Kimyo laboratoriyasi ishi uchun texnika xavfsizligi qoidalari bo’yicha yo’riqnoma



Download 23,3 Kb.
Sana27.06.2022
Hajmi23,3 Kb.
#708320
Bog'liq
Kimyo laboratoriyasi ishi uchun texnika xavfsizligi qoidalari bo


Kimyo laboratoriyasi ishi uchun texnika xavfsizligi qoidalari bo’yicha yo’riqnoma.

Laboratoriya ishini bajarishda qo`yidagilarga e`tibor berish lozim.





  1. Ish jarayonida faqat toza, quruq va butun, ishga yaroqli asboblardan foydalanish lozim.

  2. Uchuvchan moddalarni ehtiyotlik bilan hidlash.

  3. Ko’zni saqlash (chunki zararli moddalarning eng mayda tomchisi va bug’lari ham ko’z pardasiga tushib, ko’rish qobiliyatini yo’qotishga olib keladi).

  4. Qizdirilayotgan suyuqligi bor probirkaning ochiq tomonini o’zingizdan va o’rtoqlaringizdan chetga qaratish (chunki o’ta qizdirib yuborilgan suyuqlik qaynab chiqib, qo’lga va yuzga sachrashi mumkin).

  5. Probirkalarda moddaning eritmalarini qizdirish uchun ularni probirkaning 1/3 qismigacha qo`yish kerak.

  6. Qattiq moddalarni faqat quruq probirkalarda va chinni kosachada qizdirish kerak.

  7. Moddalarni shisha idishlarda qizdirilganda ularni quruq yonilg’i alangasiga tekkizmaslik (idish darz ketib, sinishi mumkin).

  8. Qattiq yonilg`ini ishlatib bo`lgach, uni maxsus qopqoq bilan berkitib o`chirish kerak.

  9. Reaksiyani kuzatayotganda probirkani yuzga yaqin olib kelmang.

  10. Himoya ko’zoynaklaridan foydalanishni odat qiling.

Taqiqlanadi.


1.Moddaning ta`mini ta`tib ko`rish,yaqin masofada turib hidlash, kimyoviy idishlarda oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash.
2.Laboratoriyadan biron bir kimyoviy moddani boshqalarga berish.
3. Laboratoriyadan hech qanday kimyoviy moddalarni yoki ortiqcha buyumni olib ketish.
4.Biror kimyoviy modda qaynayotgan idish ustidan engashib qarash (chunki suyuqlikning mayda tomchilari ko’zga sachrashi mumkin).
5. Kimyoviy reaksiya jarayonida (bug’lanayotgan, qaynab turgan) idishni qo’lga olmaslik.
6. Qalin devorli shisha idish, o’lchov idishi va hovonchalarni alangada qizdirish.
7. Ichida suyuqligi bor bo’lgan probirkani chayqayotganda uni barmoq bilan bekitish.

Birinchi yordam ko’rsatish choralari.


1.Agar teriga konsentratlangan kislota sachrasa, darhol tananing jarohatlangan qismi kuchli toza suv bilan 3-4 minut davomida yuviladi. Agar shikastlanish darajasi kuchli bo’lsa, tezda shifokorga murojaat qilish lozim.
2. Agar teriga ishqor to’kilgan bo’lsa, o`sha joyi avval suv bilan teridagi suyuqlik yo`qolguncha yuvilishi kerak. So’ngra zararlangan joyga kaliy permanganatning 3%li eritmasidan shimdirilgan paxta qo`yib bog’lanishi lozim.
3. Agar ko`zga kislota yoki ishqor sachrasa, ko`zni yaxshilab suv bilan yuvib, tezda shifokorga murojaat qilish lozim.
4. Agar terini issiq narsalar tegib kuydirsa, shu joyga kaliy permanganatning 3%li eritmasi bilan yuvilib, unga maxsus surtma moy surtish kerak.

Fizika laboratoriyasi ishi uchun texnika xavfsizligi qoidalari bo`yicha yo`riqnoma.


Laboratoriya ishini bajarishda qo`yidagilarga e`tibor berish lozim.


1.Laboratoriya ishlarini bajarish vaqtida elektr tokining hayot uchun xavfli ekanligini yodingizda tuting va ehtiyot bo`ling.


2. Tok manbai va ulash simlarida tokning mavjudligini indicator, vol`tmetr yoki sinash lampalari yordamida tekshirish.
3. Zanjir yig`ishda foydalanayotgan simning izolyasiyasiga ishonchingiz komil bo`lishi kerak.
4. Ishning to`la zanjirini yig`ib bo`lgandan keyin u faqat laboratoriya darsini olib boruvchi o`qituvchini ruxsati bilangina manbaga ulanadi va ulash ishlari bajariladi.
5. O`lchayotganingizda biror elektr asbobining buzilgani yoki noto`g`ri ishlayotganini ko`rsatayotganini sezsangiz darhol zanjirli manbadan ajratib laboratoriya mashg`uloti olib borayotgan rahbaringizga ayting.
6. Har qanday laboratoriya ishini bajarib bo`lganingizdan keyin zanjirni manbadan ajratilganligiga ishonch hosil qiling va so`ngra zanjir qismlarini ajratishga kirishing.
7. Laboratoriya ishi davomida sinish mumkin bo`lgan idishlardan ehtiyot bo`lib foydalaning.
8. isitish asboblari va qaynagan suvdan ehtiyotkorlik bilan foydalaning.
9. Xavfli asboblardan o`qituvchi nazorati ostida foydalanishni esingizdan chiqarmang.
10. Intensiv ultrabinafsha nurlanish inson ko`ziga zararli ta`sir qilishini unutmang.
11. Simobli lampalardan foydalanish vaqtida qat`iy qoidalarga rioya qiling.
12. Bu laboratoriya ishlari bajarishda qora ko`zoynak taqish shart.
13. Agar biror sababga ko`ra simob lampasi sinib qolsa, u holda darrov o`qituvchi yoki laborantga murojaat qiling.
14. Radioaktiv modda bilan ishlayotganda ham xavfsizlik qoidalariga rioya qiling.
15.Ba`zi tajribalarni o`zingiz bajarishga harakat qiling.
16.Inson salomatligi uchun zararli bo`lgan vositalar bilan ishlashda albatta o`qituvchi yoki laborant nazorat qilib turishi kerakligini yodingizda saqlang.
17. Laboratoriya ishlarini maxsus jihozlangan xonalarda bajaring.
18. Laboratoriya xonasida birinchi yordam ko`rsatish imkonini beruvchi tibbiyot aptechkasi bo`lishi lozim.

O’quvchilarning vazifalari.


1.Texnika xavfsizligi qoidalariga qatiy rioya qilishlari shart.


2. Faqat o`qituvchi tomonidan topshirilgan ishni bajarilishi va bu texnologik karta asosida yoki ko`rsatilgan usullar bilan olib borilishi shart.
3. Maxsus ish kiyimida ishlash, kiyim bejirim bo`lishi, yeng shimarilgan, tugmalar qadalgan, qizlarning sochlari ro`mol ostiga olingan bo`lishi lozim.
4. Ishdan so`ng ish joyini yig`ishtirib, tozalab tartibga solish kerak.

O’quv ustaxonalarida amaliy mashg`ulotlar o`tkazishda rioya qilinadiigan texnika xavfsizligi qoidalari.


Texnologiya o`qituvchisining vazifalari.





  1. Sistemali ravishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tushuntirib borish kerak. Xususan yangi ish topishdan oldin ishni bajarishda uning buzilishiga olib keladigan sabablarni ta`kidlab uqtirish kerak.

  2. O`quvchilar daslabki xavfsizlik texnikasi qoidalariga oid instruktajni uqmaguncha va tegishli qoidalar o`rganilmaguncha ularni amaliy ishga qo`ymaslik kerak.

  3. Dastgohlarning, stanoklarning, asbob va moslamalarning ishga yaroqliligini nazorat qilib turish kerak.

  4. Ish o`rinlarining tartibli va toza tutilishini, ustaxonaning yoritilishi, isitilishi, shamollatilishini nazorat qilish kerak.

  5. Mashg`ulot paytida o`quvchilarning xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat`iy amal qilishlarini kuzatib borish kerak.

  6. Aptechka qutisidagi dori-darmonlarning iste`mol qilinishiga qarab, to`ldirib borishi, birinchi yordam uchun zarur bo`lgan narsalarning hamma vaqt taxt ekanligini nazorat qilib borishi kerak.

O`quvchilarning vazifalari.
1.Xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat`iy rioya qilishlari shart.
Qoidalarning sistematik ravishda buzilishi ro`y bergan vaqtda ular o`quv ustaxonalarida ishlash huquqidan mahrum qiladi.
2. Faqat o`qituvchi tomonidan topshirilgan ishni bajarish va bu ishni texnologik karta asosida yoki ko`rsatilgan usullar bilan olib borish kerak.
3.Maxsus ish kiyimida ishlash, kiyim bejirim bo`lishi, yeng shimarilgan, tugmalar qadalgan, qizlarning sochlari ro`mol ostiga olingan bo`lishi kerak.
4. Ishdan so’ng ish joyini yig`ishtirib, tozalab, tartibga solish kerak.

Kompyuter va org texnikalarda ishlovchilar uchun mehnat muhofazasi bo`yicha yo`riqnoma.


Xavfsizlikning umumiy talablari.



  1. Kompyuter va org texnikalarda doimiy ish olib boorish uchun Yoshi 18 dan kam bo`lmagan, ishni xavfsiz olib boorish usullari bo`yicha o`quv dasturini o`tagan mehnat muhofazasi bo`yicha va ishni boshlash oldidan yo`riqnoma olgan, tibbiy ko`rikdan o`tgan shaxslar jalb etiladi.

  2. Kompyuter va org texnikalari vaqtincha ish olib boriladigan shaxslarga ham mehnat muhofazasi yo`riqnomalari beriladi.

  3. Kompyuter va org texnikalari bilan doimiy ishlashga jalb etilgan shaxslar ishga kirish oldidan va keyinchalik bir yilda bir marta tibbiy ko`rikdan o`tib turishlari shart.

  4. Kompyuter va org texnikalari bilan ish olib boorish va har bir kishiga talab qilinadigan xona maydoni 6.0 m kvadratdan kam bo`lmasligi talab etiladi.

  5. Kompyuter va org texnikalarda ishlashga begona kishilarga ishlashga ruxsat berilmaydi.

  6. Uskuna ishlashida sezilgan barcha nosozliklar haqida darhol uning xavfsiz ishlashi uchun javobgar shaxsga xabar beriladi.

  7. O`zini yomon his qilgan shaxslarning uskuna bilan ishlashi ruxsat etilmaydi.

  8. Yorug`lik manbai yetarsiz bo’lganda ishlashga ruxsat etilmaydi.

  9. Yong`in sodir bo`lganda kompyuter va org texnikalarida o`t o`chiruvchi suyuqligi bilan yong`inni o`chirish man etiladi.

  10. Kompyuter va org texnikalarini tokka qo`shilgan holda nazoratsiz qoldirmaslik.

  11. Printerdan foydalanish tokdan ajratilgan holda printerni kompyuter va protsessorga to`g`ri ulangandan keyin elektr tokiga ulansin.

Ish boshlash oldidan xavfsizlik talablari.



  1. Ish boshlashdan oldin yumshoq quruq latta bilan kompyuter va org texnikalarni tozalab ulardan foydalanish kerak.

  2. Ish joyini yig`ishtirish halaqit beradigan buyumlardan xoli qilish.

  3. Elektor uskunasini “Yer qisqa tutashuvi” ning ishonchligini tekshirib ko`rish.

  4. Elektor uskunasi (kompyuter va org texnikalari) ni elektr manbaiga ulash tartibi quyidagi sxema asosida amalga oshiriladigan protsessor, monitor, printer.

Ishni tugatishda xavfsizlik talablari.


1.Kompyuter va org texnikalarini elektr manbaidan ajratiladi.
Download 23,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish