1.77. Yuqori oksidi RO3 bo‘lgan elementning vodorodli birikmasi tarkibida 2,47 % vodorod bo‘lsa, bu qaysi element? (Javob: selen).
1.78. Noma‘lum elementning vodorodli birikmasi H2X formulaga javob beradi, uning kislorodli birikmasi tarkibida 20,0 % kislorod bor. Bu qaysi element?
Yechish: Masalani yuqoridagiday yechish mumkin, bunda:
bo‘ladi. Qaysi element haqida gap yuritilayotganligini topish uchun bu qiymatni galma-gal 2, 3, 4 va h.k. sonlarga ko‘paytiramiz: Ar=32.2=64. Nisbiy atom massasi 64 bo‘lgan mis elementi vodorodli birikma hosil qilmaydi. Ar=32.3=96. Nisbiy atom massasi 96 bo'lgan molibden elementi ham vodorodli birikma hosil qilmaydi. Ar=32.4=128. Nisbiy atom massasi 128 bo‘lgan element tellurning vodorodli birikmasi H2X formulaga to‘g‘ri keladi. Demak, bu element tellur ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |