Kimyo sanoatining xomashyosi va uni boyitish



Download 358,57 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana05.01.2022
Hajmi358,57 Kb.
#320142
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kimyo sanoatining xomashyosi va uni boyitish



KIMYO SANOATINING XOMASHYOSI VA UNI BOYITISH 

USULLARI 

  

Har qanday ishlab chiqarishning muhim tarkibiy qismlaridan biri xomashyodir. 

Xomashyo deb, iste'mol mahsulotlari va ishlab chiqarish vositalari olish uchun 

sanoatda ishlatiladigan tabiiy moddalarga aytiladi.  Kimyo sanoatida xomashyo 

asosiy omil bo'lib, ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot tannarxining 60-70 foizini 

tashkil etadi. 

Sanoat ishlab chiqarishda xomashyo tushunchasidan tashqari dastlabki  ashyo, 

tayyor mahsulot va chiqindi tushunchalari ham qo'llaniladi. 

Xomashyo va dastlabki ashyoni bir-biridan farq qilish kerak. Xomashyo 

sanoatda qayta ishlovdan o'tmagan tabiiy moddalardir. Biror-bir ishlab  chiqarish 

uchun xomashyo, yarim fabrikat, oraliq mahsulot, yarim mahsulot  (asosiy material) 

qo'shimcha mahsulot va ikkilamchi ashyolar dastlabki  ashyo bo'lishi mumkin. 

Yarim fabrikat bu — tabiiy xomashyoni sanoatda dastlabki ishlov berish natijasida 

olingan materialdir. Oraliq mahsulat  -  deb  xomashyo yoki yarim fabrikatdan 

olingan individual moddalarga aytiladi. 

U ayni korxonada boshqa mahsulot ishlab chiqarish uchun dastlabki ashyo 

bo'lib xizmat qilishi mumkin. Qo’shimcha mahsulot deb, korxonada ishlab chiqarish 

jarayonida asosiy mahsulot bilan birga qo'shimcha reaksiyalar  natijasida hosil 

bo'lgan individual modda yoki aralashmaga aytiladi. Ikkilamchi xomashyo deb, o'z 

xizmat muddatini o'tab bo'lgan narsalarga  va materiallarning sanoatda ishlov 

berganda hosil bo'ladigan chiqindilariga aytiladi. Qaysikim, u chiqindilarni sanoatda 

qayta ishlab tayyor mahsulotga  aylantirish iqtisodiy foydalidir. Tayyor mahsulot 

deb, xalq xo'jaligining turli tarmoqlarida amalda foydalanish uchun korxonadan 

jo'natiladigan  moddalar yoki materiallarga a ytiladi.  Chiqindi deb, texnologik 

taraqqiyotning ayni davrida amaliy ishlatish sohasini topmagan tashlandiq moddalar 

yoki materiallarga aytiladi. Bunday bo'lishlar, albatta, nisbiydir.  Masalan, nitrat 

kislota shu kislotani ishlab chiqarish korxonasining tayyor  mahsuloti bo'lsa, o'g'it 

ishlab chiqarish korxonasining esa dastlabki ashyosi hisoblanadi.   

Xomashyolar turli belgilariga qarab sinflarga bo'linadi. Kelib chiqishiga qarab, 

ular  mineral, o'simlik va hayvon xomashyolariga, agregatholatlariga  qarab qattiq, 

suyuq (neft sho'robalari), gazsimon (havo, tabiiy  gaz) xomashyolarga, tarkibiga 

qarab anorganik va organik xomashyolarga bo'linadi. Mineral xomashyolar o'z 

navbatida rudali, rudasiz va organik yoki yonuvchi xomashyolarga bo'linadi. Rudali 

minerallar  to'g'ridan to'g'ri  ruda deb ataladi. Ruda deb, tarkibida metall saqlovchi 

tog' jinslari yoki boshqa mineral birikmalarga aytiladi. Ulardan metallar ajratib 

olinadi. Metallar ruda tarkibida asosan oksidlar va sulfidlar shaklida bo'ladilar. 

Ruda tarkibida asosiy komponent —  metaldan tashqari, har doim begona 

aralashmalar ham ushlaydi. Ishlab  chiqarishda foydalanilmaydigan begona 

aralashmalarni chiqindi, ba'zan "bekorchi jins" deb ataladi. Tarkibida ajratib 

olishga yetarli miqdorda bir necha metall saqlovchi rudalarga polimetall rudalar 

deyiladi. O'zbekistondagi rangli metall rudalari (masalan:  mis-ruxli, qo'rg'oshin-

rux-kumushli) asosan polimetall rudalardir. 

Rudasiz minerallar deb, metallmas moddalar olinadigan (masalan: fosfor, 



xlor, oltingugurt, o'g'itlar, soda, ishqorlar, kislotalar, sement, shisha va boshqalar) 

yoki bevosita kimyoviy ishlov berilmay foydalaniladigan tog' jinslari yoki 

 

 

 



 


     

 

 



minerallarga aytiladi. Rudasiz qazilmalarishlatish sohasiga qarab shartli 

ravishda to'rt guruhga bo'linadi: 

a)

 

qurilish materiallari (tuproq, qum, shag'al, qurilish toshlari, g'isht, 



keramika va boshqalar); 

b)

 



industrial ashyolar, kimyoviy qayta ishlanmay foydalaniladi (slyuda, asbest, 

grafit, magnezit, korund va boshqalar); 

d)

 

kimyoviy mineral ashyolar, kimyoviy ishlov berilib, yoki to'g'ridan to'g'ri 



foydalaniladi (oltingugurt, fosfor, apatit, silvinit, toshtuz va boshqa ko'pgina 

tuzlar); 

e)

 

qimmatbaho, yarim qimmatbaho va ishlov berib tayyorlanadigan, 



ashyolar, ular mexanik ishlov berilgandan so'ng foydalaniladi (olmos, yoqut, 

zumrad, qahrabo, malaxit, feruza, yashma, marmar va boshqalar). 

Organik yoki yonuvchi ashyolar uchga: qazilma, o'simlik va hayvon 

xomashyolariga bo'linadi. Qazilma organik yoki yonuvchi xomashyoiar (torf, 

slanets, ko'mir, neft, tabiiy va yo'ldosh gazlar) energiya manbayi sifatida hamda, 

qimmatbaho kimyoviy ashyo sifatida ishlatiladi. 

O'simlik va hayvon xomashyolari qishloq xo'jalik, o'rmon xo'jaligi va 

baliqchilik xo'jaliklarining mahsulotlari hisoblanadi. 

O'simlik va hayvon ashyolari ishlatish sohasiga qarab ikkiga: oziq-ovqat va 

texnik ashyolariga bo'linadi. Oziq-ovqat ashyolariga,  asosan, ozuqa sifatida 




iste'mol qilinadigan mahsulotlar (kartoshka, lavlagi, sut, g'alla, o'simlik, hayvon 

va baliq yog'lari va boshqalar) kiradi. 

Texnik ashyolarga esa, oziq-ovqat sifatida ishlatishga yaroqsiz bo'lgan, ammo 

kimyoviy va mexanik ishlov berilgach turmush va sanoatda, texnik maqsadlarda 

ishlatish mumkin bo'lgan ashyolar kiradi. Masalan: paxta, yog'och, yog'och 

smolasi, somon, zig'ir poyasi, nasha poyasi (hind kanopi, charm, jun, mo'yna, 

ba'zi o'simlik va hayvon yog'lari (hind kanopi moyi, tung moyi —  tung daraxti 

mevasidan olinadigan moy, kit,  treska baliqiari yog'i, turli kunjara, hayvon 

suyaklari va boshqalar). Ammo bunday texnik va oziq-ovqat ashyolariga bo'lish bu 

nisbiydir. Chunki ba'zan oziq-ovqat ashyolari texnik maqsadlarda va aksincha, 

texnik ashyolar, oziq-ovqat maqsadida ishlatilishi mumkin. Masalan: ba'zi oziq-

ovqat yog'lari qayta ishlanib, ulardan sovun, olif va kosmetika vositalari olinadi. 

 


Download 358,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish