Kimyo” kafedrasi mudiri dots. H. T. Avezovga 5140500 – Kimyo ta’lim yo’nalishi 1-kim-18 guruhi talabasi Mo’minov Murodjon nomidan



Download 0,8 Mb.
bet6/15
Sana17.06.2021
Hajmi0,8 Mb.
#68564
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
marganesning analitik kimyosi muminov murod 2.1kim18

2.1 Marganesning birikmalari.
Marganes o’z birikmalarida 2 valentlidan 7 valentligacha bo’lishi mumkin.Maganesning valentliliga qarab birikmalarining xossalari ham turlicha bo’ladi.Marganes elementi uchun uning beshta oksid hosil qila olishi xarakterlidir. Quyida marganes bilan kislorod birikmalarining xossalari keltirilgan:

MnO - marganes (II) - oksid – asosli oksid:

Mn2O3 - marganes (III) – oksid – asosli oksid:

MnO­2 - marganes (IV) – oksid – amfoter oksid:

(MnO3 ) – marganes (VI) – oksid – kislotali oksid:

Mn2O7 - marganes (VII) – oksid –kislotali oksid:

Demak marganes valentligining ortishi bilan asoslik xossasi kamayib, kislotalik xossalari ortib boradi.

MnO ga muvofiq keladigan Mn2+ ning tuzlari va Mn2O7 ga muvofiq keladigan

HMnO4 tuzlari marganesning ahamiyatli birikmalaridir.

Marganesning yuqori oksidlarini vodorod bilan qaytarish orqali marganes(II) – oksid hosil qilinadi. U suvda erimaydigan va havoda oson oksidlanadigan yashil tusli moddadir.

Tabiatda ikki valentli marganesnini MnS, MnCO3 kabi birikmalari uchraydi. Mn2+ ning tuzlarini hosil qilish uchun odatda MnO2 ga kislotalar ta’sir ettiriladi:

MnO2 + 4HCl = MnCl2 + Cl2 +2H2O

2MnO2 + H2SO4 = MnSO4 + O2 + 2H2O

Marganesning boshqa minerallariga kislotalar ta’sir ettirish yo’li bilan ham Mn2+ tuzlarini hosil qilish mumkin. Reaksiya qizdirish yo’li bilan olib boriladi. Mn2+ tuzlarining ko’pchiligi pushtidir., xlorid nitrat va sulfatlari suvda yaxshi eriydi.

Mn2+ tuzlariga ishqorlar ta’siridan oq cho’kma marganes(II)-gidroksid hosil bo’ladi:

Mn(NO3)2 + 2NaOH = Mn(OH)2 + 2NaNO3

Mn(OH)2 suv ishtirokida havo kislorodi bilan oksidlanib, Mn(OH)4 ga aylanadi.

2Mn(OH)2 + O2+H2O = 2Mn(OH)4



2.rasm Marganes(II) oksidi strukturasi.

MnO2ni 800C gacha qizdirish yo’li bilan uch valentli Mn oksidi Mn2O3ni hosil qilish mumkin.

4MnO2 = 2Mn2O3 +O2

Mn2O3 –qora tusli modda, tabiatda gidrat Mn2O3 *H2O holida uchraydi va manganit deb ataladi. Mn2O3 ga muvofiq keladigan tuzlar beqarordir.Mn(OH)3 – g’oyat kuchsiz asos bo’lib suvda erimaydi.

Marganes (IV)-oksid MnO2 qora tusli modda: bu modda marganesning eng barqaror birikmasi bo’lib, amfoterlik xossalariga ega va kuchli oksidlovchidir.

MnO2 qattiq qizdirilganda (900-10000C dan yuqorida) kislorodning bir qismini yo’qotib, Mn2O3 ga aylanadi: [5]

3MnO2 = Mn3O4 + O2

Buni manganat kislotasining Mn tuzi marganes manganat yoki MnO* Mn2O3 deb qarash mumkin. Qo’ng’ir tusli bu modda tabiatda ham uchraydi va gausmanit deb ataladi.

Marganesning barcha birikmalari ham marganesning o’zi ham MnO2 dan olinadi.MnO2 laboratoriyalarida bertole tuzidan kislorod olishda katalizator sifatida ishlatiladi.MnO2 gugurt sanoatida ishlatiladi.Shisha ishlab chiqarishda shishaning yashil tusini yo’qotish uchun unga MnO2 qo’shiladi.Shisha tarkibida Fe2+ borligidan shisha yashil tusda bo’ladi.MnO2 esa Fe2+ ni oksidlab Fe3+ ga aylantiradi. Fe3+ birikmalari shishaga sarg’ish tus beradi. MnO2 dagi Mn4+ esa Mn2+ ga qadar qaytarilib ko’k tusli Mn2+ silikat hosil qiladi. Fe2+ ning sarg’ish tusi bilan marganes silikatning ko’k tusi bir-birini yo’qotadi va natijada rangsiz shisha hosil bo’ladi. Konsentrlangan ishqoriy muhitda natriy permanganatni sulfitlar yoki yodidlar bilan qaytarish orqali ko’k tusli Na2MnO4 * 10H2O olishga muvofiq bo’lingan:

MnO4 + SO32- +2OH- = MnO43- + SO42- +H2O

MnO2ni Na2O va nitritlar bilan qo’shib qizdirganda ham besh valentli marganes birikmasining hosil bo’lishi kuzatilgan. Olti valentli marganes, manganat kislota tuzlari Me2MnO4 holida mavjud. Manganat kislotasining o'zi ham uning angidridi ham erkin holatda olingan emas.

Manganatlar marganes oksidlarini ishqorlar bilan havo kislorodi yoki boshqa biror oksidlovchi ishtirokida qizdirish natijasida hosil bo’ladi:

4MnO2 + 4KOH + 3O2 = 2K2MnO4 + 2H2O

K2MnO4 ishqoriy muhitda yoki suvda eritilganda yashil tusli eritma beradi. Lekin neytral va kislotali muhitda disproporsiyaga uchraydi.

3K2MnO4 + 2H2O = 2 KMnO4 + 2MnO2 + 4KOH

Kaliy manganat 500 C gacha qizdirilganda kislorod chiqarib parchalanadi. 2K2MnO4 = 2K2MnO4 + O2

Metall manganatlaridan BaMnO4 suvda erimaydigan yashil bo’yoq sifatida ishlatiladi. Na2MnO4 rudalaridagi oltinni chiqarib olishda turli oksidlash prosseslarida qo’llaniladi. Manganatlar oksidlovchilar ta’siridan permanganatlarga o’tadi:

K2MnO4 + Cl2 = KMnO4 +2KCl

Permanganat kislota HMnO4 uning angidridi Mn2O7 kaliy permanganatga konsentrlangan sulfat kislota ta’sir ettirish yo’li bilan hosil qilinadi:

2KMnO4 + H2SO4 = Mn2O7 + K2SO4 + H2O

Permanganat kislota va uning tuzlari. Mn2O7 suvda eriganida permanganat kislota HMnO4 hosil bo’ladi. Permanganat kislota juda kuchli kislota bo’lib faqat suyultirilgan (20% gacha) eritmalarda mavjud.Uning o’zi ham tuzlari ham gunafsha tusli bo’ladi. Permanganat kislota ikki valentli marganes tuzlariga kislotali muhitda PbO2 ta’sir ettirilganda ham hosil bo’ladi.

2Mn(NO3)2 + 6HNO3 +5PbO2 = 5Pb(NO3)2 +2HMnO4 + 2H2O

Olti valentli marganes birikmalari oksidlanganda ham permanganatlar hosil bo’ladi.

2MnO42-+ Cl2 = 2MnO4- + 2Cl-

Texnikada manganatlarning eritmalarini elektroliz qilib permanganatlar olinadi.Kaliy permanganat nihoyatda muxim axamiyatga ega. U suvsiz holatda rombik sistemada kristallanadi. Uning solishtirma og’irligi d=2.7g/sm 20C da 100g suvda 6.3g KMnO4 eriydi: kaliy permanganatni qizdira borilsa u 200C ga yaqin temperaturada parchalanadi:

2KMnO4 = K2MnO4 + MnO2 + O2

KMnO4 bilan BaSO4 va KCeO4 izomorfdir.

Natriy permanganat NaMnO4 * 3H2O tarkibli gidrat hosil qiladi.

U suvda juda yaxshi eriydi va havoda yoyilib ketadi.

Permanganatlar ayniqsa KMnO4 oksidlovchi va dezinfeksiyalovchi vositalar sifatida ishlatiladi. Kaliy permanganat eritmasi analitik kimyoda temir (II) tuzlarini

yodid, nitrit vaxokazolarni aniqlash uchun qo’llaniladi. KMnO4 eritmasi katalizator ishtirokidagina gazsimon vodorodni oksidlaydi.

Kumush permanganat AgMnO4 gazsimon CO ni yutish qobilyatiga ega bo’lganligi sababli niqoblar uchun ishlatiladi. Kaliy permanganat moddalarni kislotali muxitda ham ishqoriy va neytral muxitda ham oksidlay oladi.Agar oksidlash prossesi kislotali muhitda olib borilsa KMnO4 tarkibidagi yeti valentli marganes qaytarilib ikki valentli holatga o’tadi.

Kislotali muhitda MnO4- ioni o’ziga 5ta elektron biriktirib oladi. Oksidlash prossesi ishqoriy muhitda olib borilsa KMnO4 tarkibidagi yetti valentli marganes o’ziga bir elektron biriktirib olib olti valentli marganesga o’tadi.

Neytral va kuchsiz ishqoriy muhitda yetti valentli marganes to’rt valentli marganesga o’tadi. Analitik kimyoda kaliy permanganat bilan oksidlash prosseslarini kislotali muhitda olib borib yaxshi natijalarga erishiladi.

Marganesni 2ta sulfidi bor:

1) Marganes disulfid MnS-jigarrang tusli qattiq modda d= 3.46g/sm: bu modda FeS kabi shaklda kristallanadi. Marganes disulfid quyidagi reaksiyaga muvofiq olinadi. MnO2 + 2H2S = MnS2 + 2H2O

U odatdagi sharoitda barqaror lekin qizdirilganda MnS bilan oltingugurt ajraladi. Bu moddaning magnit xossalarini tekshirish ko’rsatishiga qaraganda MnS2 ga marganes ikki valentlidir Mn2+(S2 )2-

2) Marganes sulfid MnS- qovoq rang qattiq jism d=3.99g/sm u osh tuzi kabi shaklda kristallanadi. U ikki valentli marganes tuzlariga NH4OH ishtirokida H2S yuborish yo’li bilan olinadi.




3.rasm Marganes sulfidi.


Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish