2-tajriba : Rux gidroksidi - Zn(OH)2 ni olinishi va hossalari.
Probirkaga 2 - 3 ml rux sul'fat ZnSO4 eritmasidan quying. Unga amiakli suv eritmasidan 5 - 6 tomchi qo’shing. Cho’kma hosil bo’lishiga e'tibor bering. Hosil bo’lgan cho’kmani 2 ta probirkaga teng bo’lib qo’ying. Birinchi probirkaga NaOH eritmasidan, ikkinchi probirkaga H2SO4 eritmasidan cho’kma erib ketgungacha qo’shing. Reaksiya tenglamalarini yozing.
3 - tajriba. Neytrallanish reaksiyasi
Probirkaga 2 - 3 ml natriy gidroksid eritmasidan olib, ustiga lakmus qog’ozidan soling. Lakmus qog’ozi rangiga e`tibor bering. Eritma ustiga ehtiyotlik bilan sulfat kislotaning 20 % li eritmasidan shuncha miqdor quying. Qanday o’zgarish kuzatiladi? Lakmus qog’ozi rangiga e`tibor bering. Reaksiya tenglamasini yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |