«kimyo-texnologiya»


Ko‘k no‘xat yetishtirish texnologiyasi



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/160
Sana01.09.2021
Hajmi2,15 Mb.
#162296
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   160
Bog'liq
O'simlikshunoslik Ma'ruza matni (1)

Ko‘k no‘xat yetishtirish texnologiyasi   Ko‘k 
no‘xatning 
almashlab ekishdagi o‘rni. Ko‘k no‘xat o‘g‘itlangan yaxshi o‘mishdoshlardan keyin 


joylashtiriladi.  O‘zbekistonda  ko‘k  no‘xat  g‘o‘za,  kartoshka,  qand  lavlagi,  kuzgi 
g‘alla  ekinlari,  makkajo‘xoridan  keyin  joylashtiriladi.  Ko‘k  no‘xatning 
kungaboqardan  keyin  joylashtirish  yaramaydi.  Kungaboqarni  to‘kilgan  urug‘lari 
unib chiqib, ko‘k no‘xat hosilini yig‘ishtirishni qiyinlashtiradi. Ko‘k no‘xatni ko‘p 
yillik,  dukkakli  o‘tlar  (beda,  sebarga),  g‘alladosh  o‘tlar,  don  dukkakli  ekinlardan 
keyin joylashtirish mumkin emas. Bir marta ko‘k no‘xat ekilgan maydonga uni 5-6 
yildan  keyin  qayta  ekish  mumkin.  Almashlab  ekishda  u  ekilgan  maydonga 
ko‘rsatilgan  muddatdan  erta  qaytarilsa  ildiz  chirish  kasali  bilan  zararlanadi. 
O‘zbekistonda  sug‘oriladigan  yerlarda odatda  ko‘k  no‘xat  uchun  maxsus,  alohida 
dala ajratilmaydi. Uni kuzgi don ekinlari, ertagi sabzavot hosili yig‘ib olingandan 
keyin ang‘izga takroriy ekin sifatida ekiladi. Ko‘k no‘xatni o‘sayotgan g‘o‘za qator 
oralariga  yoki  g‘o‘zapoya  yig‘ishtirib  olingandan  keyin  ham  ekish  mumkin. 
Makkajo‘xori,  oqjo‘xori  hosili  avgust,  sentyabr  oylarida  yig‘ishtirilgandan  keyin 
ham ko‘k no‘xat ekiladi.   
 Tuproqni  ishlash.  Ko‘k  no‘xat  sug‘oriladigan  yerlarda  erta  bahorda  ekiladigan 
bo‘lsa,  tuproq  kuzda  27-30  sm  chuqurlikda  shudgor  qilinadi.  Bahorda  nam 
saqlaydigan  yerning  yuza  qismini  yumshatadigan  boronalash  SBTS-1,0Rda  yoki 
frezerlash  8-10  sm  chuqurlikda  o‘tkaziladi.  Boshoqli  don  ekinlaridan  bo‘shagan 
maydonlar, hosil yig‘ishtirib olinishi bilan sug‘oriladi, keyin 25-27 sm chuqurlikda 
yer  haydaladi,  bir  yo‘la  boronalanadi  va  mola  bosiladi.  G‘o‘za  qator  oralariga 
ekishdan  oldin  kultivatsiya  o‘tkaziladi,  keyin  ko‘k  no‘xat  urug‘lari  ekiladi.  Kech 
kuzda ekiladigan bo‘lsa, dala 27-28 sm chuqurlikda shudgor qilinadi, chizellanadi, 
boronalanadi. Sho‘r tuproqlarni ko‘k no‘xat ekish oldidan sho‘ri yuviladi.   
 O‘g‘itlash.  Ko‘k  no‘xat  o‘g‘itlashga  ta’sirchan. U  1  ts  don  va  shunga  mu-  vofiq 
vegetativ massa hosil qilish uchun 4,5–6,0 kg azot, 1,7–2,0 kg fos- for, 3,5– 4,0 kg 
kaliy  o‘zlashtiradi.  Mikroelementlardan  molibden  va  borni  qo‘llash  yaxshi  natija 
beradi.  O‘g‘itlar  samaradorligi  tuproq-  iqlim  sharoitiga,  nam  bilan 
ta’minlanganlikka bog‘liq. Ko‘k no‘xat o‘zining azotga bo‘lgan ehtiyojining asosiy 
qismini  sim-  bioz  yo‘li  bilan  azotni  o‘zlashtirish  hisobidan  qondiradi. Bu  jarayon 
ikki uch barg hosil bo‘lgandan boshlanib, shonalash-gullash boshlanishi- gacha jadal 
davom etadi. Eng qulay tuproq muhiti rN – 5,6 -6,0. Rejalashtirilgan hosilni olish 
uchun  fosforli  kaliyli  o‘g‘itlar  to‘la  me’yorda  solinadi.  Azotli  o‘g‘itlarga  talabni 
5070  %  atmosfera  azotni  fiksatsiya  qilish  hisobiga  qondirilsa, qolgani  tuproqdan, 
o‘g‘it  hisobidan  o‘zlashtiriladi.  Biz  30-35  ts/ga  hosil  olishni  mo‘ljallasak  ko‘k 
no‘xat 150180 kg azot o‘zlashtiradi, shundan 105-126 kg simbioz hisobiga qolgan 
45-54  kg  o‘g‘it  sifatida  solinishi  lozim  Ekish  paytida  10-20  kg/ga  granullalangan 
superfosfat solinadi. Qo‘llanilgan superfosfat molibdenlashtirilgan bo‘lgani ma’qul. 
Bir kg tuproqda 0,3 mg dan kam molibden, bor elementlari bo‘lsa, ularni qo‘llash 
maqsadga muvofiq. Odatda 1 ts urug‘ 10-15 g ammoniy molibden bilan ishlanadi. 
Bu  miqdordagi  o‘g‘it  2  l  suvda  eritilib  qo‘llaniladi.  Yerni  haydash  oldidan  10-15 
t/ga  chirigan  go‘ng  solish  yaxshi  natija  beradi.  Fosforli,  kaliyli  o‘g‘itlar  yillik 
me’yori  muvofiq  holda  60-  100  va  40-50  kg/ga  ni  tashkil  qiladi.  O‘tkazilgan 
tajribalarda 90 kg/ga fosfor solinganda ko‘k no‘xat don hosili 5,7 ts/ga, yashil massa 


74 ts/ga, 45 kg fosfor va 30 kg azot solinganda doni 7,9 ts/ga, yashil massa 96 ts/ga, 
na- zoratga nisbatan ortgan. O‘zbekistonning sug‘oriladigan yerlarida ko‘k no‘xatni 
ekishda  nitraginni  qo‘llash  4,7  ts/ga  qo‘shimcha  don  hosili  olishni  ta’minlangan. 
Nitragin  bevosita  ekish  oldidan  1  gektarga  ekiladigan  uruqqa  200  g  me’yorda 
qo‘llaniladi. Urug‘ nitragin bilan ishlashdan ikki hafta oldin Ponaktin bilan, 2 kg/ga 
me’yorda ishlanadi.  
 Urug‘larni  ekishga tayyorlash.  Ekish uchun  yirik, to‘la, dorilangan  1 va  II sinf 
talablariga  javob  beradigan  urug‘lardan  foydalaniladi.  Urug‘lar  tozaligi  98  %, 
unuvchanligi  95  %  dan  kam  bo‘lmasligi  lozim.  Urug‘lik  uchun  ekilmagan 
maydonlarda  tozaligi  96  %,  unuvchanligi  90  %  dan  kam  bo‘lmagan  III  sinf 
urug‘larni ham ishlatish mumkin. Urug‘lar ekishdan oldin 3–7 kun oftobda yoyib, 
vaqti–vaqti bilan aralashtirilib quritiladi.   
 Ekish.  Ko‘k  no‘xat  erta  ekiladigan  ekinlar  guruhiga  kiradi.  O‘zbekistonning 
janubiy  viloyatlarida  yanvarda  va  fevralning  boshlarida,  qolgan  viloyatlarda 
fevralda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida mart oyida ekiladi. 
Ko‘k no‘xat erta ekilganda yozning jazirama issiqlaridan kam zararlanadi, yaxshi 
hosil beradi. Yozgi o‘ta issiq harorat uni me’yorida changlanishiga to‘sqinlik qiladi. 
Erta  muddatda  ekilgan  ko‘k  no‘xat  kasalliklardan,  zararkunandalardan  kam 
zararlanadi, erta pishadi, sifatli va yuqori hosil beradi. Ang‘izga ekilganda iyulning 
ikkinchi yarmi, avgustning birinchi yarmida ekish eng maqbul muddat hisoblanadi. 
Ayni shu muddatlarda harorat va havo namligi ko‘k no‘xat rivojlanishi uchun juda 
mos.  Yashil  massasi  uchun  sentyabrda  ekish  mumkin.  Xashaki  ko‘k  no‘xatni 
oktyabrning  ikkinchi  yarmi  yoki  sentyabrda,  oktyabrning  boshida  ekish  uning 
sovuqqa  chidamliligini  keskin  pasaytiradi,  sovuq  boshlanguncha  u  shonalay 
boshlaydi, hatto gullaydi. Bunday o‘simliklar sovuqdan nobud bo‘ladi. Ko‘k no‘xat 
ko‘pincha tor qatorlab, qatorlab urug‘lik uchun keng qatorlab ekiladi. Ekish SZ-3,6, 
SZA-3,6, SZP-3,6 seyalkalarida o‘tkaziladi.   
  
  
  
  

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish