158. Atom tuzilishi va D.I,Mendeleyevning davriy sistemasi?
Atom tuzilishining murakkabligi to’g’risidagi dastlabki tushunchalar o’tgan asrda paydo bo’la boshladi.
Dalton va uning safdoshlari atomga bo’linmaydigan zarracha deb qaradilar.
Ammo sekin asta atom ichki strukturaga ya’ni yanada mayda zarrachalardan iborat degan faktlar to’plana bordi.
Atom tuzilishining hozirgi zamon modeliga olib kelgan eng muhim tajribalarga to’xtalamiz.
XIX asr boshlarida atom bilan elektr o’rtasida uzviy bog’lanish ya’ni atomlar bir-birlari bilan elektr jarayonlari asosida birikkan degan umumiy tushuncha mavjud edi.
U kimyo fanining umumiy, anorganik, organik, texnolgiya, agrokimyo, pivo qaynatishlar, vino ishlari bilan shug’ullanadi. Ensiklopedist olim eng asosiy ishi davriy sistema, davriy qonun deb bilib, u kimyoning asosiy konsepsiyasi tarkib – xossalarga asoslangan holda ilmiy ishlarni bajardi. D.I.Mendeleyev “Kimyo asoslari” kitobining 1- bobida H, O, N, C galogenlar, 2 - bobida Na, K, Cu , Ag ishqoriy-yer metallarini xarakterlab berdi. U klasifikasiyalashda faqat atom og’irligi bilan chegaralanib qolmasdan ularning kimyoviy xossalari, oksidlar hosil qilishi, vodorod bilan birikishi, valentligi asosida gruppalarga ajratadi. Demak, Mendeleyev birinchidan - atom og’irligi, ikkinchidan kimyoviy xossalari asosida 1869 yil 6 martda “Elementlarning tabiiy sistemasini “ yaratdi.D.I. Mendeleyevning davriy qonunida “Elementlar xossalarining o’zgarishi ularning atom og’irligi o’zgarishiga davriy ravishda bog’liqdir” deyiladi.Bu sistemada toriy va uran atom og’irligini 2 ga ko’paytirib joyiga qo’ydi. Transuran elementlarga 30 ta joyni ko’rsatdi. Hali tabiatda ochilishi kerak bo’lgan elementlar ko’p deydi. Davriy sistemaning vujudga kelishi - elementlarning reaksion qobiliyati haqidagi ilmiy yo’nalishlar rivoj topa boshladi. D.I.Mendeleyevdan avval olib borilgan ishlarning hyech birida kimyoviy elementlar orasida o’zaro uzviy bog’lanish borligi topilmadi. Chuqur ilmiy bashorat va taqqoslashlar asosida D.I.Mendeleyev 1869 yilda tabiatning muhim qonuni – kimyoviy elementlarning davriy qonunini ta’rifladi. D.I.Mendeleyev ta’riflagan davriy qonun va uning grafik ifodasi - davriy sistema hozirgi zamon kimyo fanining poydevori bo’lib qoldi Shular asosida elementlar xossalari ularning atom og’irligiga davriy ravishda bog’liqliqligini ko’rsatdi. Ikkinchi bosqichda 1 variantdan kechib hozirgi jadvalni taklif qildi.
D.I.Mendeleyev o’zi kashf etgan davriy qonunni quyidagicha ta’rifladi: oddiy moddalarning (elementlarning) xossalari, shuningdek, elementlar birikmalarining shakl va xossalari elementlarning atom massalariga davriy ravishda bog’liq bo’ladi. D.I.Mendeleyev davriy qonunni kashf etishda elementlarning atom massa qiymatlariga, fizik va kimyoviy xossalariga e’tibor berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |