«kimyo-texnologiya»


O‘simlikshunoslikning respublikadagi ahvoli, istiqbollari



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/160
Sana01.09.2021
Hajmi2,15 Mb.
#162296
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   160
Bog'liq
O'simlikshunoslik Ma'ruza matni (1)

  
O‘simlikshunoslikning respublikadagi ahvoli, istiqbollari.  
  
  
  
Hozirgi vaqtda yer yuzida 500 mingdan ortiq o‘simliklar turi mavjud 
Shundan    mingtasi yuksak, ya’ni gulli  
350 
o‘simliklardir 
M adaniy  
o‘simliklarning  
soni 1500 taga  
yetdi 
ammo  eng  kerakli  xo‘jalik 
ahamiya  tiga  ega  bo‘lgan 
turlarning  soni  640  tani 
tashkil etadi 
ularning 20 ming turi  
odamlar tomonidan  
o‘stiriladi 
.  
shulardan 90 tasi dala  
ekinlariga kiritilgan 
eng ko‘p tarqalgan turlar 
g‘allasimon va dukkakli 
 
-
 
don 
 
ekinlarining 78 ta
 
moyli va tolali ekinlarning 53 
 
ta
 
ildiz va tugunakmevalar 
 
hamda boshqa ekinlarning 60 
 
dan ortiq 
 


Dala  ekinlari  biologiyasi  va  yetishtirish  texnologiyasi  fanlarini  o‘rganish 
qishloq xo‘jaligidagi muhim, dolzarb muammolarni hal qilishga imkon beradi. Bu 
fanlarning rivojlanishi jamiyat taraqqiyotiga ko‘p jihatdan bog‘liq.   
 Fan  sifatida  o‘zining  tadqiqot  metodlariga  ega.  Dala,  vegetatsion, 
dalalaboratoriya,  laboratoriya  tadqiqot  uslublariga  ega.  Tajribalar  natijasida 
o‘simliklarning  yangi  navlari,  duragaylari,  ularning  biologiyasi,  yetishtirish 
texnologiyasi o‘rganiladi.   
 O‘simliklarning tashqi omillarga bo‘lgan talabi, ularning o‘sishi, rivojlanishi, 
suv, oziqlanish rejimini boshqarish qonuniyatlari o‘rganiladi va optimal variantlar 
amaliyotga  joriy  etiladi.  Fan  –texnika  inqilobi  davrida  qishloq  xo‘jalik  ekinlarini 
yetishtirishda  kimyoviy  vositalar,  mexanizatsiyalash,  melioratsiyalashdan  yuqori 
darajada foydalanish, biosferaning ifloslanishiga, tuproqning sho‘rlanishiga, eroziya 
jarayonlarining rivojlanishiga, ma’lum miqdordagi (ts, t) mahsulotni yetishtirishda 
xarajatlar,  mehnat  vositalari  narxining  oshib  ketishiga,  suv  va  energiya 
resurslarining taqchilligiga sabab bo‘lmoqda.   
 O‘zbekiston  Respublikasida  ham  qishloq  xo‘jalik  ekinlarini  yetishtirishda 
mo‘l  va  sifatli  hosil  olish  bilan  birgalikda  tuproq  unumdorligini  oshirish,  kimyo 
vositalaridan 
foydalanishni 
optimallashtirish, 
suvdan 
tejab 
foydalanish, 
sug‘orishning  yangi  usullarini  (yomg‘irlatib,  tomchilatib,  tuproq  osti)  ishlab 
chiqarishga  joriy  etish,  qurg‘oqchilikka,  sho‘rga,  kasalliklar,  zararkunandalarga, 
tabiatning  boshqa  noqulay  omillariga  chidamli  navlarini  amaliyotga  joriy  etish, 
organik  va  ma’danli  o‘g‘itlardan  foydalanish  samaradorligini  oshirish 
muammolarini hal etish lozim bo‘ladi. Dala ekinlari mahsulotlarini yetishtirishda 
energetika  muammosi  dolzarb  bo‘lib  bormoqda.  Mexanizatsiya,  sug‘orish, 
o‘g‘itlarni solish, pestitsidlarni qo‘llashda energetik resurslar sarfi keskin ortmoqda.   
Hozirgi  paytda  o‘simlikshunoslik  mahsulotlarini  yetishtirishda  sarflangan 
energiyaga  nisbatan  mahsulot  ko‘rinishidagi  energiya  2-5  baravar  ko‘p.  Ammo 
qo‘shimcha  hosil  olish  uchun  ko‘proq  energiya  sarflashga  to‘g‘ri  keladi. 
Rivojlangan  mamlakatlar  AQSh  va  Yaponiyada  qishloq  xo‘jalik  ekinlarining 
hosildorligi  keyingi  yillarda  1,2-1,5  baravar  oshsada,  bir  gektarga  sarflangan 
energiya  sarfi  3,5-5,1  baravar  ortgan.  Qishloq  xo‘jalik  ekinlari  hosildorligini  ikki 
baravar oshirish hozirda qo‘llanilayotgan texnologiyalar bo‘yicha katta miqdordagi 
energiya  sarflashni  talab  qiladi.  Zamonaviy  agrotexnologiyalar  tabiiy  yoqilg‘idan 
foydalanishga  asoslangan.  Tabiiy  yoqilg‘ilarning  zaxiralari  esa  juda  cheklangan. 
Ayniqsa  XXI  asrda  ekinlarni  yetishtirishda  tabiiy  yoqilg‘ilarning  taqchilligi  ortib 
boradi.  Energiya  manbalari  narxining  oshishi  o‘simlik  mahsulotlari  narxining 
oshishiga olib keladi va qishloq xo‘jaligining jadal usulda rivojlanishiga to‘sqinlik 
qilishi  mumkin.  Intensiv  don  almashlab  ekish,  tuproqqa  ko‘p  miqdorda  azotli 
o‘g‘itlardan  solish,  serhosil  ammo  kasalliklarga  immuniteti  past  donli  ekinlar 
navlarining  keng  tarqalishi  kasalliklar  (ayniqsa  zamburug‘)  zarar  keltirish 
darajasining oshishiga olib keladi.   
 Ayrim rivojlangan mamlakatlarda pestitsidlar keng qo‘llanilsada, kasallik va 
zararkunandalar  tomonidan  yetkazilayotgan  zarar  oshib  bormoqda.  Kelib  chiqishi 


bir xil bo‘lgan, intensiv tipdagi sermahsul navlarning keng tarqalishi, ularda murtak 
plazmasining bir xilligi tufayli tez kasallanish xavfini saqlab qoladi. Shuning uchun 
XXI asrda qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligining ortishi yangi texnologiyalarni 
ishlab  chiqish,  dehqonchilik  madaniyatini  oshirish,  ekinlar  mahsuldorligini 
oshirishni  talab  qiladi.  Buning  uchun  eroziyaga  qarshi  kurash,  ekinlarni 
uyg‘unlashgan  himoya  qilish,  azotni  biologik  fiksatsiya  qilish  samaradorligini 
oshirish, tejamkor sug‘orishni ishlab chiqish hamda ularni ama liyotga joriy etish 
talab  qilinadi.  Yangi  navlar,  duragaylarni  yaratishda  juda  ko‘p  xilma–xil 
genotiplardan foydalanish, gen injeneriyasi, biotexnologiya yutuqlarini amaliyotga 
joriy  etish  qishloq  xo‘jalik  ekinlarini  yetishtirishda  qo‘llash  keng  tarqaladi. 
Atmosfera  azotini  biologik  fiksatsiya  qilishda  dukkakli  ekinlarni  ekish  bilan 
birgalikda dukkakli bo‘lmagan, qo‘ng‘irboshsimon – sholi, makkajo‘xori, bug‘doy, 
oqjo‘xori ekinlarini azotni fiksatsiya qiladigan mikroorganizmlar bilan simbiozini 
yaratish  muammosi  hal  qilinmoqda.  Buning  uchun  gen  injeneriyasi  yutuqlaridan 
keng foydalanilmoqda.   

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish