Qiyosiy adabiyotshunoslik. Yakuniy nazorat. I variant
1. Ekzyuperining “Kichkina shahzoda” qissasida baobab daraxti nimaning ramzi hisoblanadi?
A) Zulm, mustamlakachilik B) ezgulik, olijanoblik
C) ochlik, mashaqqat D) fashizm, loqaydlik
2. Angliya Uyg‘onish adabiyoti rivojida asosiy omil nimadan iborat?
A) Sharq bilan savdo-sotiq B) xalqaro madaniy aloqalar C) qirol hokimiyatining kuchayishi
D) rekonkista siyosati
3. Gugenotchilik (dinni isloh qilish) harakati asosida qaysi mamlakatning Renessans adabiyoti shakllangan?
A) Angliya B) Fransiya C) Ispaniya D) Italiya
4. “Sab’ai sayyor” dostonida Bahrom Diloromni ilk bor qanday jarayonda ko‘radi?
A) ov paytida B) rassom Moniyning surati orqali C) Xitoyga yurish qilgan paytda D) tushida
5. “Oq kema” qissasida bola nimani orzu qilardi?
A) bug‘uni ko‘rishni B) maktabga borishni
C) oq kemaga kapitan bo‘lishni D) baliqqa aylanib qolishni
6. “Uch og‘ayni” romanida qaysi qahramon marhumlarning suratini chizish bilan shug‘ullanardi?
A) Grau B) Gauzer C) Alfons D) Xasse
7. “Xameleon” hikoyasining bosh qahramoni kim?
A) Petr Petrovich B) Ochumelov C) Misha D) Porfiriy
8. Romantizm metodida ijod qilgan ingliz adibini toping.
A) V.Gyugo B) F.Kuper C) J.Bayron D) V.Skott
9. Odissey kimning qo‘lida 7 yil tutqunlikda qoladi?
A) parizod Kalipso B) Kirka C) Alkinoy D) Polifem
10. Quyidagi hikoyalarning qaysilarida it obrazi muhim o‘rin tutadi?
A) Xameleon, Millatchilar B) Semiz va oriq, Bemor C) Chinovnikning o‘limi, O‘g‘ri
D) Orden, Mayiz yemagan xotin
11.“Tushda kechgan umrlar” romanida mustamlakachilik va qatag‘on siyosatini aks ettirgan jarayonlar qaysi obraz vositasida ifodalanadi?
A) Rustam B) Soat G‘aniyev C) Qurbonoy D) Shahnoza
12. Alpomish do‘sti Qorajon bilan qayerda do‘stlashadi?
A) Boboxon tog‘ida B) Zil tog‘ida C) Murodtepada D) poyga paytida
13. “Qirol Lir” tragediyasida graf Kent obrazi orqali qanday xususiyat ifodalangan?
A) sadoqat B) xudbinlik C) laganbardonlik D) vatanparvarlik
14. Jek London, Genrix Mann, Charlz Dikkens kabi adiblar qaysi ijodiy metod vakillari hisoblanadi?
A) romantizm B) sentimentalizm C) realizm D) modernizm
15. “Evrilish” hikoyasi orqali modernizmga xos xususiyatlarni aks ettirgan adibni toping.
A) J.London B) J.Joys C) F.Kafka D) M.Prust
16. Qaysi adabiy turda voqelik yetakchi o‘rinni egallaydi?
A) lirik B) epik C) dramatik D) liro-epik
17.Qadimgi yunon ma’budi Dionis sharafiga o‘tkazilgan xalq sayillari va bayramlar asosida shakllangan adabiy turni toping.
A) lirik B) epik C) dramatik D) liro-epik
18. Xamsanavislardan qaysi biri o‘z asariga shoh Bahrom haqida dostonning o‘rniga “Yusuf va Zulayxo” dostonini kiritgan.
A) Nizomiy B) Dehlaviy C) Jomiy D) Navoiy
19. “Uch og‘ayni” romanini o‘zbek tiliga kim tarjima qilgan?
A) Ozod Sharofitdinov B) Nizom Komil C) Ibrohim G‘afurov D) O‘tkir Hoshimov
20. Shekspir ijodining birinchi davrida yaratilgan tragediyalarni toping.
A) Romeo va Julyetta, Yuliy Sezar B) Hamlet, Otello
C) Qirol Lir, Makbet D) Antoniy va Kleopatra, Qiyiq qizning quyilishi
21. Italiya Uyg‘onish adabiyoti namoyondalari qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
A) Fransua Rable, Migel de Servantes B) Dante Alligeri, Martin Lyuter
C) Franchesko Petrarka, Jovanni Bokachcho D) Kristofer Marlo, Tomas Mor
22. Petrarkaning “Kansonere” to‘plami kimga bag‘ishlangan she’rlardan iborat?
A) Beatriche B) Laura C) Dulsineya D) Ofeliya
23. Realizmning yirik namoyondalari berilgan qatorni toping.
A) Balzak, Kuper B) Dikkens, Kafka C) Dyuma, Gyugo D) Balzak, Dikkens
24. Alpomish va Odisseyning ortga qaytib, dushmanlarining dodini berishida kimlar ularga yordam beradi?
A) sodiq qullari B) xotinlari C) otalari D) vafodor jonivorlar
25. Mashhur “Utopiya” asari qaysi mamlakat Uyg‘onish davri adabiyoti namunasi hisoblanadi?
A) Italiya B) Angliya C) Fransiya D) Ispaniya
26. Angliya Uyg‘onish adabiyoti namoyondalari qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
A) Shekspir, K.Marlo B) R.Grin, F.Rable C) Petrarka, Servantes D) T.Mor, M.Lyuter
27. Ritsarlar haqidagi romanlarga parodiya sifatida yozilib, o‘rta asr dunyoqarashi hajv qilingan roman qaysi adabiyotga tegishli?
A) Italiya Uyg‘onish B) Fransiya Uyg‘onish C) Ispaniya Uyg‘onish D) Angliya Uyg‘onish
28. “Tushda kechgan umrlar” romanida qaysi mavzu asosiy o‘rinda turadi?
A) muhabbat, hajviya B) II jahon urushi, muhabbat C) I jahon urushi, qatag‘on davri
D) Afg‘on urushi, mustamlakachilik
29. “Gorio ota” romani qaysi adabiyotga tegishli?
A) fransuz romantizmi B) fransuz realizmi C) Ingliz realizmi D) AQSH romantizmi
30. Buyuk Britaniya romantizm adabiyoti namoyondalari qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
A) V.Shekspir, J.Bayron B) V.Skott, J.Bayron C) Ch.Dikkens, F.Kuper D) J.Bayron, M.Rid
Do'stlaringiz bilan baham: |