4 – tajriba. Sirka kislota etil efirini olish
Reaktiv va materiallar : natriy atsetat kristallari, etil spirt, kons, sulfat kislota; probirkalar, isitish asbobi.
Probirkaga 1 g natriy atsetat kristallaridan solib, unga 2 ml etil spirt quying. Aralashmaga 1 ml kons. Sulfat kislota kushib oxista qizdiring. Ko’p o’tmay sirka kislotaning etil efiriga xos xid paydo bo’ladi:
Kislota yoki uning tuzlariga bevosita spirt ta’sir ettirib murakkab efir olish eng ko’p qo’llaniladigan usullardan biri.
Murakkab efirlar olishning yana qanday usullarini bilasiz? Reaksiya tenglamalarini yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |