KIMYOVIY REAKSIYALARDA ENERGETIK HODISALAR
Kimyoviy reaksiyalarning davomida issiqlik (energiya) chiqishi yoki yutilishiga qarab ham ekzotermik va endotermik reaksiyalarni farqlash mumkin.
• Kimyoviy reaksiyalarda ajralib chiqadigan energiya kimyoviy energiya deb ataladi.
• Kimyoviy reaksiyada ajraladigan yoki yutiladigan energiya miqdori reaksiyaning issiqlik effekti (Q) deb ataladi.
• Issiqlik (energiya) chiqishi bilan boradigan reaksiyalar ekzotermik (ekzo-tashqari) reaksiyalar deb ataladi.
• Issiqlik (energiya) yutilishi bilan boradigan reaksiyalar endotermik (endo-ichkari) reaksiyalar deb ataladi.
Oddiy moddalardan 1 mol murakkab moddani hosil bo’lishida ajralib chiqadigan yoki yutiladigan issiqlik miqdori moddaning hosil ho’lish issiqligi deyiladi.
Har qanday murakkab moddani oddiy moddalarga qadar parchalanish issiqligi uning hosil bo’lish issiqligiga teng bo’lib, ishorasi qarama-qarshi tarzda ifodalanadi (Lavuazye va Laplas qonuni).
Reaksiyalarning issiqlik effekti boshlang’ich moddalar bilan hosil bolgan mahsulotlarning tabiatiga bog’liq bo’lib, reaksiyaning oraliq bosqichlariga taalluqli emas (Gess qonuni).
YI. ANORGANIK MODDA KLASSIFIKASIYASI.
Oksidlar klassifikasiyasi.
|
Oksidlar
|
Misollar
|
1
|
Asosli
|
K2O, Na2O, СaO, CuO, BaO, Li2O, MgO, FeO, SrO, CrO, MnO, Mn2O3
|
2
|
Kislotali
|
SO3,SO2,CO2,SiO2,P2O3,P2O5,CI2O3,NO2,CrO3, MnO3, Mn2O7
|
3
|
Amfoter
|
AI2O3,ZnO,Zn2O3,SnO,PbO2,PbO2,Cr2O3,BeO,Fe2O3,MnO2
|
4
|
Befarq(indefirent)
|
NO,CO,N2О,SiO
|
5
|
Peroksid
|
Na2O2,H2O2,K2O2,BaO2
|
6
|
Superoksid
|
KO3
|
7
|
Aralash oksidlar
|
Fe3O4,Pb2O3,Ca2O3,Mn3O2
|
Kislotalar klassifikasiyasi.
|
Kislota turlari
|
Misollar
|
1
|
O2 bo’yicha
|
Kislorodsiz
|
HCI,H2S,HF,HJ,HBr,H2Se.
|
Kislorodli
|
HCIO,HCIO2,H2SO4, H2SO4
|
2
|
H2 bo’yicha
|
1 negizli
|
HCI,HF,HJ,HBr,HCIO,HNO3.
|
2 negizli
|
H2S,H2SO4,H2SeO4
|
Ko’p negizli
|
H3PO4,H3PO3,H4P2O7
|
Asoslar klassifikasiyasi
|
Asos turlari
|
Misollar
|
1
|
Suvda eriydigan (ishqor)
|
LiOH,NaOH,KOH,CsOH,RbOH,FrOH
Ba(OH)2, Sr(OH)2 va Ca(OH)2
|
2
|
Suvda erimaydigan (asoslar)
|
Mg(OH)2 va yonaki gruppacha metallarining gidroksidlari
|
3
|
Amfoter (asoslar)
|
Zn(OH)2, AI(OH)3, Fe(OH)3, Cr(OH)3, Be(OH)2
|
TUZLAR
Molekulasi metall atomi va kislota qoldig’idan tashkil topgan murakkab moddalar tuzlar deyiladi. (Metall atomi o’rnida NH4 ioni ham bo’lishi mumkin. Bunday tuzlar ammoniy tuzlari deyiladi.)
Tuzlar klassifikasiyasi
|
Tuzlar
|
Misollar
|
1
|
O’rta (normal)
|
NaCI,CaCI2,KF,MgSO4,CaCO3,NH4CI
|
2
|
Nordon. Ikki yoki uch negizli (ko’p negizli) kislotalar nordon tuzlarni hosil qiladi.
|
NaHCO3,Ca(HCO3)2,K2HPO4,Fe(H2PO4)2
|
3
|
Asosli yoki gidroksi tuzlar
|
CaOHCI,Mg(OH)CI,AI(OH)SO4,AI(OH)2CI
|
4
|
Aralash. Aralash tuzlar: bir xil metall va ikki xil kislota qoldig’idan hosil bo’lgan tuzlar aralash tuzlar deyiladi:
|
Са(ClO)Сl (yoki CaOCl2)
|
5
|
Qo’sh. Ikki xil metall va 1 ta kislota qoldig’idan tashkil topgan tuzlar. Bunday tuzlar ichida amaliy ahamiyatga ega bo’lganlari achchiqtoshlardir:
|
KAI(SO4)2,KCr(SO4)2,K2NH4PO4
|
6
|
Kompleks
|
Ka3[Fe(CN)6],Na3[Co(NO2)6],K2(HgJ4)
|
Amfoter elementlar AI,Zn,Be,Ti,V,Gr,Mn,Ge,Ga,Zr,Nb,Mo,Te,Ru,Rh,Po,Sn,Sb,Ta,W,Re,Os,Ir,Pi,Bi,Po.
Amfoter moddalar. Aminokislotalar.
DAVRIY QONUN
1869-yilda rus olimi D.I.Mendeleyev kimyoviy elementlarning Davriy qonuniga quyidagicha ta'rif berdi:
"Oddiy jismlarning, shuningdek, elementlar birikmalarining shakli va xossalari elementlar atom og’irligining qiymatiga davriy ravishda bogiiq bo’Iadi".
Davriy qonunni hozirgi ta’rifi:
Kimyoviy elementlar va ulardan hosil bo’luvchi oddiy hamda murakkab moddalarning xossalari shu elementlar atomlarining yadro zaryadlari bilan davriy bog’lanishda bo’ladi.
Atom markazida musbat zaryadlangan yadro bor.
Yadro atrofida manfiy zaryadlangan elektronlar harakatlanadi.
Atom yadrosining zaryadi son jihatdan elementning tartib raqamiga teng.
Yadrodagi musbat zaryadli protonlar soni elektronlar soniga teng.
Moddaning kimyoviy hodisalar natijasida bo’linmaydigan eng kichik zarrachasi atomdir.
Atom musbat zaryadlangan yadrodan va manfiy zaryadlangan elektronlardan tashkil topgan yadro qobig’idan iborat.
Kimyoviy elementning tartib raqami uning atom yadrosi zaryadi bilan mos keladi.
Vodorod atomining yadrosida 1 ta proton bo’ladi. Zaryadi +1, massasi 1 a.m.b. Uning yadrosi atrofida 1 ta elektron harakat qiladi.
YII. ATOM TUZILISHI.
Atomning massasi yadrodagi protonlar va neytronlar massalarining yig’indisiga teng.
A =N+N
Masalan, alyuminiy atomi yadrosida 13 ta proton va 14ta neytron bo’ladi.
A(AI)=13+14=27 m.a.b.
Atom elektroneytral sistema bo’lib,u asosan musbat zaryadli yadrodan va yadro atrofida xarakat qiladigan manfiy zaryadli elektronlardan iborat.
Elektroneytral atomdagi protenlar soni elektronlar soniga teng bo’ladi.
Elektronlar yadro atrofida energetik pog’onalarda barakatlanadi.
Energetik pog’onalar pog’onachalarga, pog’onachalar energetik yacheykalarga bo’linadi.
Elektronlarning harakati to’rtta kvant soni bilan harakterlanadi.
Bosh kvant soni-n
N=1,2,3,4,5….
K L M N O…..
Har qaysi energetik pog’anadagi elektronlar soni 2n2 formula bilan topiladi.
N= 1 bo’lganda 212= 2ta elektron
N= 2 bo’lganda 222=8ta elektron
N= 3 bo’lganda 232-18 ta elektron
N= 4 bo’lganda 242= 32 ta elektron
Do'stlaringiz bilan baham: |