1.3 Masofadan o’qitish jarayonining sifat va miqdoriy ko’rsatkichlarini baholash model va algoritmlari
Zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ta’lim jarayonini
tashkillashtirish o’quv jarayoni mazmuniga, sifatiga va samaradorligiga ma’lum
bir darajada ta’sirni ko’rsatadi.
Ta’lim jarayoniga axborot texnologiyalar: multimedia texnologiyalari,
masofadan o’qitish tizimi, elektron qo’llanmalar va boshqalarning joriy etilishi,
barcha kishilarni bilim olish istagini ma’lum bir miqdorda
qondirishda mug’im rol o’ynaydi.
Hozirgi kunda axborot texnologiyalari asosida masofadan o’qitish tizimiga
bo’lgan qiziqish ortib bormoqda.
Axborot texnologiyalari asosida masofadan o’qitish tizimini amalga oshirish
uchun quyidagi asosiy masallarni hal qilish kerak bo’ladi:
1. Ta’lim jarayonini axborotlashtirish konsepsiyasini ishlab chiqish va
amaliyotga tatbiq qilish;
2. Uslubiy va pedagogik ta’minotini yaratish;
3. Masofadan o’qitish tizimini amalga oshirish uchun lozim bo’lgan kompyuter
va dasturiy vositalar Bilan ta’minlash.
Xalqaro kompyuter tarmoqlari, shu jumladan Internet texnologiyalarining
uzluksiz rivojlanishi natijasida masofadan o’qitish tizimida qo’llab qulayliklarni
hosil bo’lishiga zamin yaratilmoqda. Bu qulayliklar quyidagilardan iborat bo’lishi
mumkin[11]:
1. Masofadan o’qitish tizimi zamonaviy kompyuter Bilan jihozlangan sinflarda,
hamma uchun qulay vaqtda va sharoitda olib boriladi.
2. O’qitish tizimi darajasi, muddati va imkoniyatlari ta’lim oluvchilarning har
biri uchun alohida qilib belgilanadi.
3. Ta’lim oluvchilar uchun territoriya va vaqt chegaralanmagan.
Masofadan o’qitish tizimi uchun kerakli o’quv materiallar qabul qilish, Internet
tarmoqlaridan asosan sinxron (on-line) va sinxron (off-line) ko’rinishlarida amalga
oshiriladi. Lekin hozirgi kunda masofadan o’qitish tizimida ma’lumotlarni olish-
ning boshqa ko’rinishlari ham paydo bo’lmoqda. Bunga axborot va kompyuter
texnologiyalarining texnik va dasturiy jihatdan rivojjlanayotganligi, hamda Inter-
net tarmog’iga ulanishning arzonligi va undan foydalanishning oddiyligi asosiy
sabab bo’lmoqda.
Axborot va kompyuter texnologiyalari asosida masofadan o’qitish tizimi
samaradorligini oshirish quyidagi shart-sharoitlarga va omillarga bog’loq bo’ladi:
Zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalari bazasini mavjudligi va
etarliligi;
Internet tarmog’ida ishlashning uzluksizligi;
v) Masaofadan bilim olayotgan o’quvchilarning bilim olish ishtiyoqining va
o’zlashtirish darajasining yuqoriligi;
g) Masofadan o’qitish tizimiga bilimli, malakali va tajribali
o’qituvchilarning jalb etilishi;
Masofadan o’qitish tizimining kerakli va sifatli o’quv materiallari, el-
ektron darsliklar va o’quva kurslari Bilan ta’minlanganligi va ularning etar-
liligi;
Masofadan o’qitish tizimida mashg’ulotlarni sistemali tarzda olib borish.
Axborot texnologiyalari asosida masofadan o’qitish tizimining samara-
dorligini oshirish ko’p jihatdan yaratilayotgan va qo’llanilayotgan pedagogik
dasturiy vositalar – o’quv dasturlari, elektron qo’llanmalar, avtomatlashtirilgan
o’qitish kurslari va hokazolar mazmuniga va sifatiga bog’liq bo’ladi.
Masofadan o’qitish tizimida dasturiy vositalar ma’lum bir Fan sohasini yoki
predmetni o’rganish uchun mo’ljallangan bo’lib, o’qitish jarayonida yoki tala-
balarni mustaqil bilim olishida ko’proq foydalaniladi. Masofadan o’qitish tizimida
nazariy, Amaliy va nazorat mashhulotlarini tashkillashtirish o’quv dasturlarining
o’rniga qarab foydalanish ham o’quv jarayoni samaradorligini oshirishda muhim
omil bo’lib hisoblanadi.
Masofadan o’qitish tizimini amalga oshirish uchun eng samarali vositalardan
biri avtomatlashtirilgan o’qitish kurslari mashhulotlarni o’tkazish jarayonini muk-
ammallashtirish Bilan birga talabalarni mustaqil ishlashini takomillashtirishda
ko’proq qo’llaniladi.
Masofadan o’qitish tizimi uchun avtomatlashtirilgan o’qitish kurslarini
yaratish murakkab jarayon hisoblanadi. Buning uchun shu predmet bo’yicha muk-
ammal bilimga ega bo’lishi Bilan birga ta’lim jarayonida kompyuter va axborot
texnologiyalarining psixologik va uslubiy ta’minoti ham talab etiladi.
Axborot texnologiyalari asosida masofadan o’qitish tizimi tradision o’qitish
tizimi Bilan uyg’unlashgan holda amalga oshiriladi. Buning uchun masofadan
o’qitish tizimida interaktiv Internet texnologiyalar: chat, muammoli munozaralar,
telekonferensiyalar, o’qituvchi va talabalarni muloqot qilish uchun e’lonlar
oynasi, talabalarni bilimini nazorat qilish va baholash, turli xil trenajyorlar
qo’llaniladi.
Masofadan o’qitish tizimida talabalar mustaqil bilim olishlari uchun tar-
moqqa joylashtirish elektron darsliklar, gipermatnli qo’llanmalar, multimedia
texnologiya CD-ROM disklar va boshqalardan foydalaniladi[19]:
Bundan tashqari talabalar mustaqil bilim olishida, o’tilgan mavzularni tak-
rorlashda, hamda olgan bilimlari asosida nazoratlar topshirishda o’rganuvchi, ax-
borot – ma’lumotli, nazorat qilish dasturlarining qo’llanilishi axborot texnologiya-
lari asosida masofadan o’qitish samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega
bo’ladi. Shuning uchun anna shu funksiyalarni hammasini o’zida mujas-
samlashtirilgan elektron darsliklarni yaratish hozirgi kunning eng dolzarb masala-
laridan biri bo’lib qolmoqda.
Ta’lim jarayonining samaradorligi axborotlarni talabalarga qanday tarzda,
qanday texnologiyalar asosida berilishiga va ularni qanday qabul qilishga bog’liq.
Shu nuqtai nazardan kompyuter texnologiyalari: maltimedia texnologiyalari,
masofadan o’qitish tizimi, elektron qo’llanmalar, Internet tarmoqlari va hokazolar
orqali fanlarni o’rganish jarayonini tashkillashtirish albatta ijobiy natija beradi deb
umid qilish mumkin.
Multimedia texnologiyalari o’rganilayotgan jarayon to’hrisidagi har bir ax-
borotni talabalarga harakatli, ovozli, grafikli ko’rinishlarda bayon qilib beradi. Bu
esa yangi materialni berish uchun ketadigan vaqtni tejash
bilan birga talabalarni yangi axborotni qabul qilish ehtiyojini qondiradi.
Gipermatn prinsipiga asoslangan o’quv matnnining ixtiyoriy qismidan ix-
tiyoriy qismga o’tish, kerakli bo’limlarni ixtiyoriy tanlash imkoniyatiga ega
bo’ladilar. Bu esa o’rganilayotgan mavzuning u yoki bu qismini takroran ko’rib
chiqishga imkon yaratadi, ya’ni ularning fikrlash qobiliyatini, lozim bo’lgan hol-
larda kerakli natijaga kelish bilim va ko’nikmalarini oshiradi.
Fanlarda o’rganishda multimedia texnologiyalarini qo’llash talabalar uchun
ham yangi imkoniyatlarni ochish bilan birga, hal qilinishi lozim bo’lgan muam-
molarni ham keltirib chiqaradi, ya’ni dars jarayoni samaradorligi o’qituvchilarning
o’quv jarayoniga shu texnologiyalardan foydalanishga oid bilim va malakalarga
ham bog’liq bo’ladi. Chunki har bir o’qituvchi dars o’tish jarayonida nazariy mate-
riallarni talabalarga ko’rgazmali ko’rinishlarda etkazish amaliy mashg’ulotlarni
kompyuter sinflarida tashkil qilish uchun axborot va kompyuter texnologiyalari
vositalaridan foydalanish ko’nikma va tajribalarga ega bo’lmog’i lozim.
Masofadan o’qitish tizimi, hozirgi kunda, kompyuter texnologiyalari aso-
sida keng qo’llanilayotgan yo’nalishlaridan biri bo’lib qolmoqda.
a) zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalarining etarli bazasining
mavjudligi;
b) Internet tizimida ishlash imkoniyatining etarligi va uzluksizligi;
v) masofadan o’qitish tizimida bilim olayotgan o’quvchilarning bilim olish
va uni o’zlashtirish darajasining yuqoriligi;
g) masofadan o’qitish tizimiga malakali va tajribali mutaxassislarni jalb qi-
lish;
d) masofadan o’qitish o’quv kurslarining mavjudligi va etarliligi.
e) masofadan o’qitish tizimida mashg’ulotlarini grafik asosida sistemali
tarzda borishi.
Ta’lim jarayonida axborot va kompyuter texnologiyalaridan foydalanish sa-
maradorligi quyidagilardan iborat bo’ladi:
1. Axborot va kompyuter texnologiyalari talabalarni mustaqil ishlash
ko’nikmalarini shakllantiradi. Bu ko’nikma talabalarni shaxsiy kompyuterda
alohida ishlash jarayonida hosil bo’ladi.
2. O’z-o’zini tekshirish bilim va malakalari shakllanadi, ya’ni talabalar
maxsus dasturlar asosida o’z bilimlarini nazorat qilish imkoniyating ega
yuo’ladi. Ular bir vaqtning o’zida bilim darajasi natijasini ham bilib oladi-
lar.
3. O’quv jarayonidan faollikni oshiradi, ya’ni oddi y tradision o’qitish firma-
lariga qaraganda axborot texnologiyalari asosida o’quv jarayonlarida tala-
balar faolroq bo’ladi.
4. Ijodiy va ilmiy faoliyatini shakllantiradi va rivojlantiradi.
5. Real jarayonlar ya’ni modellar bilan ishlash va tasavvur qilish ko’nikmalari
shakllanadi.
6. Ta’lim jarayoni bilan mashg’ul muassasalar bilan elektron pochta orqali
muloqotda bo’lish, ya’ni o’quv muassasalari va chet ellar bilan ilmiy va jodiy e
o ’rnatish imkoniyati kengayadi.
Masofadan o’qitish tizimi metodlari. Masofadan o’qitish tizimining
muhim faktorlaridan biri o’quv jarayonida qo’llaniladigan pedagogik metodlar va
qoidalari majmuasi hisoblanadi[18]:
Bu metodlarni quyidagicha sinflarga ajratish mumkin:
1. Ta’lim oluvchini ta’lim resurslari bilan o’zaro hamkorlik asosida o’qitish
metodlari o’qituvchilar va o’quvchilar ishtirokini minimal ta’minlaydi. Bu
metodlarni rivojlantirish uchun multtimediali yondoshuv muhim rol o’ynaydi, turli
xil vositalar o’rdamida ta’lim resurslari yaratiladi: Chop etilgan, audio,
video materiallar va kompyuter tarmoqlaridan olingan o’quv materiallar. Bular eng
avvalo:
interaktiv ma’lumotlar bazasi;
elektron jurnallar;
kompyuter o’qitish dasturlari (elektron darsliklar)
Interaktiv ma’lumotlar bazasida ma’lumotlar massivi tizimlashtiradi va unga
telekommunikasion vositalar orqali kiriladi. Kurs yaratuvchilari bu resurslardan
foydalangan holda talabalar va o’qituvchilar uchun lokal ma’lumotlar borasini
ushlab turadilar.
Kompyuter tarmohi orqali obunachilarga tarqatiladigan davriy nashrlar
elektron jurnallarni hosil qiladi. Ular ta’lim va axborot olish uchun eng muhim
manta hisoblanadi
7-rasm. Masofadan o’qitish tiziming asosiy vositalari
Kompyuter o’qitish dasturlari kompyuter to’rlari orqali foydalaniladigan
dasturiy vositalarni tashkil qiladi.
2. O’qitish va ta’limda individuallashtirish metodlari bir talabani bita
o’qituvchi Bilan yoki bir talabaning boshqa bir talaba Bilan o’zaro munosabati
orqali xarakterlanadi.
Bu metodlar masofadan o’qitishda telefon, ovozli pochta, elektron pochta kabi
texnologiyalar asosida amalga oshiriladi.
3.Talabalarga o’quv materiallarini o’qituvchi yoki ekspert tomonida tavsiya
qilinishiga asoslangan metodlar.
Bunda o’quvchilar kommunikasiyada faol rol o’ynamaydi.
Bu metodlar zamonaviy axborot texnologiyalari borasida rivojlangan tradision
metod Bilan bir xil bo’ladi.
4. O’quv jarayonining barcha ishtirokchilari orasidagi o’zaro faol
munosabatlarni xaraktermaydigan metodlar. Ta’limda telekommunikasion
texnologiyalarni rivojlanishi natijasida ulardan foydalanishning qiymati va
intensivligi oshadi. Boshqa aytgani bilim oluvchilarning o’zlari orasidagi interaktiv
munosabati ularni mukammal bilim olishlariga asos bo’ladi. Bu metodlarning
rivojlanishi o’quv seminarlari va konferensiyalari o’tkazish bilan bog’liq.
Masofadan o’qitish tizimini pedagogik printer Internet bo’yicha sinflash
maqsadida telematik ta’lim tizimining quyidagi prinsiplarini ajratish mumkin:
o’quv jarayonining interaktivligi;
-dialog shaklidagi ta’lim;
-ta’limni adaptivligi;
-o’quv materiallarining shonchligi va engilligi;
-masofadan ta’limda materiallarni uzatishligi;
-ta’lim oluvchilarning faolligi.
Umumiy holda masofadan o’qitish tizimining umumiy sturkturasi
q uyidagicha ko’rinishda bo’ladi.
8 -rasm. Masofadan o’qitish tizimining umumiy modeli
Do'stlaringiz bilan baham: |