Dastur vazifalari.
Agressivlik darajasini pasaytirish;
Hissiy holatlarni anglashni o’rgatish orqali hissiy tartibga solishni uyg’unlashtirish;
Bolaning o’z ichki holatini va uning atrofidagilarning holatini tahlil eta olish qobiliyatini rivojlantirish;
Xavotirlik darajasini pasaytirish;
Bolalarga muloqotning konstruktiv shakllarini, xulq-atvor reaksiyalarini, xatti-harakatlardagi destruktiv (buzuvchi) elementlardan xalos bo’lish ko’nikmalarini shakllantirish;
G’azab, salbiy hissiy holatlarni ifoda etish va boshqarish usullarini o’rgatish;
O’z-o’zini anglash va o’z-o’zini boshqarishning yetarli darajasini rivojlantirish;
Bolada altruistik xulq-atvor, o’zidagi ijobiy xislatlarni namoyon qilishni shakllantirish.
Dasturning tashkiliy shakli. Dastur 10ta mashg’ulotdan iborat, mashg’ulotlar haftasiga 2marta o’tkaziladi, mashg’ulotning o’tkazilish soati 30-60 daqiqa, guruh 5-9 yosh oralig’idagi bolalardan iborat (soni 7-8ta).
Bolalarni tuzatish ishlari uchun tanlash psixodiagnostik metodikalar asosida amalga oshiriladi.
Diagnostik qism.
Zina metodi
“Ikki uycha” metodikasi.
Zina metodi.
“Bolalar, qo'lingizdagi qog'ozga 10 ta zinani chizing (psixolog bu zinalarni doskaga chizib ko'rsatadi).
Eng pastki zinaga chiqa oladigan o'quvchilar past bahoga o'qishar ekan. Ikkinchi zinaga o'rtacha o'quvchilar, uchinchisida undan yaxshiroqlari va eng baland zinaga eng kuchli o'quvchilar chiqa olishar ekan. O'zingizga baho bergan holda qaysi zinaga chiqa olishingizni chizib bering. O'qituvchingiz sizni qaysi zinaga chiqaradi, deb o'ylaysiz? Ota-onangiz sizni qaysi zinagacha chiqa oladi, debo'ylashadi?
Testni baholash:
1-3 zina – o'ziga past baho berish;
4-7 zina – o'ziga adekvat baho berish;
8-10 zina –o'ziga yuqori baho berish.
Zina metodi maktabgacha bo'lgan bolalarda va birinchidan to'rtinchi sinfgacha bo'lgan bolalarda o'ziga bo'lgan ishonchni aniqlash testidir. Bu test orqali bola o'zidagi imkoniyatlarni, hozirgi ahvolini anglab yetadi. Real “Men” bilan, maqsad qo'yganidagi paydo bo'lgan “Men”iga o'zini solishtiradi. Real ichki “Men”i bilan orzusidagi “Men”ining mos kelishi bolaning ruhiyatidagi kuchni ifodalaydi. Bolaning o'ziga ishonchi o'z resurslarini to'g'ri baholay olishi orqali shakllanadi. Resurslariga katta baho berish ota-ona tomonidan ortiqcha maqtovlarsababli paydo bo'layotgan bo'lishi mumkin. Resurslariga past baho berish esa, ota-ona tomonidan bolaga past nazar bilan qarash orqali bo'lishi mumkin. O'qituvchiga ikkala holat ham noqulaylik tug'diradi. O'ziga real “Men”idan yuqori baho berayotgan bola va ota-ona o'qituvchini past baho qo'yishda ayblaydi. O'ziga ishonch tuyg'usini paydo qilish uchun real “Men”i past bolaga biroz baland baho qo'yishi, uni maqtashi ota-ona tomonidan “bolaga qattiqqo'l bo'lavering” degan talabga ham olib kelishi mumkin. Bolaning o'ziga yaxshi berishi o'ziga ishonch, atrofdagilarning mehriga,
hurmatiga sazovor ekanligidan dalolat beradi. O'ziga past baho berish esa, o'zini ayblash, yomon ko'rish, atrofdagilaridan qo'llab-quvvatlashga sazovor bo'lmaslik
tuyg'ularini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |