2 - tajriba. Kislotalarning turli hil metallarga ta’siri
Uchta probirka olib, birinchisiga magniy, ikkinchisiga temir va uchinchisiga mis metalidan 2 grammdan soling. Har bir probirkaga xlorid kislotaning 20% eritmasidan 4-5 ml dan quying. Probirkalarda qanday o’zgarishlar sodir bo’lishini yozing. Reaksiya tezligini solishtiring. Reaksiya tenglamalarini yozing.
3-tajriba : Kislotalarning metall oksidlariga ta’siri.
Ikkita probirkaga barobar miqdorida temir (III) - oksidi Fe2O3 dan soling. Birinchi probirkaga H2SO4 eritmasidan, ikkinchisiga esa HCl eritmasidan quying. Agar reaksiya ketmasa, probirkalarni biroz qizdiring. Qanday hodisa kuzatiladi. Reaksiya tenglamasini yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |