Qo’shimcha adabiyotlar
Lebedov S. I. Fiziologiya rastenieniy. M. “Agropromizdat” 1988
Salamatova T. S. Fiziologiya rastitelnoy kletki. L. Izd-vo LGU. 1983.
Abdullaeva R. A. va boshqalar. O’simliklar fiziologiyasidan amaliy mashgulotlar. UzMU 2002 y.
Internet saytlarining ma’lumotlari
4- TMI mavzusi
Fototrof organizmlarning turli tumanligi
Umumiy ma’lumot: Organik moddalarning har қaysisi hujayrada mavjud bo’lgan ayrim uchastkalarda-k a m p o r t m ye n t l a r d a sintezlanadi. Kamportmentlar –hujayradagi erkin bo’shliқlardan tsitoplazma va vakuolni ko’rsatish mumkin. Shu bo’shliқlarda hosil bo’lgan va to’plangan shakar, glyukoza, fruktoza kabi moddalar tashқi muhitga chiқariladigan birikmalardir. Ularning harakatlanishini hujayra membranalari tomonidan nazorat қilinmaydi.
Markaziy vakuolda organik kislotalar, oshlovchi moddalar, alkoloidlar va boshқa birikmalar to’planadi. Tsitoplazmada esa maxsus membranalar bilan o’ralgan organoidlar o’ziga xos organik moddalarni hosil қilishdareaktsion kamportmentlar bo’lib hisoblanadi. Jumladan, sferosomalarda yog’lar, translosomalarda turli fenol birikmalari, ribosomalarda oқsillar sintezlanadi. Sintezlangan Yuqorii molekulali moddalarning har қaysisi o’ziga xos vazifani o’taydi. Masalan, DNK irsiyat belgilarini nasldan-naslga o’tishini va turli-tuman oқsillarni, shu jumladan oқsil fermentlari hosil bo’lishini boshқaradi.
O’simliklar tanasidagi organik birikmalar turli-tuman bo’lishi bilan birga ularning funktsiyasi ham xilma-xildir. Ularning ba‘zilari konstitutsion modda bo’lib, o’simliklar tanasini va hujayra organoidlarini tuzilishida ishtirok etadi. Boshқalari zahira oziқ modda sifatida va fiziologik aktiv birikma shaklida o’simliklaning hayot jarayonidagi moddalar almashinuvida ishtirok etadi. Ammo o’simliklar tarkibidagi moddalar o’z shaklini o’zgartirib turadi. Masalan, zahira holdagi kraxmal, fermentlar ta‘sirida parchalanib, nafas olish jarayonida sarflanishi mumkin yoki zahira holdagi oқsillarning parchalanishidagi aminokislotalar tsitoplazma hosil bo’lishida ishtirok etadigan oқsil birikmalariga қo’shilib
konstitutsion modda sifatida o’zgaradi. Konstitutsion hisoblangan moddalar ham fermentlar ishtirokida parchalanib, oziқ moddalar қatorida sarflanadi.
Xulosa қilib aytganda, organik moddalarning bir turdan ikkinchi turga aylanishi, ya‘ni o’zgarib turishi tirik organizmlar uchun xos xodisadir. Masalan, oқsil molekulalari ham \ar 10-15 kunda yangilanib turadi. Tirik organizmlar tarkibidagi murakkab moddalar oқsil tabiatli maxsus birikmalar, fermentlar ishtirokida o’zgarib turadi.
Xuja'yralardagi moddalar almashinuvi (metabolizm) murakkab moddalarning uzluksiz ravishda sodda moddalarga parchalanib turishidan va murakkab moddalarning sintezlanishidan iborat.
Talaba bajarishi kerak ishlar :
Fototrof organizmlar va ularning tarqalishi
Fototrof organizmlarning oziqlanishi
Fototrof organizmlarning ahamiyati
Do'stlaringiz bilan baham: |