44.Атомлардаги заряд тақсимотларини ҳисоблаш усуллари. Орбитал ва заряд назорати билан борадиган реакциялар. Kimyo fanida moddalarning muhim ko‘rkatkichlaridan biri ulardagi zaryad taqsimoti hisoblanadi. Zaryad taqsimotini aniqlagan holda moddalarning reaksion markazlarini, reaksiyalarning borish mexanizmlarini, aromatik birikmalarda nukleofil va elektrofil reaksiyalar markazlarini aniqlash mumkin. Atomlarning zaryad qiymatini eksperimental usullar bilan aniqlab bo‘lmaydi, lekin uni hisoblashning bir nechta matematik usullari mavjud:
• Malliken zichlik taqsimoti tahlili (Mulliken population analysis); • Lauvdin zichlik taqsimot tahlili (Lovdin population analysis);
• Tabiiy bog‘ tartibi tahlili (NBO – Natural bond order analysis); • Molekula tarkibidagi atomlar (AIM – Аtoms in molecules); • Elektrostatik ta’sirlashishlar usuli (Merz – Singh – Kollman (MK), Chelp, ChelpG). Zichlik taqsimoti tahlili (ZTT) –bu molekula yadrosi atrofidagi elektron zichlik taqsimlanishini tavsiflash funksiyasi va u bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa axborotlarning matematik usulda ifodalanishi hisoblanadi.
Atom qobiqlari tavsiflari bevosita tajriba yo‘li bilan kuzatilishi mumkin emas, chunki bu tavsiflar takrorlanmas ko‘rinishda o‘ziga xoslikka ega bo‘lib, har qanday turdagi fizik tavsiflar orqali aks ettirish imkonini bermaydi. Ma’lumki, atom musbat zaryadga ega bo‘lgan yadro va uning atrofida elektron qobiqlar bo‘ylab joylashgan manfiy zaryadga ega elektronlardan tashkil topgan bo‘lib, bu tavsiflar har bir atomda o‘ziga xos farqlanishlarni belgilab beradi. Biroq, zich holatdagi elektron qobiqlarning yadroga tortilib turish tavsiflari haqidagi tushuncha bu holatda zichlik bo‘yicha elektronlarning taqsimlanish qonuniyatlarini batafsil tushuntirib berish imkoniyatini bermaydi.
45.Mopac калит сўзлари. Боғ тартибини ва энергиясини топишда ишлатиладиган калит сўзлар WinMopac 7.21 va MOPAC2012 dasturlarida IQ yutilish sohalari input (Z-matrisa) fayliga quyidagi Mopac “kalit” so‘zlarini kiritish orqali hisoblanadi:
(Input fayl)
PM3 CHARGE=0 GNORM=0.1 FORCE SINGLET
Name: Aceton
MOPAC input file (Z-matrix) created by Alisher Eshimbetov
DFT) usullarida nazariy IQ-spektrlarni hisoblash mumkin. Noempirik hisoblash usulining RHF/6-31G basiz to‘plami Firefly/Gamess kalit so‘zlari yordamida asetonning nazariy IQ-spektri hisoblandi. Input faylda atomlar X, Y va Z koordinatalar o‘qida joylashishi (kartsian) ko‘rinishida keltirilgan:
! GAMESS (US) STYLE. Input created by MaSK (http://ccmsi.us/mask).
$SYSTEM $END
$CONTRL RUNTYP=HESSIAN SCFTYP=RHF COORD=UNIQUE $END
$BASIS GBASIS=N31 NGAUSS=6 $END
$SCF DIRSCF=.TRUE. FDIFF=.t. diis=.f. Soscf=.t. NCONV=8 $END
$force nvib=2 $end
$DATA