33. misol
Ferrit pechiga qaytarilayotgan yuvilgan temir oksididan Na2O ∙ Fe2O3 – 2803, Fe2O3 - 2040 kg tarkibli spek chiqsa uning tarkibi va miqdorini aniqlang.
So‘ndirilgan va ishqorlash jarayonidan barcha ferrit NaOH va aktiv temir oksidi hosil qilib parchalanadi. Yuvilgan temir oksidi:
71,3% - Fe2O3, 0,77% NaOH, 0,89% Na2CO3 va 5,46% aralashmadan iborat.
Yechish:
Spekni qayta ishlash jarayonida hosil bo‘lgan Fe2O3 ∙ H2O miqdori.
(2803 ∙ 178)/ 221,7 = 2246 kg
Bunda 178 va 221,7 - Fe2O3 ∙ H2O va Na2O ∙ Fe2O3 molekulyar massasi.
Gidratlangan temir oksidida Fe2O3 miqdori:
(2246 ∙ 160)/178 = 2019 kg
Bu yerda 160 - Fe2O3 ning molekulyar massasi.
So‘ndirilgandan so‘ng yuvilgan qoldiqdagi jami temir oksidi:
2040+2019 = 4059 kg
Yuvilgan oksid massasi (4059 ∙ 100) / 71,3 = 5692,4 kg ni tashkil etadi.
Ferrit pechiga qaytarilayotgan yuvilgan temir oksidi tarkibi, kg
NaOH
|
(0,77 ∙ 5692,4)/100 = 43,8
|
Na2CO3
|
(0,89 ∙ 5692,4)/100 = 50,7
|
Fe2O3
|
2040
|
Fe2O3 ∙ H2O
|
2246
|
Aralashmalar
|
(5693,4 ∙ 5,46)/100 = 311,3
|
H2O (farq bo‘yicha)
|
1000,6
|
Jami:
|
5692,4
|
34. misol.
Ikki bosqichli bug‘latishda eritmadagi NaOH ni yo‘qotadigan suv miqdori va korpuslar bo‘yicha bug‘ sarfini hisoblang. NaOH bo‘yicha qurilmaning unumdorligi 2t/soat. Eritmalar kontsentratsiyasi: bug‘latishdan oldin 28,4%; 1 – korpusda bug‘latishdan so‘ng 33,1%; 2 – korpusda bug‘latishdan so‘ng 43,5%. Isituvchi bug‘ bosimi 911,7 kPa. Bug‘latish apparatlaridagi sharbat bug‘i bosimi (kPa da): 1 – korpusda 173,3 , 2 – korpusda – 13,3. boshlang‘ich eritma xarorati 1000C . bug‘latish apparatini qizdirishning keyingi bosqich bug‘latishga uzatilayotganda sharbat bug‘i xarorati 1,50C ga pasayadi. Issiqlik yo‘qotishlarni sharbatga olmasa bo‘ladi.
Yechish:
Bug‘latish jarayonida yo‘qotiladigan suv miqdori quyidagi formuladan aniqlanadi:
Gsuv= 100q / CbCox ∙ (Cox – Cb)
Bunda: q – 100% li NaOH ga hisoblanganda qurilmaning unumdorligi, kg/soat;
Cb va Cox – NaOH eritmalarining boshlang‘ich va oxirgi kontsentratsiyalari, %.
Bug‘lanadigan suv, kg:
1 – korpusda Gsuv=
2 – korpusda Gsuv=
Bug‘latish korpusni isitish uchun bug‘ sarfini quyidagi formuladan hisoblaymiz:
(ii,ic,in,hb va hox – isituvchi va sharbat bug‘i, kondensat, boshlang‘ich va oxirgi eritmalar entalpiyalari, kDj/kg)
Hisob uchun zarur ko‘rsatkichlar VIII.6. rasmda va quyida keltirilgan:
|
I
|
II
|
Bug‘latish apparatlaridagi bosim, kPa
|
173,3
|
13,3
|
NaOH kontsentratsiyasi
|
|
|
Boshlang‘ich eritmada, %
|
28,4
|
33,1
|
Bug‘latishdan keyin, %
|
33,1
|
43,5
|
Xaroratlar, 0C
|
|
|
Shelokning qaynashi
|
139
|
84
|
Sharbat bug‘i
|
139
|
84
|
Isituvchi bug‘i
|
174,5
|
137,5
|
|
|
|
Entalpiyalar, kDj/kg
|
|
|
Isituvchi bug‘
|
2780
|
2760
|
Kondensat in
|
735
|
480
|
Sharbat bug‘i ic
|
2760
|
2660
|
Boshlang‘ich eritma hb
|
375
|
540
|
Oxirgi eritma
|
540
|
420
|
Bug‘lanishning 1 – 2 – bosqichlarida bug‘ sarfi, kg/soat:
Gsuv=
Gsuv=
Do'stlaringiz bilan baham: |