Kimyo sanoati chiqindilarini qayta ishlash Gaz holdagi chiqindilarni tozalash va qayta ishlash


-§. O‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlarini muhofaza qilishni ta’minlovchi ekologik xavfsizlik talablari



Download 196,16 Kb.
bet56/63
Sana30.06.2022
Hajmi196,16 Kb.
#719376
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   63
Bog'liq
e-k-m

4-§. O‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlarini muhofaza qilishni ta’minlovchi ekologik xavfsizlik talablari
26. Xo‘jalik va boshqa faoliyat obyektlarini loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanishda o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlarini, shuningdek, ularning yashash va o‘sish joylarini saqlab qolish maqsadlarida:
o‘simliklarni yoqish, yovvoyi hayvonlar uchun xavfli bo‘lgan materiallar, xomashyo, kimyoviy moddalar, o‘simliklarni himoya qilish vositalari, mineral o‘g‘itlar va boshqa preparatlarni saqlash hamda qo‘llash, hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish talablarini hisobga olmagan holda, maishiy va ishlab chiqarish chiqindilarini utilizatsiya qilish, tashish va ko‘mish;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yer uchastkalari va suvli akvatoriyasida ularning maqsadli vazifalariga zid bo‘lgan har qanday faoliyat;
hayvonlarning ommaviy ko‘chish (migratsiya) yo‘llarida maxsus o‘tish joylari bo‘lmagan to‘siq va inshootlar o‘rnatish;
xo‘jalik va boshqa faoliyat obyektlarini qurishda so‘qmoqlar, hayvonlarning ko‘payish davrida daraxt-buta o‘simliklarini tozalash;
suv va suv bo‘yida yashaydigan hayvon va qushlarning ko‘payish, qishlash, va ommaviy to‘planish joylarida ifloslantiruvchi moddalarning ruxsat etilgan cheklangan konsentratsiyalaridan ortiqcha bo‘lgan oqava suv va chiqindilarni tashlash;
atrof-muhit muhofazasi sohasidagi maxsus vakolatli organning ruxsatisiz hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlarini olish;
O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan hayvon va o‘simlik dunyosi obyektlarini olish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan maqsadlarda olish bundan mustasno;
yovvoyi hayvonlarni o‘zboshimchalik bilan ko‘chirish, iqlimlashtirish va chatishtirish taqiqlanadi.
27. Xo‘jalik va boshqa faoliyat obyektlarini loyihalashtirish va qurishda hayvonot dunyosi obyektlarini himoya qilish choralari, shu jumladan ularning ommaviy ko‘chish, ko‘payish va tullash, yosh hayvonlarni boqish, baliqlarni uvildiriq sochish, yosh baliqlarni boqish, o‘stirish va saqlash davrlarida ishlarni cheklash ta’minlanishi lozim.
28. Xo‘jalik yurituvchi va boshqa subyektlar hayvonot dunyosi obyektlarining ishlab chiqarish maydonlaridagi xavfli modda va xomashyolar ta’siridan nobud bo‘lishining oldini olish uchun:
materiallar, xomashyo va chiqindilarni atrofi to‘siq bilan o‘ralgan, maydonlari betonlangan va marzalangan yopiq kanalizatsiya tizimi mavjud bo‘lgan joylarda saqlashi;
xo‘jalik va ishlab chiqarish oqava suvlarini ishlab chiqarish maydonchasining o‘zida ishlov berish yoki keyinchalik utilizatsiya qilish uchun maxsus poligonlarga tashish uchun idishlarga joylashtirish;
idish va rezervuarlarni ularga hayvonlar tushib ketishining oldini olish maqsadida himoya tizimi bilan jihozlashi lozim.
29. Transport magistrallaridan foydalanuvchi transport vositalari egalari va tashkilotlar hayvonot dunyosi obyektlariga zarar yetkazilishining oldini olish choralarini ko‘rishga majburdir. Transport magistrallarida maxsus ogohlantiruvchi belgilar yoki transport harakati tezligini cheklovchi belgilar o‘rnatilishi lozim.
30. Transport magistrallari kichik daryo va soylar (er usti suv havzalari) bilan kesishganda, baliq va yer ustida yashaydigan hayvonlarning erkin ko‘chib yurishi ta’minlanishi lozim.
31. Elektr uzatish liniyalari elektromagnit maydonining ta’siridan hayvonot dunyosi obyektlari o‘lishining oldini olish uchun ushbu liniyalar bo‘ylab sanitariya-himoya polosalari belgilanadi.
32. Elektr uzatish liniyalaridagi transformator podstansiyalari, ularning tarmoqlari va ishlaydigan mexanizmlari hayvonlarning podstansiya hududiga kirishini va ularni ushbu tarmoq va mexanizmlarga tushib qolishining oldini oluvchi qurilmalar (to‘siqlar, o‘rab turuvchi qoplama va boshqalar) bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
Qushlar ommaviy ko‘chish joylarida ularning aloqa liniyalari bilan to‘qnashuvi tufayli o‘lishining oldini olish uchun havodagi aloqa sim tizimini yer osti kabel yoki radioreley bilan almashtirish tavsiya etiladi.
33. Suv havzalari va ochiq suv oqimlaridan suv olishda suv va suv bo‘yida yashaydigan hayvonlarning nobud bo‘lishining oldini oluvchi chora-tadbirlar ko‘zda tutilishi lozim.
34. O‘zbekiston Respublikasi hududidagi o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish, shu jumladan yo‘q bo‘lib ketish xavfi bo‘lgan yovvoyi flora va faunaning turlari bilan xalqaro savdo (SITES) belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
35. O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan o‘simliklar, hayvonlar va boshqa organizmlar turlari yashash joylari saqlab qolinishi lozim.
36. Tabiatdan foydalanuvchilar hayvonot dunyosi obyektlarining ovlanadigan turlarini ovlash va dorivor o‘simliklarni yig‘ish qurol va usullarini qo‘llashning ruxsat etilgan qoidalari, muddatlari va ro‘yxatiga rioya etishlari kerak.
37. Tabiatdan foydalanuvchilar hayvonot dunyosi obyektlarini ovlash va tutqunlikda saqlash shartlari va qoidalariga rioya qilishlari lozim.
38. O‘rmondan foydalanish bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirishda tabiatdan foydalanuvchilarga:
tuproqlar eroziyasining rivojlanishiga hamda o‘rmonlar holatiga va ularning qayta tiklanishi, shuningdek, suv va boshqa tabiiy obyektlarning holatiga normadan ortiq boshqa salbiy ta’sirlarga olib keladigan usullar bilan ishlarni amalga oshirish;
o‘rmonlarning himoya xususiyatlari, yong‘inga qarshi, ekologik va sanitar holati, shuningdek, ularni qayta tiklash sharoitlari yomonlashuviga sabab bo‘ladigan ishlarni amalga oshirish;
ekotizimlar va o‘rmonlarni qayta tiklash holatiga zararli ta’sirning oldini olish qurilmalari bilan ta’minlanmagan yangi va rekonstruksiya qilingan obyektlarni ishga tushirish;
yog‘ochni yo‘qotish, ishga yaroqli yog‘och-taxtani o‘tinga chiqarish va undan maqsadsiz foydalanish;
bino, inshoot va kommunikatsiyalarni qurishda ishlab chiqarish-texnik zarurat talab etmasa, daraxt va butalarni kesish;
milliy tabiat bog‘lari, buyurtmaxonalar, tabiat yodgorliklari o‘rmonlarida, ilmiy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan o‘rmonlar, o‘rmon parklar, shahar o‘rmonlari, yashil hududlarning o‘rmonzor parklari qismlarida, aholi punktlari va sanoat markazlari atroflarida, davlat o‘rmon polosalarida, eroziyaga qarshi o‘rmonlarda, daryo, ko‘l va boshqa suv obyektlarining qirg‘oq bo‘ylaridagi o‘rmonlarning man etilgan polosalarida ikkilamchi ahamiyatga ega bo‘lgan o‘rmon materiallarini tayyorlash, mol boqish, yog‘och bo‘lmaydigan o‘rmon mahsulotlarini sanoat usulida tayyorlash;
tayyorlash va olib chiqish muddatlari tugagandan so‘ng kesish joylarida chala kesilgan va tayyorlangan yog‘ochlar qoldiqlarini qoldirish taqiqlanadi.
O‘rmon qonun hujjatlari buzilgan hollarda, shuningdek, o‘rmonlar va boshqa tabiiy obyektlarni muhofaza qilish, himoya qilish va qayta tiklash maqsadlarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘rmondan foydalanish huquqi cheklanishi, vaqtincha to‘xtatilishi yoki taqiqlanishi mumkin.
39. O‘rmondan doimiy foydalanuvchilar:
o‘rmonlar, muhofazasi, himoyasi, ulardan oqilona foydalanish va ularning qayta tiklanishini ta’minlash;
o‘rmonlarning davlat hisobini yuritish;
ishlarni o‘rmonlar holati va ularni qayta tiklash holatiga, tuproqlar, hayvonot dunyosi, shuningdek, suv va boshqa tabiiy obyektlarning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmaydigan usullar bilan amalga oshirish;
o‘rmondan foydalanganlik uchun to‘lovni o‘z vaqtida belgilangan tartibda amalga oshirish;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rejimini ta’minlashga;
o‘rmondan boshqa foydalanuvchilarning haq-huquqlarini buzmaslikka majburdir.
O‘rmondan doimiy foydalanuvchilar qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va boshqa majburiyatlarni ham olishlari mumkin.
O‘rmondan vaqtincha foydalanuvchilar:
o‘zlariga berilgan yaylovlar, pichanzorlar va boshqa o‘rmon yerlaridan oqilona foydalanish;
ishlarni o‘rmonlarning holati va ko‘payishiga, tuproq, yovvoyi tabiatning holatiga, shuningdek suv va boshqa tabiiy obyektlarga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan usullarda amalga oshirish;
ishlarni o‘rmonlar holati va ularni qayta tiklash holatiga, tuproqlar, hayvonot dunyosi, shuningdek, suv va boshqa tabiiy obyektlarning holatiga salbiy ta’siriga yo‘l qo‘ymaydigan usullar bilan amalga oshirish;
o‘rmondan foydalanganlik uchun to‘lovni o‘z vaqtida belgilangan tartibda amalga oshirishga;
o‘rmondan boshqa foydalanuvchilarning haq-huquqlarini buzmaslikka majburdir.
O‘rmondan vaqtincha foydalanuvchilar qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va boshqa majburiyatlarni ham olishlari mumkin.

Download 196,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish