Hoshimov.H
Kimyo test-2 soni
2-variant
1. Etilasetilen trimerlanishidan olingan simmetrik tuzilishli aromatik uglevodorodga konsentrlangan nitrat va sulfat kislotalar aralashmasi ta’sir ettirilganda tarkibida bittadan NO2 guruh tutgan nechta izomer hosil bo'ladi (nitrogruppa oriyentatsiya qoidasiga binoan o‘rin almashadi; yon zanjirning nitrolanishi hisobga olinmasin)?
A) 1 B) 2 C) 4 D) 3
2. X2Y3 moddada 20% X bor bo’lsa, X4Y moddada necha foiz Y borligini aniqlang.
A) 27,28 B) 40 C) 72,72 D) 60
3. Geksanning zichligi p=0,66 g/sm3 ga teng bo‘lsa, uning molyar hajmini (sm3/mol) aniqlang.
A) 33,94 B) 56,76 C) 130,3 D) 14,78
4. Alkan tetraxlorlanganda hosil bo’lgan aralashma bug’ining geliyga nisbatan zichligi 15,7 ga teng bo’lsa, alkanni toping (alkan va xlor to’liq reaksiyaga kirishgan).
A) C4H10 B) C3H8 C) c2h6 D) CH4
5. H3O+, NH4+, CO, HNO3 molekulalaridagi donorlik nomoyon qilgan elementlarni ko'rsating.
A) O, H, C, N B) O, N, C, N
C) O, N, O, H D) O, N, O, N
6. X -3 ioni Yn ioniga 3 ta elektron bersa, zaryadlari teng bo’lib qoladi. “n” ning qiymatini aniqlang.
A) -1 B) 0 C) +5 D) +3
7. Geliyga nisbatan zichligi 12,8 ga teng bo‘lgan 2 mol oltingugurt (IV) oksid va kislorod aralashmasi 5 1 hajmli idishda o‘zaro ta’sirlashdi. Agar kislorodning 50% i sarflangan bo‘lsa, muvozanat konstantasini toping.
A) 39,06 B) 50 C) 2,56 D) 20
8. Oltin va kumushning ikki xil qotishmasi mavjud. Birinchi qotishmada bu metallar 2:5 massa nisbatda, ikkinchisida esa 7:6 massa nisbatda. Oltin va kumushning massa nisbati 11:16 bo‘lgan 54 kg yangi qotishma olish uchun ikkinchi qotishma tarkibida qanday massada (kg) oltin bo‘lishi kerak?
A) 12 B) 8 C) 14 D) 3
9. Nitrat kislotaning 40% li (p=l g/ml) eritmasidan 0,7M li eritma tayyorlash uchun dastlabki eritmani necha marta suyultirish kerak?
A) 9,07 B) 7,09 C) 11,02 D) 8,07
10. Kaliy dixromat, nikel (III) digidroksosulfat, seziy pirofosfat moddalaridagi jami kimyoviy bog’lar yig’indisi qancha bo’ladi?
A) 42 B) 44 C) 46 D) 38
11. Quyidagi qaysi birikma molekulasida barcha atomi sp3-gibridlangan holatda turadi?
A) propilen B) benzol
C) brometen D) 2,2-dimetilpropan
12. Tibbiyotda «purgen» nomi bilan surgi dori sifatida qaysi modda ishlatiladi?
A) benzoy kislota B) ftal angidrid
C) fenolftalein D) o-ftal kislotaning dimetil efiri
13. 46,8 g ikki asosli karbon kislotaning kalsiyli tuzi pirolizga uchratib olingan siklik keton qaytarilganda 12,6 g sikloalkan olindi. Qanday sikloalkan olinganligini aniqlang.
A) siklobutan B) siklopropan
C) siklogeksan D) siklopentan
14. Noma’lum massali fosfor va uglerod aralashmasini oksidlash uchun 80% li H2SO4 eritmasidan foydalanilganda normal sharoitda zichligi 2,59 g/1 ga teng bo’lgan gazlar aralashmasi hosil bo’ldi. Shu aralashmani oksidlash uchun 5% li xlorli suvdan 2,485 kg sarflangan bo’lsa, boshlang’ich aralashma tarkibidagi moddalar massasini (g) aniqlang.
A) 3,1; 9 B) 7,75; 9 C) 3,1; 2,4 D) 6,2; 6
15. Qaysi moddalar qatorida elektron zichlik vodorod atomi tomon siljigan?
A) CH4, H2S B) H2O, SiH4
C) BH3, NH3 D) BH3, SiH4
16. Qaysi javobda berilgan moddalar bir elementning har xil allotropik shakl o’rganishlari hisoblanadi?
A) suv va muz B) fulluren va grafit
C) po’lat va cho’yan D) etan va eten
17. Dibromalkanga rux metali ta’sir ettirilganda 45 g rux bromid olindi. Agar dastlabki dibromalkanning hosil bo’lgan alkendan massa farqi 41,4 ga teng bo’lsa, alkenni toping.
(η = 80%)
A) C3H6 B) C4H8 C) C5H10 D) c2h4
18 Tarkibi hajm bo‘yicha 30% karbonat angidrid va noma'lum gazdan iborat aralashmaning vodorodga nisbatan zichligi 17,8 ga teng. Noma‘lum gazni toping.
A) N2 B) H2 C) O2 D) Cl2
19. BH3 va PH3 uchun umumiy bo‘lmagan xususiyat(lar)ni toping.
1) markaziy atomning valentligi; 2) markaziy atomning gibridlanish turi; 3) qutbsiz kovalent bog‘ining mavjudligi; 4) molekulaning fazoviy tuzilishi.
A) 2, 3 B) 2, 4 C) 1, 4 D) 1, 2, 3
20. Tarkibida 10% qo’shimchasi bo’lgan 200 g piritdan 80% unum bilan qancha (g) 70% li sulfat kislota olish mumkin?
A) 300 B) 150 C) 336 D) 168
21. Mochevina tarkibidagi uglerod atomining oksidlanish darajasini aniqlang.
A) +2 B) -4 C) +4 D) 0
22. CH4 va CO2 aralashmasi massasining 1/2 qismi 18,4 g, 3/4 qismi esa 1,2 mol kelsa, aralashmaning o’rtacha molyar massasini aniqlang.
A) 46 B) 28 C) 36,8 D) 23
23. 19,75 g piridin otish uchun necha gramm sianid kislota zarur? Reaksiya unumi 90%.
A) 6,75 B) 13,5 C) 5,4 D) 7,5
24. Quyidagi reaksiya tenglamasidagi barcha koeffitsiyentlar yig‘indisini hisoblang.
PxSy + 62HNO3 + 8H2O → H3PO4 + H2SO4 + 62NO
A) 16 B) 166 C) 108 D) 154
25. 240 g 7,5 molyarli (p = 1,5 g/ml) NaOH eritmasiga zichligi qanday (g/ml) bo’lgan 10% li NaOH eritmasidan 300 ml qo’shilganda 14% li eritma hosil bo’ladi?
A) 0,8 B) 1,2 C) 2,5 D) 0,6
26. Xrom kislorod bilan ta’sirlashganda hosil bo’ladigan birikmaning 0,25 moli massasini (g) aniqlang.
A) 38 B) 17 C) 55 D) 25
27. Osh tuzi eritmasi elektroliz qilindi va hosil bo‘lgan, eritmaga 0,8 mol/l li 250 ml ortofosfat kislota qo'shilganda miqdorlari 3:1 mol nisbatda bo‘lgan natriy gidrofosfat va natriy fosfat hosil bo‘ldi. Elektroliz uchun 10 A tok kuchi ishlatilgan bo‘lsa, sarflangan vaqtni (soat) hisoblang.
A) 1,2 B) 0,8 C) 0,9 D) 1,6
28. 37,2 g anilin necha gramm sirka angidrid bilan reaksiyaga kirishib, atsetanilid va sirka kislota hosil qiladi?
A) 40,8 B) 48 C) 24 D) 54
29. CH4 1500°C da qizdirilganda itsetilen hosil qiladi. Agar reaksiya unumi 40% ga teng bo’lsa, olingan gazlar uralashmasidagi atsetilenning hajmiy ulushini (%) aniqlang.
A) 33,3 B) 14,3 C) 10,0 D) 25,0
30. 12 ml HNO3 eritmasi (pH = 2) 2 A tok kuchi bilan 16,08 soat davomida elektroliz qilingandan so‘ng hosil bo‘lgan eritmaning hajmini (ml) aniqlang.
A) 5,3 B) 1,2 C) 6,8 D) 10,8
31. Berilgan qatordagi moddalar tarkibidagi proton, elektron, neytron sonlari yig'indisi qanday o‘zgaradi?
a) ortadi; b) kamayadi; c) o'zgarmaydi;
a) 1-a, 2-b, 3-a, 4-c B) 1-c, 2-b, 3-a, 4-a
C) 1-c, 2-b, 3-a, 4-c D) 1-b, 2-a, 3-b, 4-b
32. Bariy xloridning 40% li 300 g eritmasiga necha gramm glauber tuzi qo’shilsa, bariy xloridning massa ulushi 20% ga teng bo’ladi?
A) 78,9 B) 85,56 C) 96,9 D) 89,5
33. Pt va Al ning 57,6 g qotishmasi suyultirilgan nitrat kislotada eritildi. Hosil bo‘lgan eritma mo‘l miqdorda ishqor bilan qizdirilganda 21,6 g temir (II) oksidni to‘liq qaytarish uchun yetarli bo‘lgan gaz ajraldi. Qotishmadagi platina massasini (g) aniqlang (qotishmadagi alyuminiy nitrat kislota bilan to‘liq reaksiyaga kirishgan).
A) 10,8 B) 24,4 C) 14,4 D) 5,4
34. Kaliy va magniy gidrofosfatlar aralashmasidagi metallarning massasi aralashmaning massasidan 288 g ga kam bo‘lsa, aralashmadagi magniy gidrofosfatning massasini (g) toping. (m(K) + m(P) = 171).
A) 174 B) 120 C) 60 D) 240
35. Mg va MgO dan iborat aralashma yetarli miqdor 76,8 ml (p = 1,25 g/ml) 24,5% li sulfat kislota eritmasida eritildi. Natijada 5 litr (27°C va 100 kPa) gaz ajralib chiqdi. Olingan eritmadagi suv molekulalari sonini hisoblang.
A) 6,02*1023 B) 24,48*1023
C) 34,82*1023 D) 12,04*1023
36. Bir xil hajmli, bosimi 0,7 atm NO va 0,5 atm O2 gazlari reaksiyaga kirishganda sistema bosimi 1,0 atm ga teng bo`ldi. Ushbu 2NO + O2(g) → 2NO2(g) reaksiyada kimyoviy muvozanat qaror topdi. Muvozanat doimiysini (K ) toping.
A) 5/2 B) 20/27 C) 160/27 D) 3/20
Hoshimov .H