada o‘tkazilgan Xalqaro ko‘rgazmada Osiyo va 
Afrikadan keltirilgan 20 dan ortiq soya navlari nomoyish qilingandan keyin paydo 
bo‘lgan  va  1877  yildan  ekila  boshlangan.  Katta  maydonlarga  esa  1924-1927 
yillardan ekilgan.  
Hozirgi kunda soya dunyo dehqonchiligida – asosiy oqsil-moy beruvchi ekin 
hisoblanadi.   
FAO ma’lumoti bo‘yicha dunyo bo‘yicha 2013 yilda 111,3 mln/ga maydonga 
ekilgan. Hosildorligi 276,4 mln tonna yoki 24,8 ts/ga  
O‘zbekistonda  soya  1930  yildan  buyon  ekiladi  va  u  Xitoydan  Uzoq  Sharq 
orqali kirib kelgan. Mamlakatimizda L. I. Krika, Ya. D. Momot, D. Yormatova. X.  
N.  Otaboyevalar  soya  ekishni  qizg‘in  targ‘ib  qilishgan  va  o‘stirish 
texnologiyasining  elementlarini  ishlab  chiqishgan.Samarqandda  1300  ga  yerga, 
hosil 90 ts/ga, Sirdaryoda 1000 ga yerga, hosil 22,0 ts/ga, Respublika bo‘yicha 1400 
gektarga yerga va hosil 85,1 ts/gani tashkil qildi.  
O‘simlik  moyini  dunyo  bo‘yicha  ishlab  chiqarishda  soya  birinchi  o‘rinni 
egallaydi.  O‘simlik  moyining  32,8  %  soyaga  to‘g‘ri  kelsa,  kungaboq  moyining 
ulushi  esa  bor  yo‘g‘i  17,1%  ni  tashkil  etadi.    Ma’lumotlarga  ko‘ra,  yer  shari 
aholisining 53% faqatgina soya moyini iste’mol qiladi.  
O‘zbekistonda  qator  moy  zavodlarida  Asaka,  Andijon,  Qo‘qon,  Koson, 
Guliston,  Urganch  moy  zavodlarida  soya  donidan  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  moy  ajratib 
olinadi.   
Soya dukkaklilar (Fabaceae L.) oilasiga mansub (Glicina hispida L.) bir yillik 
o‘tsimon o‘simlik. Rivojlanish fazalari. 1) unib chiqish, 2) uchtalik barglarning hosil 
bo‘lishi, 3) shonalash, 4) gullash va meva tugish, 5) pishish, 6) to‘la pishish.   

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish