Nazorat uchun savollar
Turgor nima?
Turgor bosim kuchi deb nimaga aytiladi?
Laboratoriyada turgor hodisasi qanday usulda olib boriladi?
Foydalanilgan adabiyotlar.
Mustaqimov G.D. O’simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiyasi asoslaridan amaliy mashg’ulotlar. T. 1990.
Sulaymonov A.S. Tretyakov K.G. O’simliklar fiziologiyasidan amaliy mashgulotlar. T.1976.
Burigin V. A. va boshq. Botanika va o’simliklar fiziologiyasi asoslari. T. 1972.
Gavrelinko V. F. va boshq. Bolshoy praktikum po fiziologii rasteniy. M. 1975.
Genkel P.A. Fiziologiya rasteniy. M. 1975.
Alimbekov M. U, Inogomomva M. T, Umarov X. T. O’simliklar fiziologiyasidan yozgi amaliy mashgulotlar. T. 1977.
3. Laboratoriya ishi.
Mavzu: Moddalarning hujayra ichiga o’tishini aniqlash.
Kerakli o’quv materiallari.
Kallodiy eritmasi yoki sellofan qog’oz, yod yoki FeCl3 eritmasi, 2 foizli kraxmal kleysteri yoki anor po’chog’idan tayyorlangan eritma, stakancha, keng og’izli probirka.
Darsning maqsadi:
Moddalarni hujayra membranasiga o’tishini aniqlash uchun stakandagi yod eritmasiga kraxmal solingan sellofan qog’ozni botirib, yod eritmasini sellofan orqali kraxmal eritmasi bilan aralashini kuzatish.
Ishning bajarilishi:
Buning uchun og’zi keng toza quruq probirkaga kallodiy eritmasi qo’yiladi va devoriga yuqtirish maqsadida probirka bir tekis aylantiriladi. Kallodiy yuqtirilgan probirka qo’lda ishqalab isitiladi. Undan efir hidi chiqishi tugagandan so’ng probirka sovuq suv bilan chayiladi, keyin devoriga yopishgan kallodiy pardasi pinset (lanset) yordamida ajratiladi. Pardani oson ajratish uchun kallodiy pardasi bilan probirka devori orasiga bir necha tomchi suv tomizilsa, kallodiy xaltacha shaklida ajraladi. Xaltachani butun ekanligini aniqlash uchun puflab ko’riladi.
Agar kallodiy eritma bo’lmasa, eritma o’rniga sellofan qog’ozdan foydalanadi. Sellofan qog’oz ishqalanganda (shiqirdagan) ovoz chiqarishi va yupqa bo’lishi kerak.
Sellofan qog’ozga yoki ajratib olingan kallodiy xaltachasi ichiga 2 foizli kraxmal eritmasi qo’yib, uni yod (I) yoki K I eritmasi solingan stakanga botiriladi. Oradan bir oz vaqt o’tgach xaltacha ichidagi kraxmal eritmasi rangi o’zgara (ko’kara) boshlaydi. Bu hodisa chala o’tkazuvchi parda orqali sof eritma ionlari o’tishini, kalloid zarrachalarining kraxmal misellalari o’tmaganligini ko’rsatadi (3-rasm).
3-rasm. Moddalarning hujayra ichiga o’tishi unda to’planishi.
a-kollodiy xaltacha , b-yod+kaliy yodid eritmasi, v-xaltacha osib qo’yiladigan shisha tayoqcha.
Tajriba oxirida eritmadagi yod ionlari xaltacha ichiga o’tib bo’lganligi aniqlanadi. Agar stakandagi sarg’ish yod eritmasi rangsizlanib qolsa, bu hodisa eritmadagi yod ionlari xaltachaga o’tib bo’lganligini ko’rsatadi. Buni quyidagicha tushinish mumkin. Kraxmal misellalari chala o’tkazuvchi parda orqali tashqariga o’ta olmaydi. Yod ionlari va molekulalari xaltacha ichiga bemalol o’tib, kraxmal bilan qo’shilishi natijasida boshqa turdagi birikmaga aylanadi, ya’ni yod kraxmal bilan bog’lanadi. SHu sababli yod tashqariga chiqmasdan xaltacha ichida to’planadi.
Eslatma. Kallodiy xaltacha o’rniga sellofan qog’oz, kraxmal kleysteri o’rniga anor po’chog’idan tayyorlangan eritmadan, yod eritmasi o’rniga FeCl3 ning och sariq eritmasidan foydalanish mumkin. Anor po’chog’idan eritma tayyorlash uchun u suvda qaynatilib, filtrlanadi. Po’choq tarkibidagi oshlovchi modda – tannin suvga ajralib chiqqach eritma sifatida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |