O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
«Informatika va axborot texnologiyalari» fanidan
«Masofaviy ta’lim. Masofaviy ta’lim modellari» mavzusida
Bajaruvchi: ____Bozorov F.______
Yo’nalish:_____TARIX________ Kurs_2_ Guruh_03__
Fan o’qituvchisi:_____A.A. Omonov___
Samarqand – 2015
Mavzu: Masofaviy ta’lim. Masofaviy ta’lim modellari
REJA:
1. Masofaviy ta’lim tushunchasi
2. Masofaviy ta’lim modellari (turlari)
3. Masofaviy ta’limning yutuqlari va kamchiliklari
4. O’zbekistonda masofaviy ta’limni rivojlanishi.
Respublikamizda bugungi kunda kompyuter texnologiyalari va Internet
tarmog’ini rivojlantirishga katta ahamiyat berilyapti. Shunga ko’ra, ta’lim
tizimidagi o’quv yurtlarida informatika va axborot texnologiyalari fanlarining
o’qilitishi - davr talabi bo’lib qolmoqda.
Shak-shubhasiz, sungi yillarda mutaxasislar yakdil tasdiklayotganlaridek,
mamlakatimizda bu yunalishda sezilarli kadamlar kuyildi. Lekin shu soxadagi
faoliyat xozircha talablar darajasida emas. Masalan, 2003 yilda EXMlar uchun
dasturlarga patent olish uchun faqatgina 140 ariza ruyxatga olingan. Shu bilan
birga, 2005-2013 yidagi ma’lumotlarga kura mamlakatdagi 631 akademik litsey va
kasb-xunar kolledjining faqat 22 tasi, respublikadagi 64 oliy o’quv yurtning 40 tasi
Internet tarmoklariga ulangan xolos. Respublikamizdagi kupgina o’quv yurtlari
eski avlod kompyuterlar bilan jihozlangan yoki umuman kompyuterlashtirilmagan.
Oliy ta’lim muassasalarning xar bir 100 talabasiga o’rtacha hisobda 3,3 kompyuter
mos keladi (ma’lumotlar Toshkent aloqa institutida o’tkazilgan ilmiy amaliy
konferensiya materiallaridan olingan). Kadrlar tayyorlashning sifatini yanada
yaxshilash, ta’lim tugrisidagi konunni tula amalga oshirish uchun ta’limning turli
shakllaridan foydalanish zarur bulib kelyapti.
Bu borada hukumatimiz tomonidan ko’p ishlar olib borilmoqda. Shularga
Respublikasizda yangi rivojlangan, "masofaviy ta’lim" deb nomlangan, ta’lim turi
misol kilishimiz mumkin. Ta’limning bu turi shu paytgacha mavjud bulgan ta’lim
turlaridan uzining ayrim ijobiy tomonlari bilan ajralib turadi.
Masofaviy ta’lim (MT) – bu o’qituvchi va o’quvchi bir biri bilan masofa
yoki vaqt orqali ajratilgan sababli, informatsion texnologiyalardan fodalanilgan
ta’lim turi.
Bu ta’lim turini paydo bo’lishiga asosiy sabab deb informatsion va
kommunikativ texnologiyalarning tezkor rivojlanishi va ular asosida prinsipial
yangi ta’lim texnologiyalar (internet texnologiyalar) yaratilishini xisoblash
mumkin. Internet texnologiyalardan foydalanish bizga o’quv materiallarni cheksiz
va juda arzon tarkatish va kupaytirish, xamda uni o’quvchilarga tezkor va anik
yetkazish imkoniyatlarini yaratib berdi. Shu bilan birga ta’lim interaktiv bulganligi
sababli, o’quvchining o’z ustidan mustaqil ishlashning urni juda katta axamiyatga
ega buladi.
Masofaviy ta’lim o’zi nima? Uning qanaqa ijobiy va salbiy tomonlari bor?
O’zbekiston Respublikasida undan foydalanish zarurati bormi? Masofaviy ta’limni
tashkil qilish uchun nima kerak?