Kimyo sanoatining xomashyosi va uni boyitish


Qattiq xomashyoni boyitish



Download 358,57 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana05.01.2022
Hajmi358,57 Kb.
#320142
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kimyo sanoatining xomashyosi va uni boyitish

Qattiq xomashyoni boyitish 

Har qanday tabiiy xomashyo qazib olingach, tarkibida foydali mineraldan 

tashqari ma'lum miqdorda foydasiz yoki u qadar ahamiyatga ega bo'lmagan, hatto 

zararli bo'lgan begona aralashmalar —  "bekorchi jinslar" ham uchraydi. Masalan, 

qattiq xomashyolarda: kremnezyom, ohaktosh, tuproq, turli sulfidlar, temir, 



suyuqliklarda qattiq zarrachalar, suv, suvda erigan tuzlar: gazlarda —  vodorod 

sulfidi va boshqalar bo'ladi. Kimyoviy ishlab chiqarishlarda mahsuldorlikni oshirish, 

tayyor mahsulot sifatini yaxshilash, energetik va boshqa sarfiyotlarni kamaytirish 

jarayonini  intensivlash maqsadida konsentrlangan xomashyo ishlatishga harakat 

qilinadi, Buning uchun xomashyo boyitiladi, ya'ni uning tarkibidagi foydali tarkibiy 

qismining miqdori oshiriladi. 

Xomashyo qazib olingan joyda, maxsus boyitish korxonalarida boyitiladi. Bu 

holat ortiqcha transport xarajatlarini (tashish, ortish, tushirish) tejaydi. 

Xomashyolaming agregat holatlariga qarab ularni boyitishning turli usullari 

qo'llaniladi. 

Tog' jinslari (rudalar) boyitishdan ilgari zarrachalari (kris ta llari)  orasidagi 

bog’ni  buzish uchun maydalaniladi, zarur bo'lsa suvsizlantiriladi. Maydalashni 

shartli ravishda: dag'al maydalash yoki tuyish va unday maydalash yoki 

kukunlashtjrishga bo'lish mumkin. Tuyish maxsus tuyuvchi dastgohlarda olib 

boriladi. Tuyilgan jins bo'laklarining kattaligi bir millimetrdan katta bo'ladi. 

Kukunlashtirish esa tegirmonlarda amalga oshiriladi va bo'lakchalarining kattaligi to 

0,1 mikrongacha bo'ladi. Tuyish har doim quruq holda olib boriladi. Kukunlashtirish 

esa yo quruq, yo ho'l usulda amalga oshiriladi. Barcha maydalovchi dastgohlarni (1-

rasm) maydalash usuliga qarab (fturga bo'lish mumkin: 

1. Tishli maydalagich dastgohlarining asosiy  ish  qismlari vazifasini qo'zg 

almas va qo'zg’aluvchan yassi qismlar bajaradi. Xomashyo qo'zg'aluvchan va 

qo'zg'almas yassi qismlar oralig'ining yuqori tomonidagi bo'shliqqa beriladi, bunda 

xomashyo qo'zg'aluvchan yassi qismning tebranma harakati ta'sirida tuyiladi. 

Maydalangan zarrachalar pastki tor tirqish orqali tashqariga chiqariladi. 

 

 

1-rasm. Maydalovchi mashinalar. 



A . Tishli maydalagich: 1 — qo'zg'almas yuzasi, 2  — harakat qiluvchi 

qo'zg'aluvchan yuzaning ikki holati; 3 — vallar; 4 —marganetsli po'latdan yasalgan 

plitalar. B. Konussimon maydalagich. 1 — aylanuvchi konus; 2 — qo'zg'almas 

konus; 3 

— val; 4 — marganetsli po'latdan yasalgan plitalar. D. Valikli 

maydalagich. 1 — qo'zg'almas valik; 2 — harakat qiluvchi valik; 3 — prujina 




 

1.

 



Konussimon maydalagich dastgohlari bir-biriga nisbatan ekssentrik (umumiy 

markazga ega bo'lmagan) holatda aylanadigan ikkita konuslar oralig'ida 

xomashyoni siqish, ezish yordamida maydalashga asoslangan. 

2.

 



Valikli maydalagich, bunda ikkita silindrsimon aylana valiklar bo'lib, ulardan 

bin qo'zg'almas, ikkinchisi esa 4 m harakatlanuvchi valikdir, ashyo valiklar orasida 

qisilib maydalanadi. 

3.

 



To'qmoqli maydalagich, urib maydalashga asoslangan. 

4.

 



Sharli maydalagich (tegirmon) maydalovchi jismlar (metall yoki kvarsdan 

tayyorlangan  sharlar) bilan qisman to'ldirilgan barabandan iborat. Barabanning 

aylanishi paytida ishqalanish kuchi ta'sirida sharlar baraban bilan birga harakat 

qilib, ma'lum balandlikka ko'tarilgandan so'ng erkin tushib, ashyoning zarba kuchi 

va yeyilish natijasida maydalaydi. 

Yirik va o'rtacha kattalikda maydalash uchun yassi yuzali va konusli 

maydalagich hamda valikli tegirmondan foydalaniladi. Maydalangan tog' jinslari 

fraksiyalarga ajratiladi va ruda tarkibidagi foydali komponentlardan birining miqdori 

turli usullar yordamida ko'paytiriladi. Shunday yo'llar bilan boyitilgan ruda — 

konsentrat deb ataladi, qolgan foydalanilmaydigan, "bekorcha jinslar" esa, qoldiq yoki 

chiqindi deb ataladi. Qattiq xomashyoni  boyitish uch xil: mexanik, kimyoviy  ya 

termik usullarga bo'linadi. Mexanik boyitish usuli xomashyo tarkibiga kirgan 

minerallarni turli fizikaviy va fizik-kimyoviy xossalariga asoslanadi.  

Mexanik  boyitish usuliga: navlarga ajratish  gravitatsion   ajratish.e lektro-

magnitli va elektrostatikli separatsiya hamda  flotatsivaus ulla r i k ira d i.  

 


Download 358,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish