Кимё-технология факултети кимёвий технология



Download 1,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/17
Sana15.11.2022
Hajmi1,13 Mb.
#866790
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Yusufjonov M

Benzinlar 
 
Arenlar 
Sikloalkanlar Alkanlar 
Alkenlar 
Oddiy haydash benzini : 
Tatariston neftidan
3-10 
20-30 
60-80 
1-2 
G`arbiy Sibir neftidan 
7-12 
22-35 
55-70 
1-2 
Boku neftidan 
2-10 
40-65 
25-50 

Riforming katalizati : 
Yumshoq rejimniki 
40-50 
50-60 

1-2 
Qattiq rejimniki 
60-70 
30-38 

1-2 
Katalitik kreking benzini 20-35 
55-65 

8-12 
Termik kreking benzini 15-35 
50-60 

15-25 
Kokslash benzini
20-25 
25-35 

45-60 
Alkilat 


100 

Ekstraksiya 
qurilmalarining rafinati 
3-4 
96-97 


Pirolizning 
yengil 
smolasi 
45-60 
10-18 

20-28 
 
Detatnatsion barqarorlik. 
Detonatsiya deb, dvigatelda yoqilg`i yonishining 
maxsus rejimiga aytiladi. U faqatgina yoqilg`i – havoli aralashma alangalangandan 
so`ng yoqilg`ining bir qismi yonib bo`lgan hollarda paydo bo`ladi. Yoqilg`i 
zaryadining qoldig`i (20 % gacha ) bir zumda o`z-o`zidan alangalanadi: bunda 
alanganing tarqalish tezligi 20-30 m/s o`rniga 1500-2500 m/s ga yetadi, bosim esa 
sakrab o`zgaradi. Bosimning keskin o`zgarishi dvigatel silindrining devorlariga 
urilib turiladigan detanatsion to`lqinning hosil bo`lishiga olib keladi.
Detanatsiyaning harakterli belgilari quyidagilardan iborat : 
-
Silindr 
devorlaridan 
detanatsion 
to`lqinlarni 
ko`p 
marta 
urib 
qaytarilganidan kelib chiqadigan metallik taqqilash ; 
-
Chiqindi gazlarda qora tutunning hosil bo`lishi ; 
-
Silindr devori haroratining keskin ko`tarilishi. 
Yoqilg`ining detanatsion yonishi yoqilg`i solishtirma sarfining oshishiga, 
quvvatning kamayishiga va dvigatelning qizib ketishiga, porshenlar va chiqarib 
yuboradigan klapnlarning qurumlanishiga, shuningdek, dvigatelning tez ishdan 
chiqishiga olib keladi.
Denonatsiya hodisasi yoqilg`idagi uglevodorodlarning yonish va oksidlanish 
reaksiyalarining hususiyatlari bilan tushuntiriladi. So`rib olish va siqish vaqtida 
yoqilg`i uglevodorodlari havo kislorodi bilan oksidlanish reaksiyasiga kirishishni 
boshlab pereoksidlarni hosil qiladi. Pereoksidlar parchalanishi erkin radikallarni 
hosil qiladi, ular esa uglevodorodning yangi molekulalari bilan reaksiyaga 
kirishadi. Reaksiya zanjir xarakterga ega bo`lib qoladi. Ishchi aralashma 
uchqundan alangalangandan so`ng, oksidlanish reaksiyalari yana ko`proq 



tezlashadi, chunki harorat va bosim oshadi. Aralashmaning yonmagan qismida 
pereoksidlar va boshqa faol zarrachalarning konsentratsiyasi oshadi.
Kimyoviy tarkibidan tashqari dvigatel konstruksiyasining ba`zi xususiyatlari 
va uning eksplutatsiya qilish sharoitlari detonatsiyaga yordam beradi. Siqish 
darajasining oshirilishi, ya`ni dvigatel silindri to`liq hajmining yonish kamerasi 
hajmiga nisbati, ishchi haroratlarning va dvigateldagi bosimning o`sishiga olib 
keladi, bu esa o`z navbatida detonatsiya sodir bo`lishiga yordam beradi.
Uglevodorodlar va yoqilg`ilarning detanatsion barqarorligi (DB) oktan soni 
bilan xarakterlanadi. Bu detonatsion barqarorlikning shartli o`lchov birligi 
hisoblanadi. Izooktan uchun detanatsion barqarorlik 100 ga, geptan uchun 0 ga 
teng deb qabul qilingan. Agar tekshirilayotgan benzin o`zining detanatsion 
barqarorligi bo`yicha tekshirilsa 80 % izooktan va 20% geptandan iborat 
aralashmaga to`g`ri kelsa, bu yoqilg`ining oktan soni 80 ga teng bo`ladi.
Ko`pchilik benzinlarning oktan soni 50 bilan 70 orasida bo`lib, ularning 
oktan sonini 2 xil yo`l bilan oshirish mumkin.
-
Benzinga ba`zi moddalar qo`shilsa, u bir me`yorda yonadi. Bunday 
moddalardan tetraetil qo`rg`oshin (C
2
H
5
)
4
Pb keng qo`llaniladi. Tetraetil 
qorg`oshindan benzinga 0,2-0,8 ml/l miqdorda qo`shilganda benzinning 
oktan soni 80 gacha oshishi mumkin. Bunday benzin 
etillangan benzin
deb ataladi. 
-
Benzinning oktan sonini oshirish maqsadida u izomerlanadi, ya`ni 
benzindagi tarmoqlangan zanjirli brikmalar miqdori oshiriladi. Bu 
jarayon 
riforming
deyiladi. Uni amalga oshirish uchun benzin xona 
haroratida yoki yuqoriroq haroratda katalizator ustida o`tkaziladi. Odatda 
katalizator sifatida alyumoplatinali katalizatorlar ishlatiladi.

Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish