Kimyo sanoati chiqindilarini qayta ishlash Gaz holdagi chiqindilarni tozalash va qayta ishlash


-bob. Mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish va utilizatsiya qilish jarayonlarida ekologik xavfsizlik talablari



Download 196,16 Kb.
bet53/63
Sana30.06.2022
Hajmi196,16 Kb.
#719376
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   63
Bog'liq
e-k-m

3-bob. Mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish va utilizatsiya qilish jarayonlarida ekologik xavfsizlik talablari
1-§. Mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish va utilizatsiya qilish jarayonlarida ekologik xavfsizlikning umumiy talablari
6. Atrof tabiiy muhit holatining barqarorligi va yaxshilanishi mavjud xo‘jalik va boshqa faoliyat obyektlarining atrof tabiiy muhitga ko‘rsatayotgan salbiy ta’sirining ruxsat etilgan bosqichma-bosqich kamayib boradigan darajalariga erishish eng yaxshi qulay texnologiyalarni qo‘llanishi bilan ta’minlanadi.
7. Xo‘jalik va boshqa faoliyatning mavjud statsionar obyektlari uchun atmosferaga ifloslantiruvchi moddalarning ruxsat etilgan cheklangan tashlamalarining, yer usti suv havzalari va joy relyefiga ifloslantiruvchi moddalarning ruxsat etilgan cheklangan oqavalari, chiqindilar hosil bo‘lishi va joylashtirilishining ekologik normativlari belgilanadi.
8. Normativlar quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha belgilanadi:
tashlanmalarning atmosfera havosi uchun belgilangan ruxsat etilgan cheklangan kvotalardan oshmaydigan (ruxsat etilgan cheklangan konsentratsiyalar ulushlarida) yer usti konsentratsiyalarini shakllantiruvchi vaqt birligidagi (sekundiga gramm) ifloslantiruvchi moddalar massasi;
oqava suvlarda nazorat punktidagi suv sifati normalarini ta’minlash maqsadida ushbu punktda belgilangan rejimda tashlashga maksimal ruxsat etilgan vaqt birligidagi moddalar massasi;
saqlashning muayyan muddati ko‘rsatilgan holda, jihozlangan o‘z ishlab chiqarish maydonlarida va/yoki ishlab chiqarish chiqindilarini joylashtirish obyektlarida hosil bo‘lgan hamda joylashtirilgan ishlab chiqarish chiqindilarining har bir xavflilik toifasi bo‘yicha miqdori.
9. Yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha normativlar mahsulotning muayyan turi uchun maxsus texnik reglamentlarda belgilanadi.
10. Xo‘jalik yurituvchi va boshqa subyektlar belgilangan normativlarni kamaytirishning har yili erishiladigan ko‘rsatkichlarini ko‘rsatgan holda, mazkur Texnik reglamentning 8-bandida belgilangan bitta yoki bir qancha ko‘rsatkichlar bo‘yicha tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha rejali tadbirlar va ifloslantiruvchi moddalar tashlanmalari va oqavalarining, ishlab chiqarish hamda iste’mol chiqindilarining hosil bo‘lishi va kamayishi bo‘yicha belgilangan normativlarni kamaytirish rejasini ishlab chiqadi.
Atrof tabiiy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatishning belgilangan darajalarini pasaytirishda qo‘llaniladigan uslub va vositalar xo‘jalik yoki boshqa faoliyat subyekti tomonidan ushbu Texnik reglamentda belgilangan ekologik xavfsizlik talablari hisobga olingan holda mustaqil ravishda belgilanadi.
Xo‘jalik yurituvchi va boshqa subyektlar ishlab chiqariladigan mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan tashlamalar, oqavalar, chiqindilar hosil bo‘lishining solishtirma ko‘rsatkichlarining hisob-kitobini har yili amalga oshiradi.
11. Ifloslantiruvchi moddalarning tashlamalari, oqavalari, chiqindilarni hosil bo‘lishi va joylashtirilishining belgilangan normalarini pasaytirish borasida qayd etilgan majburiyatlarni hisobga olgan holda yoki mahsulot ishlab chiqarish hajmlari oshgan hollarda, ekologik normativlar qayta ko‘rib chiqiladi va ruxsat etilgan normalarga muvofiqlashtiriladi.
12. Ifloslantiruvchi moddalarning tashlamalari, oqavalari, chiqindilarning hosil bo‘lishi va joylashtirilishining belgilangan normativlari hamda salbiy ta’sirni pasaytirish bo‘yicha qayd etilgan ko‘rsatkichlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
13. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish maqsadlarida mazkur Texnik reglament kuchga kirgandan boshlab ruxsat beruvchi hujjatlarda (litsenziyalar, ruxsatnomalar va/yoki boshqa shakllar) ko‘zda tutilgan muddatlarda ushbu hujjatlarga muvofiq tabiiy (suv, yer, o‘rmon, mineral-xomashyo, biologik) resurslarini olish hajmlari va shartlari belgilanadi.
14. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar obyekt rahbariyati tomonidan tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq ishlab chiqarish ekologik nazoratni amalga oshiradi.
15. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar atrof-muhitga tushadigan og‘irlikni normativ darajagacha pasaytirishni ta’minlaydigan tabiatni muhofaza qilish tadbirlarni amalga oshiradi.
Mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish va utilizatsiya qilish jarayonlarida xavfli moddalar ishlatilsa, xo‘jalik yurituvchi va boshqa faoliyat obyekti uchun favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish rejasi ishlab chiqiladi.
Ushbu rejada noqulay ob-havo sharoiti yoki boshqa tabiiy hamda texnogen favqulodda holatlar sababli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy ekologik oqibatlar va ularning oldini olish yuzasidan ma’lumotlarni xo‘jalik yurituvchi subyektlar yoki tegishli davlat organlari tomonidan aholiga yetkazilishi ko‘zda tutiladi.
16. Neft, kimyo va boshqa xavfli moddalar hamda mahsulotlarni atrof-muhit ifloslanishining oldini olish vositalari va mahsulotlar sirqib oqib ketishini aniqlaydigan nazorat-o‘lchov uskunalari bilan jihozlanmasdan tashish va saqlash inshootlari hamda qurilmalarini ishga tushirish hamda ulardan foydalanish taqiqlanadi. Xavfli mahsulot va chiqindilarni saqlash, tashish inshootlari va qurilmalari favqulodda vaziyatlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy ekologik oqibatlarni bartaraf etish vositalari to‘plami (kimyoviy reagentlar, o‘t o‘chirish vositalari va boshqalar) bilan ta’minlanishi lozim.
Barcha turdagi mahsulot (chiqindi)ni tashish jarayonlari ularning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablar bo‘yicha amalga oshiriladi.
17. Atrof tabiiy muhitga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatadigan rejalashtirilgan xo‘jalik yoki boshqa faoliyat obyektlarini loyihalashtirish bosqichida ekologik xavfsizlik talablarini hisobga olish uchun obyekt joylashgan joyga nisbatan atrof-muhitga ta’sir baholanadi va davlat ekologik ekspertizasi o‘tkaziladi.
Atrof-muhitga ta’sirni baholash hamda davlat ekologik ekspertizasi xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyat yo‘nalishi o‘zgartirilganda yoki faoliyatning yangi turlari joriy qilinganda, shuningdek, uning joylashgan joyi o‘zgarganda amalga oshiriladi.
Tabiatni shovqin, tebranish, elektrmagnit maydonlari va boshqa zararli fizik ta’sirlardan muhofaza qilish, tabiatni nazorat etilmaydigan va zararli biologik ta’sirlardan muhofaza qilish sohasidagi talablarga rioya etilishi qabul qilingan sanitar qoidalar va normalarga muvofiq amalga oshiriladi.

Download 196,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish