Nazorat uchun savollar:
Oqsillar qanday organizmlarda uchraydi?
Organizmlar uchun oqsilning roli nimadan iborat
Oqsil tarkibida qancha aminokislotalar uchraydi?
Tajribada oqsillarning xossalarini qanday bilish mumkin?
Foydalanilgan adabiyotlar.
Mustaqimov G.D. O’simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiyasi asoslaridan amaliy mashg’ulotlar. T. 1990.
Sulaymonov A.S. Tretyakov K.G. O’simliklar fiziologiyasidan amaliy mashgulotlar. T.1976.
Burigin V. A. va boshq. Botanika va o’simliklar fiziologiyasi asoslari. T. 1972.
Gavrelinko V. F. va boshq. Bolshoy praktikum po fiziologii rasteniy. M. 1975.
Genkel P.A. Fiziologiya rasteniy. M. 1975.
Alimbekov M. U, Inogomomva M. T, Umarov X. T. O’simliklar fiziologiyasidan yozgi amaliy mashgulotlar. T. 1977.
5. Laboratoriya ishi.
Mavzu: Oqsilning rangli reaksiyalari (M.X. CHaylaxen usulida).
Kerakli o’quv materiallari:
5% li CuSO4, spirtning 96% li eritmasi, 10% li NaOH, 1:1 nisbatda suv bilan suyultirilgan nitrat kislota, 1:2 nisbatda suv bilan suyultirilgan ammiak eritmasi, g’o’za, lavlagi, karam va boshqa o’simliklarning bargi.
Darsning maqsadi:
O’simliklar tarkibidagi oqsillarni rangli reaksiyalar orqali bir-biridan ajratish.
Ishning bajarilishi.
G’o’za yoki biror boshqa o’simlikning bargi qaynab turgan suvga botiriladi va 1-2 minutdan so’ng suvdan olib 960li spirt qo’yilgan kolbaga solinadi. Kolba og’ziga sovutgich o’rnatiladi. So’ngra kolbani suv hammomiga qo’yib, 30-60 minut isitiladi. Bunda barg tarkibidagi yashil va sariq pegmentlar, erkin aminokislotalar va suvda eriydigan oqsil (albumin) lar spirtda to’planadi.
Rangsizlangan barglarni kolbadan olib, distillangan suvga botirib olinadi va har qaysisi alohida yassi idishga yoyiladi. yassi idishlarda quyidagi reaksiyalar o’tkaziladi.
Biruyet reaksiyasi. Petri idishidagi yoki boshqa bir likopchadagi barg ustiga mis kuporosi (CuSO4) ning 5% li eritmasi qo’yilib, 1 soat saqlanadi. So’ngra bargni eritmadan olib distillangan suvda chayiladi va 10% NaOH solingan idishga botirib qo’yib, unda ham 1 soat saqlanadi. Bunda barg to’qimasining binafsha rangga kirishi uning tarkibidagi oqsillar va peptid bog’lari bo’lgan pepton, polipeptidlar borligini ko’rsatadi.
Ksantoprotein reaksiyasi. Bunda konsentrlangan nitrat kislota 1:1 nisbatda suv bilan aralashtiriladi. Rangsizlantirilgan barg shu eritmaga 15-30 minut solib qo’yilgandan so’ng sariq rangga kiradi. Agar uni ikkinchi idishga solib qo’yilgandan so’ng (sariq rangga kiradi)
1:2 nisbatda suv bilan suyultirilgan ammiak qo’yilsa, barg zarg’aldoq rangga kiradi. Bu reaksiya ham barg tarkibida oqsil borligini ko’rsatadi. Lekin protaminlar gruppasidagi oqsillarni ksantoprotein reaksiyasi yordamida aniqlab bo’lmaydi.
Millon reaksiyasi. Rangsizlantirilgan barg Millon reaktivida 30-60 minut saqlanganida qizg’ish rangga kiradi. Bu hodisa barg tarkibida oqsillar borligini ko’rsatadi.
Eslatma: Rangning to’q va och bo’lishiga qarab, oqsil miqdorini 5 balli sistema bilan baholash mumkin. Masalan, oqsil juda oz bo’lsa 1, oz bo’lsa 2, o’rtacha bo’lsa 3, ko’p bo’lsa 4 va juda ko’p bo’lsa 5 ball bilan baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |