Yechim: O’quvchilar o’z hududidagi mavjud zavod faoliyati va kimyoviy jarajonlar haqida tushunchaga ega bo’lish uchun zavod hududida “o’quv xona” larini ko’rgazma sifatida tashkil etish va bu xonada zavodning qaysi bo’limida qanday kimyoviy jarayon sodir bo’layotganini maketlar orqali ko’rishi va tasavvurga ega bo’lishi mumkin.
Kimyoviy zavodlari yo’q yoki uzoqda joylashgan maktab pedagoglari esa maxsus XTV saytidan yurtimizdagi zavodlari haqidagi videoroliklar, slaydlar yaratish ,ularni yuklab olib, darsda foydalansa o’quvchilar real sodir bo’layotgan kimyoviy jarayonlar haqida tasavvurga ega bo’ladilar, o’z vatani bilan faxrlanish,unga sadoqatli bo’lish tuyg’usini shakllantiradi va bu usul orqali kasbga yo’naltirish uchun turtki bo’ladi.
Kompyuter va mobil telefonlarga yuklab olib foydalanish imkonini beradigan “fanni o’rgatuvchi dastur”larni ishlab chiqish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |