Foydalanilgan adabiyotlar.
Mustaqimov G.D. O’simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiyasi asoslaridan amaliy mashg’ulotlar. T. 1990.
Sulaymonov A.S. Tretyakov K.G. O’simliklar fiziologiyasidan amaliy mashgulotlar. T.1976.
Burigin V. A. va boshq. Botanika va o’simliklar fiziologiyasi asoslari. T. 1972.
Gavrelinko V. F. va boshq. Bolshoy praktikum po fiziologii rasteniy. M. 1975. 5.Genkel P.A. Fiziologiya rasteniy. M. 1975.
6.Alimbekov M. U, Inogomomva M. T, Umarov X. T. O’simliklar fiziologiyasidan yozgi amaliy mashgulotlar. T. 1977.
40.Laboratoriya ishi.
Mavzu: Saxaroza-invertaza fermenti (enzim)ni o’simlik to’qimasidan ajratib olish va uning saxaroza (shakar)ga ta’sirini o’rganish.
Umumiy ma’lumot:
Tirik organizmlarda sodir bo’ladigan moddalar almashinuvi prosessining borish tezligi fermentlar aktivligiga bog’liq. SHuning uchun fermentlar organik katalizatorlar deyiladi. Fermentlar o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, har bir ferment ma’lum bir organik moddaga yoki uning ayrim qismlariga ta’sir qiladi. Tirik organizmlarda fermentlarning 2000 dan ko’proq turi uchraydi.
Kerakli o’quv materiallari:
Quruq achitqi, 5-10% li saxaroza eritmasi, 10% li NaOH va CuSO4 eritmalari, probirkalar, suv hammomi, kvars qum, havoncha, spirt, lampa, pipetka.
Darsning maqsadi. O’simliklar to’qimasidan fermentlarni ajratib olish va uni shakarga ta’sirini o’rganish.
Ishning bajarilishi.
SHakarni parchalashda ishtirok etadigan fermentning ta’sirini o’rganish uchun achitqi zamburug’i tarkibidan saxaroza fermenti ajratib olinadi. Bu ish quyidagicha bajariladi. 0,5 g achitqiga bir oz qum va 5 ml suv qo’shib havonchada eziladi. Aralashmaga 15 ml 600 li suv qo’shib 30 minut tinch qoldiriladi. So’ngra burmali filtrdan o’tkaziladi. Filtrat tiniq bo’lishi kerak, agar loyqa bo’lsa qayta filtrlanadi. Filtratda saxarozani (qamish va lavlagi shakarini) parchalovchi saxaroza yoki invertaza fermenti bo’ladi. Ikkita toza quruq probirkaga 5 yoki 10% li saxaroza eritmasidan 10 ml qo’yiladi. Ularning har qaysisiga 1 ml dan filtrat qo’shiladi. Bitta probirkadagi eritma shu vaqtning o’zidayoq spirt lampa alangasida qaynatiladi. Ikkinchi probirka qizdirilmasdan 400 issiq suv hammomiga joylanadi, so’ngra birinchi probirka ham ikkinchi probirka yoniga qo’yiladi va 20-30 minut tinch qoldiriladi.
So’ngra ikkala probirkadan 3 ml dan eritma olib, probirkalarga 3 ml 10% li NaOH hamda 3 ml 10% li CuSO4 reaktivlari qo’shiladi va bu aralashma spirt lampa alangasida qizdiriladi. Natijada Cu(OH)2 ning ko’k cho’kmasi hosil bo’ladi. Bu reaksiya quyidagicha boradi:
CuSO4 2NaOH NaSO4 Cu (OH )2
Agar ferment ta’sirida shakar monosaxaridlarga parchalangan bo’lsa, Cu(OH)2 glyukoza bilan reaksiyaga kirishib, mis (I)-oksid (CuO), mis (II)-oksid (Cu2O) ga aylanadi, qizil yoki sariq rangdagi cho’kma hosil qiladi. Bu reaksiya quyidagicha boradi:
C6 H12O6 2Cu (OH )2 CH 2OH (CHOH )4 COOH 2H 2O Cu 2O
Ferment qo’shib qizdirilgan probirkadan olingan eritmada yuqorida aytilgan reaksiya yuz bermaydi, chunki shakar eritmasiga qo’shilgan ferment issiqlik ta’mirida buziladi, ya’ni o’z xususiyatini butunlay yo’qotadi. SHu sababli probirkadagi shakar monozalarga parchalanmasdan qoladi va Cu(OH)2 bilan reaksiyaga kirishmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |