Kimyoviy korxonaning ierarxik strukturasi
Har qanday kimyoviy korxonani uch ketma-ket bajariladigan texnologik
operatsiya ko`rinishida tasavvur qilish mumkin: xom-ashyoni tayyorlash, kimyoviy
bir turdan ikkinchi turga aylantirish jarayoni, maqsaddagi mahsulotni olish. Bu
operatsiyalar ketma-ketligi, yakka bir murakkab KTT ko`rinishida
mujassamlangandir.
Zamonaviy kimyoviy korxona, katta masshtabli tizim sifatida, juda ko`p o`zaro
bir-biriga, bo`ysingan kichik tizimlardan tashkil topgan bo`lib, uni asosan uch
pog‟onali ierarxik struktura ko`rinishida tasavvur qilinadi. Kimyo korxonasining har
bir kichik tizimini, bir butun KTT va avtomatik boshqarish tizimi ko`rinishida
tasavvur qilinadi.
Kimyoviy korxona ierarxik strukturasining birinchi quyi bosqichini ma`lum
bir apparatlar va ularni lokal boshqarish tizimlari bilan jihozlangan tipik jarayonlar
tashkil qiladi.
Kimyoviy korxona ierarxiyasining quyi bosqichida, kichik tizimlarning
ishlashini ifodalovchi informatsiya boyib boradi va bu kichik tizimlarni ishlashini
boshqarishda tipik jarayonlarning texnologik parametrlarini avtomatik rostlash
tizimlarini tuzib, lokal ravishda stabillab boriladi.
Kimyoviy korxona ierarxik strukturasining ikkinchi bosqichini agregatlar,
komplekslar, tsEXlar va texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish tizimlari
tashkil qiladi. Yuqori intensiv texnologik jarayonlarni va yuqori quvvatli agregatlarni
yaratilishi hamda ishlab turgan korxonalarni optimallashtirish maqsadida
rekonstruktsiya qilinishi natijasida yangi ilmiy texnik masalalar vujudga keldi:
1) kimyoviy korxonalar va agregatlarni iqtisodiy va energotexnologik
ko`rsatkichlar bo`yicha optimal sharoitlarda ishlashini tashkil qilish;
2) agregatlarda moddiy va energetik oqimlarni optimal tashkil qilish yo`li bilan
boshqarish funktsiyasini agregatning o`ziga berish, ya`ni agregat strukturasini
kibernetik tashkil qilish;
3) energotexnologik tizimlarni qo`llash natijasida agregatlarning chidamli
ishlashini ta`minlash uchun boshqaruvchi hisoblash mashinalarini qo`llash
zarurati paydo bo`lmoqda.
Ushbu ierarxik bosqichda, kichik tizimlarni boshqarishda, apparatlar ishini
optimal koordinatsiyalash va ular orasidagi quvvatlarni optimal taqsimlash masalalari
vujudga keladi. Bu masalalarni echishda umuman yangi dekompozitsiyalash va
agregatsiyalash usullari, evrestik modellashtirish nazariyasi asosida texnologiyani
tahlil qilish, ko`p bosqichli optimallashtirish va boshqa usullardan foydalaniladi.
Kimyoviy korxona ierarxik strukturasi uchinchi yuqori bosqichi bu, tsEXlar
faoliyatini operativ boshqarish tizimlari, ishlab chiqarishni tashkil qilish tizimlari,
xom-ashyoni taqsimlanishini rejalashtirish, tayyor mahsulotni taqsimlanishi -
korxonani avtomatik boshqarish tizimi. Ierarxiyaning ushbu bosqichida vaziyatga
qarab tahlil qilish, korxonani optimal boshqarish masalalari vujudga keladi. Bu
masalalarni echishda sistema-texnikaning matematik usullari, chiziq‟li
programmalashtirish, o`yinlar nazariyasi, ma`lumotlar nazariyasi va boshqa usullar
qo`llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |