Statistik jamlash to’G’risida tushuncha va uning vazifalari



Download 43,16 Kb.
Sana06.04.2023
Hajmi43,16 Kb.
#925357
Bog'liq
statistika


Statistik jamlash va guruhlash
Reja:

  1. Statistik jamlash

  2. Statistik guruhlash mohiyati va ahamiyati

  3. Statistik guruhlash turlari


STATISTIK JAMLASH TO’G’RISIDA TUSHUNCHA VA UNING VAZIFALARI


Statistik jamlash (svodkalash) deganda har kuni radio va televizorda beriladigan axboroti tushunmaslik kerak. Axborot ma’lum bir ishning bajarilishi to'g'risidagi operativ ma’lumotdir. Statistik svodkalash deganda to'plangan ma’lumotlarni ilmiy tekshirishdan ko'zlangan maqsad va vazifalar nuqtayi-nazaridan qayta ishlash tushuniladi. Statistik jamlash hisoblash texnologiyasiga qarab oddiy va murakkab, tashkil qilinishiga qarab esa markazlashgan va markazlashmagan jamlashlarga bo'linadi.
Statistik jamlash bir qancha bosqichlarda amalga oshiriladi va quyidagi elementlarni o'z ichiga oladi:
1. To'plangan ma’lumotlami qayta ishlash rejasi va dasturi tuziladi.
2. To'plam birliklari o'rganilayotgan belgi bo'yicha guruhlarga ajratiladi.
3. Har bir guruh va umumiy to'plam bo'yicha jamlar chiqariladi.
4. Natijalar statistik jadvallarga joylashtiriladi va grafiklarda tasvirlanadi.

Statistikada guruhlash deb o’rganilayotgan hodisalarni (ob’ektlarni, birliklarni) muhim belgilariga asoslanib turdosh (sifatdosh) guruhlarga (to’plamlarga) birlashtirish yuritiladi. Masalan, aktsioner kompaniyalarni dividend to’lash darajasiga qarab guruhlarga ajratish. Agarda to’plangan ma’lumotlarni jamg’arib umumiyko’rsatkichlar olish bilan chegaralansak, u holda ular turli statistik to’plamlarga tegishli bo’lishi mumkin, natijada ularning tuzilishi va xususiyatlarini aniqlay olmaymiz. Guruhlashning ahamiyati shundaki, u ma’lumotlarni umumlashtirish va tasavvur qilish uchun ixcham, yaqqol shaklda taqdim etishni ta’minlaydi. Bundan tashqari, guruhlash ma’lumotlarga turli jihatdan ishlov berish va tahlil qilish uchun asos yaratadi. Buning uchun guruhlarni bunyod etish belgisi yoki belgilarini tanlash, tuziladigan guruhlar soni va ularning chegaralarini aniqlash ilmiy tartib-qoidalarga tayanishi kerak. Statistika bunday ilmiy printsiplarni yaratgan, ular ichida eng asosiylari quyidagilardan iborat Guruhlash belgilari qilib ko’zlangan maqsad va vazifalar nuqtai nazaridan muhim belgilar ya’ni o’rganilayotgan hodisalarning tub bog’lanishlarini ifodalovchi belgilar olinishi kerak. SHu bilan birga guruhlashni konkret sharoitga moslashtirish, ya’ni sharoit o’zgarishiga qarab guruhlashni tuslantirib, uning belgilarini o’zgartirish - bir sharoitda guruhlarni bir belgi asosida tuzib, ikkinchi sharoitda boshqa unga mos keladigan belgilarga tayanish zarur.

Statistik kuzatishdan olingan tarqoq ma’lumotlar har bir hodisa va jarayonlarni ifodalaydi. Kuzatish to‘plamdagi hodisa va jarayonlarning muhim tamonlarini, o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish uchun ularni muxim belgilariga qarab guruhlarga ajratish lozim.
Demak, statistik guruhlash deb hodisa va jarayonlarni har tamonlama, chuqur o‘rganish uchun kuzatish to‘plami ma’lumotlarini muxim belgilariga qarab guruhlarga ajratishdir.
Masalan korxonalarni mulkchilik asosiga ko‘ra davlat, jamoa, aksiyadorlik, qo‘shma, xususiy; korxonalar guruhlarga kattaligiga qarab (kichik, o‘rta va yirik); samaradorlik darajasiga qarab (yaxshi, o‘rta va qoloq) guruhlarga ajratish mumkin.

Ma’lumotlarni guruhlashda eng avvalo guruhlash belgisi va oralig‘i aniqlab olinadi. Guruhlash belgisi deyilganda guruhlash uchun asos qilib olingan belgi tushuniladi. Guruhlash uchun asos qilib kuzatish oldiga maqsad va vazifa qilib qo‘yilgan hodisa va jarayonlarning mohiyatini to‘liq ifodalab beruvchi, zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar mazmunini yoritib bera oladigan belgilar olinadi.

Guruhlash belgilari ifodalanishiga qarab, miqdoriy va sifat (atributiv) belgilar bo‘lishi mumkin.
Miqdoriy belgilar – bu son bilan ifodalanuvchi belgilardir. Sifat belgisi - o‘rganilayotgan ijtimoiy - iqtisodiy xodisalar son jihatdan ifodalash mumkin bo‘lmagan faqat mazmun yoki sifat jihatdan bir-biridan farq qiluvchi belgilarga aytiladi. Masalan aholining millati, jinsi, kasbini ifodalovchi belgilar - sifat belgilaridir.

Alternativ belgi – ikki qarama-qarshi, biri-birini taqozo qilmaydigan belgilardir.

Hodisa va jarayonlarning o‘zaro bog‘lanishini aniqlashda omil belgi va natijaviy belgini farqlash lozim. Omil belgi hodisa va jarayonlar o‘zgarishiga ta’sir etuvchi belgidir. Natijaviy belgi - hodisa va jarayonlarning o‘zgargan holatini ifodalaydi. Omilli belgi asosida tuzilgan guruhlashda hodisa vа mahsulot tannarxi o‘rtasidagi bog‘lanish - teskari bog‘lanishga misoldir. Chunki mehnat unumdorligi (omil belgi) o‘sishi bilan mahsulot tannarxi (natijaviy belgi) pasayib boradi.
Statistik ma’lumotlar bir belgi yoki maqsadga muvofiq bir nechta belgilar asosida guruhlanishi mumkin. Ikki va undan ortiq belgilari bo‘yicha guruhlashlar kombinatsion (aralash) guruhlashlar deyiladi.
Statistik ma’lumotlarni guruhlashda dastlab guruhlash oralig‘ini aniqlab olish lozim. Guruhlash teng oraliqli va tengsiz oraliqli bo‘lishi mumkin. Bu kuzatilgan hodisa va jarayonlar mohiyatidan, guruh soni va belgi xususiyatlariga bog‘liq.

Teng oraliq deyilganda barcha guruhlar uchun bir xil oraliq miqdori tushuniladi va u quyidagicha aniqlanadi.

Statistik kuzatish natijasida o‘rganilayotgan xodisalarning har biri to‘g‘risida juda ko‘p ma’lumotlar to‘planadi. Lekin bu ma’lumotlar biror belgi bo‘yicha tartibga keltirilmaganligi sababli hodisalar to‘g‘risida umumiy xulosalar qilishga imkon bermaydi. Shuning uchun navbatdagi vazifa ma’lumotlarni jamlash, bir tizimga keltirish va qayta ishlashdir. Bu bosqich har qanday statistik tadqiqotning ikkinchi bosqichi bo‘lib, statistik kuzatish ma’lumotlarini jamlash va guruhlash deb yuritiladi.
Statistikada jamlash tor va keng ma’noda tushiniladi. Tor ma’noda jamlash deganda kuzatishdan olingan ma’lumotlarni biror belgisiga qarab guruhlamasdan, to‘plamning umumiy yig‘indisini (yakunini) hisoblanish tushuniladi. Masalan, Respublika bo‘yicha terilgan paxtaning umumiy miqdori, o‘rilgan g‘alla maydoni, institut bo‘yicha o‘qiydigan barcha talabalar soni va hokazo.

Kuzatish ma’lumotlarini maxsus dastur asosida muhim belgilariga qarab guruhlarga ajratib o‘rganish keng ma’noda jamlashdir. Bunda eng avallo, to’plam ma’lumotlari kuzatish maqsadidan kelib chiqib, guruhlarga ajratiladi, keyinchalik har bir guruh bo’yicha umumiy yig’indilar hisoblanadi. Keng ma’nodagi jamlashda to’plam bo’yicha olingan ma’lumotlar tuzilgan jadvallarda ko’rsatiladi. Masalan, terilgan paxtani qo‘lda va mashinada terilgan guruhlarga ajratish, talabalarni kurslarga, mutaxassisliklarga, kunduzgi va sirtqi belgilari bo‘yicha guruhlarga ajratib o‘rganish.

Ma’lumotlarni jamlash-tashkil etilishiga qarab markazlashgan va markazlashmagan jamlashlarga bo‘linadi. Markazlashgan jamlashda kuzatishdan olingan barcha ma’lumotlar bir joyda to‘planadi, hamda qo‘yilgan maqsad va vazifaga qarab guruhlanadi va qayta ishlanadi.
Markazlashmagan jamlashda boshlang‘ich kuzatish ma’lumotlari dastlab joylarda (tuman, viloyat) statistika organlarida qayta ishlanadi, keyinchalik markazga - Davlat statistika organlariga yuboriladi. Har ikkala usulning ham salbiy va ijobiy tamonlari mavjud. Ma’lumotlarni markazlashtirilgan tarzda qayta ishlanganda, hozirgi yuqori unumli texnikadan samarali foydalanish, hamda yagona uslubiy yandoshishga imkon yaratadi, lekin mahalliy, xududiy ko‘rsatkichlarni hisoblash cheklanadi, kuzatish ma’lumotlarini taqqoslash, tekshirish uchun qiyinchilik tug‘uladi.

Markazlashtirilmagan jamlashda kuzatish xatolarini to‘g‘rilash yengillashadi, xududiy ko‘rsatkichlar hisoblanadi, lekin kuzatish materiallari tarqoq holda bo‘ladi.

Amaliyotda kuzatishning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, har ikkala usuldagi jamlash qo‘llanadi.

Kuzatish ma’lumotlarini to‘plash va qayta ishlash qo‘lda yoki mashinada bajarilishi mumkin. Qo‘lda uncha katta bo‘lmagan kuzatish to‘plam ma’lumotlari yig‘iladi va qayta ishlanadi. Jamlash qo‘lda bajarilganda ko‘p mehnat va vaqt sarflanadi.

Ma’lumotlarni yig‘ish va jamlash mashinada bajarilganda qisqa vaqt va kam mehnat sarflanadi. Hozirgi sharoitda Respublikamizda barcha statistika organlari mikro EHMlar bilan ta’minlangan va statistik ishlar zamonaviy kompyuterlar yordamida olib boriladi.

O'rganilayotgan hodisa bo'yicha statistik kuzatish o'tkazish natijasida u haqida ko'pdan-ko'p va turIi-tuman targoq ma'lumotlar to'planadi. Bu ma'lumotlar asosida hali hech qanday fikr yuritib bo'lmaydi, chunki ular tarqoq va har xildir. Shuning uchun ham navbatdagi vazifa to'plangan ma'lumotlarni bir tizirnga keltirish, tartibga solish, umumlashtirishdan iboratdir. Bu rnuamrno statistikada jamlash (svodkalash) metodini qo'llash bilan hal etiladi. lamlashdan statistik tekshirishning ikkinchi bosqichi boshlanadi.

Statistik svodkalash deganda to'plangan ma'lumotlarni ilmiy tekshirishdan ko' zlangan maqsad va vazifalar nuqtayi-nazaridan qayta ishlash tushuniladi.

Svodkalash oldindan tuzilgan va tasdiqlangan dastur hamda reja asosida amalga oshiriladi. Dasturda ayrim belgilar bo`yicha ajratilishi lozim bo`lgan guruhlar ro`yxati, shu guruhlar uchun hisoblanadigan ko`rsatkichlar tizimi, qaysi hudud chegarasida va ma`muriy tomondan tobelik jihatidan materiallarni svodkalash lozimligi kabi masalalar echiladi. Svodkalash rejasida esa kim va qanday tartibda svodkalashning bajarilishi, uning natijlarini qanday rasmiylashtirish va matbuotda ma`lumotlarning qaysi qismini nashr etish kabi tashkiliy masalalar yoritiladi.

Svodkalash oddiy va murakkab svodkalashlarga bo`linadi.

Oddiy svodkalash deganda olingan ma`lumotlarni guruhlarga bo`lmasdan to`plam bo`yicha umumiy yakunlarni chiqarish tushuniladi. Masalan, institutda ta`lim olayotgan jami talabalarning sonini hisoblash uchun kunduzgi, kechki va sirtqi fakul’tetlardagi talabalar sonini qo`shib chiqishning o`zi kifoya. Shuning o`zi oddiy svodkalash bo`ladi. Murakkab svodkalash deyilganda ma`lumotlarni dasturda ko`zda tutilgan belgilar asosida ayrim guruhlarga bo`lib o`rganish tushuniladi. Jami talabalarni kurslarga va mutaxassisliklarga bo`lib o`rganish bunga misol bo`la oladi.

Svodkalash tashkil qilinishiga qarab: markazlashgan va markazlashmagan svodkalashlarga bo`linadi. Markazlashgan svodkalashda boshlang’ich ma`lumotlar bir yoki bir necha statistika boshqarmalarida to`planadi va o`sha era ko`zlangan maqsad va vazifalar nuqtai nazaridan qayta ishlanadi

Markazlashmagan svodkalashda boshlang’ich ma`lumotlar dastlab mahalliy (tuman, viloyat) statistika tashkilotlarida qayta ishlanadi, so`ngra davlat akroiqtisodiyot va statistika vazirligiga yuboriladi. Bunday svodkalashda statistik kuzatish materiallarini tekshirish va tegishli tuzatishlarni kiritish engillashadi, hududiy ko`rsatkichlarni hisoblash imkoniyati tug’iladi. Ammo markazlashmagan svodkalash ma`lumotlarning tarqoqlanishiga olib keladi. SHuning uchun ham statistika amaliyotida har ikkala ko`rinishdagi svodkalash uyg’unlashgan tarzda amalga oshiriladi.

Qayta ishlash texnikasiga qarab svodkalash qo`lda yoki mexanizatsiyalashgan usulda mashinada bajarilishi mumkin.

Mexanizatsiyalashgan usulda kam mehnat sarflanadi va svodkalash arzonga tushadi, uni bajarish muddati qisqaradi va olingan natijalarning aniqligi oshadi. Hozirgi kunda ko`pgina statistika tashkilotlari zamonaviy mikro sxemalar, va zamonaviy komp’yuterlar bilan ta`minlangan.

Keng ma`noda svodkalash deyilganda to`plangan boshlang’ich ma`lumotlarni ilmiy tekshirishda ko`zlangan maqsad va vazifalar nuqtai nazaridan qayta ishlanishi tushuniladi. Bu holda svodkalash:


  • ma`lumotlarni guruhlash;

  • tipik guruhlar va guruhchalarni tavsiflovchi ko`rsatkichlar tizimini ishlab chiqish;

  • har bir guruh va guruhlar bo`yicha umumiy yakunlarni chiqarish;

  • guruhlash natijalarini statistik jadvallarga joylashtirish va ularni grafiklarda tasvirlash kabi bosqichlarni o`z ichiga oladi.

Guruhlash metodi: mohiyati, ahamiyati va turlari


Statistik kuzatish ma'lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilishning
keng tarqalgan metodlaridan biri guruhlashdir.

Statistik guruhlash deb ijtimoiy hodisa va jarayonlarni chuqur va har tomonlama o`rganish maqsadida eng muhim, xarakterli belgilar bo`yicha bir xil guruh va guruhchalarga ajratib o`rganishga aytiladi. Guruhlash o`rganilayotgan hodisaning xarakterli xususiyatini, undagi qonuniyatni aniqlashga imkon beradi. Ana shu tomoni bilan u ilmiy svodkalashning asosiy unsuri bo`lib hisoblanadi.


Arastu jamiyatdagi kishilarni 3 tabaqaga bo`ladi: 1) eng boy tabaqa; 2) o`rtacha boy tabaqa; 3) eng kambag’al tabaqa. Bulardan eng boy va o`rtacha tabaqalar go`zal fazilatlarga ega bo`lib, kambag’al kishilarda bu axloqiy fazilatlar yo`qdir, deb xulosa qiladi.
Guruhlash usuli ommaviy to`plamlarda miqdor o`zgarishlaridan sifat o`zgarishlariga o`tish jarayonini aniqlash maqsadida juda keng qo`llaniladi. Masalan, korxonalarni:

  • samaradorlik darajasi bo`yicha quyidagi uch guruhga:

  • ilg’or;

  • o`rta;

  • qoloq;

  • katta-kichikligiga qarab:

  • yirik;

  • kichik;

  • mulkchilik shakliga qarab:

  • davlat; jamoa;

  • xususiy kabi guruhlarga bo`lish mumkin.

  • Murakkab hodisalarni o`rganishda kombinatsion guruhlash usuli juda keng qo`llaniladi.

  • Guruhlash usuli yordamida bir-biri bilan bog’liq bo`lgan quyidagi uch turdagi vazifa echiladi:

  • hodisalar ijtimoiy-iqtisodiy tiplarga ajratiladi;

  • ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar tuzilmasi o`rganiladi;

  • hodisalar o`rtasidagi bog’lanish aniqlanadi.

Har qanday guruhlashni amalga oshirish uchun dastlab guruhlash belgisi va oralig’i aniqlab olinadi. Agar bular noto`g’ri belgilab olingan bo`lsa, u holda guruhlash ham siyosiy, ham iqtisodiy, ham ijtimoiy hayotni bo`yab ko`rsatuvchi natijalarni beradi.

Miqdoriy belgi bo’yicha guruhlashni tuzish printsiplari

Ayrim guruhlarni ta’riflovchi ko’rsatkichlar tipik va barqaror bo’lishi uchun ularga mansubli birliklar soni yetarli miqdorda bo’lishi kerak.

Ayrim guruhlar uchun hisoblanadigan umumiy ko’rsatkichlar tipik va barqaror bo’lishini ta’minlash uchun har bir guruhga tegishli birliklar soni yetarli miqdorda (5 birlikdan kam bo’lmasligi) bo’lishi kerak, chunki bu holda umumiy ko’rsatkichlarda tasodifiy kuchlar ta’siri o’zaro qirqiladi va qonuniyat, tipik jihat yaxshiroq namoyon bo’ladi.

Guruhlar soni ko’p - variantli yechim asosida belgilanishi kerak.

Guruhlar sonini to’g’ri belgilash guruhlash samarali bo’lishi uchun muhim garovdir. Bu masalani ko’pvariantlik qoidaga tayanib yechish eng yaxshi yo’l hisoblanadi.

Ayrim darsliklarda1[4] guruhlar sonini G.A. Sterjess formulasi va G. Bruks hamda N. Karuzers formulasi Kq5lgN (bu yerda: lg - o’nlik logarifm, ln - natural logarifm, N-berilgan to’plam birliklar soni, K - guruhlar soni) yordamida aniqlash tavsiya etilgan. Ammo bu formulalar variatsion qatorlarni tuzish uchun mo’ljallangan bo’lib, ulardan to’plam birliklar soni 100 dan ko’proq N>100 va guruhlash bir belgi asosida tuzilganda foydalanish mumkin. Formulalardan foydalanish uchun yana bir shart- ayrim birliklarda guruhlash belgisi bir ohangli o’zgaruvchan qiymatlarga ega bo’lishi kerak.

Guruhlar oralig’ining chegarasi - bu ayrim guruhlarga tegishli birliklar sonini to’g’-ri aniqlash garovidir.

Guruhlar oralig’ining chegarasi masalasiga kelsak, uni ikki shaklda yechish mumkin: biri - hamma guruhlar uchun oraliqni teng miqdorda belgilash, ikkinchisi - uni tengmas shaklda, ko’payib yoki ozayib keluvchi miqdorlarda ifodalash. Birinchi holda guruh oralig’i quyidagi formula yordamida aniqlanadi:

Bu yerda: Xmax - guruhlash belgisining eng katta qiymati;
Xmin -uning eng kichik qiymati, K-tuziladigan guruhlar soni.
Guruhlar oralig’i teng bo’lmagan shaklda belgilanayotganda ularni teng miqdorda birliklar bilan to’ldiri

Guruhlash turlari


Guruhlash statistik bog’lanishlar va qonuniyatlarni aniqlash, o’rganilayotgan to’plamning tuzilishini o’rganish va xo’jaliklarning sotsial-iqtisodiy tiplarini tasvirlash maqsadida bajariladi. Uning har xil turlari va shakllari mavjud.

Guruhlash maqsad va vazifalariga qarab uch turga bo’linadi:



  1. tipologik;

  2. analitik;

  3. tuzilmaviy guruhlash.

Tipologik guruhlash deganda, o’rganilayotgan hodisalar to’plamini sotsial-iqtisodiy tiplarga taqsimlash tushuniladi. Tip so’zi quyidagi lug’aviy mazmunga ega: 1) bir turdagi narsa uchun umumiy bo’lgan namuna; 2) biologik hayvon va o’simliklar sistematikasidagi o’zaro o’xshash sinflarni birlashtiradigan oliy bo’linma 3) bir qator ichki yoki tashqi belgilar yagonaviyligi asosida birlashgan kishilar kategoriyasi.

Sotsial iqtisodiy tip jamiyatda iqtisodiyotda bajaradigan funktsiyalar va tutgan o’rinning umumiyligi bilan belgi-lanadi

Sotsial-iqtisodiy tip deganda jamiyatda, iqtisodiyotda bajaradigan funktsiyalari va tutgan o’rni umumiyligiga asoslangan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, shaxslar, qandaydir narsalar (ishlab chiqarish vositasi, ishlovchi kuch va h.k.) kategoriyasi, to’plami tushuniladi.

Tuzilmaviy guruh-lash - bu bir belgi asosida to’plam tizilishini tas-virlovchi taqsimot qatori-dir.

Tuzilmaviy guruhlash odatda ma’lum bir belgiga qarab to’plam tuzilishini ta’riflaydi. Buning uchun dastlab bir belgi asosida taqsimot qatori tuziladi, so’ngra har qaysi guruh uchun tuzilmani ta’riflovchi to’plama ko’rsatkichlar, masalan guruhlash belgisining guruhlardagi yig’ma hajmi va u bilan yaqindan bog’liq bo’lgan belgilar to’plama miqdorlari hisoblanadi va nihoyat ularga asoslanib ayrim guruhlarning umumiy to’plamdagi hissalari aniqlanadi.

Tuzilmaviy guruhlash taqsimot qatorlari bilan umumiylikka ega, ammo ulardan qator jihatlari bilan farq qiladi.

Tuzilmaviy guruhlashlar bilan taqsimot qatorlari bir biriga o’xshashib ketadi, ammo ular vazifalari va tuzilish jihatidan bir biridan farq qiladi. Tuzilmaviy guruhlashda ko’zlangan maqsad - to’plam tuzilishini o’rganish. Buning uchun har bir tuzilma bir to’da ko’rsatkichlar yordamida tavsiflanishi kerak, bu holda uning turli jihatlari oydinlashadi. Taqsimot qatorlari esa statistik to’plam tuzilmaviy xususiyatlarini va qonuniyatlarini aniqlash uchun xizmat qiladi.


Tuzilmaviy guruhlashlar tizilishidagi o’zgarishlarni dinamika va fazo jihatidan statistik o’rganish va miqdoriy baholash imkonini beradi. Buning uchun ikki usuldan foydalanish mumkin: biri - har bir to’plamning ichidagi farqlarni miqdoriy baholashga asoslanadi, ikkinchisi esa - to’plamlar tuzilishi orasidagi farqlarni baholashga tayanadi.
Birinchi holda har bir to’plam ichki tuzilmaviy farqlari ularning o’rtacha absolyut qiymati va o’rtacha kvadratik qiymati hamda ularning koeffitsiyentlari yordamida baholanadi. Agarda ayrim guruhlar uchun o’rganilayotgan ko’rsatkich mi bo’lsa, ularning to’plamdagi salmog’i (ulushi, qismi)
u holda: o’rtacha absolyut salmoqlar farqi
(ishorasi hisobga olinmaydi)
uning koeffitsiyenti
salmoqlarning o’rtacha kvadratik farqi
va uning koeffitsiyenti.
Bu ko’rsatkichlar to’plamlar tuzilishini dinamika yoki fazo jihatdan qiyosiy tahlil qilish uchun hisoblanadi.
Ikkinchi holda ikki qiyoslanayotgan to’plamlar tuzilishini ifodalovchi tuzilma salmoqlari (di) orasidagi farqlar asosida hisoblanadigan o’rtacha arifmetik va o’rtacha kvadratik farqlar qiymati va ularning koeffitsiyentlaridan miqdoriy baholash ko’rsatkichlari tashkil topgan.
Bu yerda: di1 -joriy davrdagi (yoki taqqoslanuvchi) to’plam guruhlari (tuzilma) ning salmoqlari
di0-o’tgan davrdagi (yoki taqqoslovchi) to’plam guruhlarining salmoqlari
Q - ikki to’plam tuzilishidagi farqlarning o’rtacha absolyut qiymati (ishorasi inobatga olinmaydi)
S-ikki to’plam tuzilishidagi farqlarning o’rtacha kvadratik qiymati
K - o’rtacha absolyut farqlar darajasi
KS - o’rtacha kvadratik farqlar darajasi.

Analitik guruhlash - bu belgilar orasidagi o’zaro bog’lanishlarni tasvirlovchi guruh-lashdir.

Analitik guruhlash deb ikki va undan ortiq belgilar orasidagi o’zaro bog’lanishlarni ta’riflovchi guruhlash ataladi.

Analitik guruhlashda ikki toifadagi belgilar ishtirok etadi: biri - omil belgilar, ikkinchisi - natijaviy belgilar. Natijaviy belgi deb boshqa belgilar ta’siri ostida o’zgarayotgan belgi ataladi, omil belgi esa unga ta’sir etayotgan, uni o’zgarishiga sabab bo’layotgan belgi yoki belgilardir.

Analitik guruhlash odatda omil belgi yoki belgilar asosida tuziladi, har qaysi guruh esa natijaviy belgilar bilan ta’riflanadi.

Oddiy yoki bir o’lchamli guruhlash bir belgi asosida, murakkab yoki ko’p o’lchamli guruhlash ikki va undan ortiq belgilar asosida tuzi-ladi.

Guruhlash bir yoki bir necha belgilar asosida tuzilishi mumkin. Bir belgi asosida tuzilgan guruhlash oddiy yoki bir o’lchamli, ikki va undan ortiq belgilar asosida qurilgan guruhlash murakkab yoki ko’p o’lchamli guruhlash deb ataladi. Bir omil belgi asosida tuzilgan analitik guruhlash o’rganilayotgan omil bilan natijaviy belgi orasidagi bog’lanishni aks ettirsa ham, ammo bu bog’lanish sof holda yuzaga chiqmaydi, chunki omilning o’zi boshqa omillar ta’siri ostida shakllanadi va shu sababli natijaviy belgi o’zgaruvchanligi bevosita o’rganilayotgan omil ta’siridan tashqari yana yot «shovqun» ga ham bog’liqdir.

Adabiyotlar:

N.M.Soatov, X.Nabiev, D.Nabiev, G.N.Tillaxo’jaeva. Statistika. Darslik. – T.: TDIU, 2009. – 568 bet.

X.Nabiyev, D.X.Nabiyev. Iqtisodiy statistika. Darslik. – T.: Aloqachi, 2009. 512 bet.

Statistika: Uchebnik. / N.Umarov A. Abdullaev. R. Zulinova T-2009.

Qishloq va suv xo’jaligi statistikasi. S. Ochilov. SH. Ergasheva T-2008

Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasi. A.X. Ayubjonov T-2004

Makroiqtisodiy statistika YO. Abdullaev T-1998

A.X.SHoalimov, SH.A.Tojiboyeva. Iqtisodiy taxlil nazariyasi.Toshkent “Iqtisodiyot” 2012y.

SHodiyev va boshqalar. Statistika bo’yicha praktikum. Toshkent “Tafakkur bo’stoni” 2012y.



A.X.Ayubjonov, B.X.Mamatqulov, S.N.Sayfullaev.”Statistika fanidan amaliy mashg’ulotlar o’tkazish uchun o’quv qo’llanma. Toshkent. “Iqtisodiyot-2012
Download 43,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish