Kichik maktab yoshi bolalar psixologiyasi. Qiziqishlar, emotsiyalar va fikrlashi



Download 196 Kb.
bet1/9
Sana01.06.2022
Hajmi196 Kb.
#626815
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KICHIK MAKTAB YOSHI BOLALAR PSIXOLOGIYASI. QIZIQISHLAR, EMOTSIYALAR VA FIKRLASHI.


KICHIK MAKTAB YOSHI BOLALAR PSIXOLOGIYASI. QIZIQISHLAR, EMOTSIYALAR VA FIKRLASHI.
REJA:
1.Kichik maktab yoshining o’ziga xos xususiyatlari
2.Kichik maktab yoshidagi bolalarda shahs xususiyatlarining shakllanishi
3. Kichik maktab yosh davrida shaxs shakllanishiга doir tadqiqotlarning moxiyati

Bu o’rinda o’sib kelayotgan yosh avlodni ruhiyati qonunyatlarini o’rganuvchi yosh davrlar va pedagogik psixologiya fanining o’rni va ro’li benihoya kattadir. Yosh avlodni yangicha ta’lim standartlari asosida, jahon talablariga javob beruvchi mutahassislar qilib tarbiyalash uzluksiz ta’limning bir bo’g’ini bo’lgan maktabda tahsil olayotgan yoshlar maktab ta’limi va tarbiyasining o’rnini nixoyatda oshiradi. Bu ish esa o’zidan tashqari, atrofdagilar bilan bo’ladigan munosabatlarda eng ilg’or va vatan taraqqiyotiga hizmat qiluvchi fikrlarni omma ongiga singdirish kabi muhim vazifani bajarishga hizmat qiladi. “Avvalambor, yoshlarimizning iymon-e’tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o’z mustaqil fikriga ega bo’lgan barkamol shaхslar etib tarbiyalash, maktab ta’lim – tarbiya ishlarining samarasini tashkil etadi,“ deb yuqori ishonch bilan aytishimiz mumkin.


Inson psixologiyasini bilish, o’z taraqqiyoti va iqtidorini tashkil etishni bilish, har qanday yosh davrida ham optimal tarzda ishga yaroqlilikni, turli o’zgarishlarga psixologik jihatdan tayyorlikni ta’minlash, yangicha fikrlash va tafakkur qilish, ro’y berayotgan jarayonlarni obektiv va to’g’ri idrok etish qobilyatini rivojlantirish muammosini ilgari surdi va bu ishlarni ta’limning kichik bog’inlarida amalga oshirish kerakligi ayon bo’lib qoldi. Shu sababli O’zbekiston respublikasining “Talim tog’risida”gi qonuni, “Kadrlar tayorlash milliy dasturi”da boshlang’ich sinf o’quvchilarining ta’lim-tarbiyasiga alohida ahamiyat berilganligi so’zimizning isboti bo’la oladi. Kadrlar tayorlash milliy dasturining asosiy tushunchalaridan biri- shaxs tushunchasi bo’lib, uning maqsadi ham mustaqil fikrlaydigan shaxsni tarbiyalashdir. Shaxsning xis-tuyg’ularini tarbiyalash, estetik va badiiy didni o’stirish, go’zallikka mehr uyg’otish insonparvar jamiyatning asosiy vazifalaridan biri bo’lib kelgan. Shaxs ma’naviyatini shakllantirishda bevosita ta’sir qiladigan muhim hayotiy omillardan biri ta’lim va tarbiya tizimi ekanligi muhtaram Birinchi Prizidentimiz I.A. Karimovning “Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch” asarida ilmiy asoslab berilgan.
Boshlang’ich ta’limni qonun talablari darajasida tashkil etishda ta’limni boshqaruv organlari rahbarlari, o’qituvchilar ota –onalar va keng jamoatchilikning vazifalari belgilab qo’yilgan va ana shu talablar asosida vazifa qilib olingan . Bu o’z navbatida ,o’quvchilarning bilish faoliyatlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanish , o’qituvchilarning ijodiy izlanish qobiliyatlarini rivojlantirish va amaliyotga moslashtirishni taqozo qiladi.
Shuningdek, boshlang’ich ta’lim konpensatsiyasida yetuk , ijtimoiylashgan , ma’naviy jihatdan shakllangan shaxsni yetishtirish masalasi ustuvor qilib qo’yilgan. Bunday maqsadga erishish uchun dastlab o’quvchilarning bilish faoliyatlarini rivojlantirishga ahamiyat berish lozim . Bunday faoliyat esa, atrof-muhit, tabiat va ijtimoiy hayotga nisbatan ongli yondoshuv natijasida rivojlanadi.
Boshlang’ich sinf o’quvchisining bilish faoliyatini rivojlantirish, ularning maylli-ehtiyojli, hissiy-ixtiyoriy, kognitiv sohalariga muntazam tarzda ta’sir o’tkazish orqali amalga oshadi. O’quvchilarni bilishga doir qiziqishlarini rivojlantirishdan ko’zda tutilgan asosiy maqsad ularda bilim olishga nisbatan ehtiyojni shakllantirish, qiziqishni uyg’otish, erkinlik tarzida o’z fikrlarini bayon etish, hamda fikriy faoliyat ko’nikmalarini shakllantirish va shu asosda yetuk shaxs qilib tarbiyalashdan iborat. Barkamol insonning shakllanishi uning kommunikativ qobiliyatlarining rivojllanishi, boshqalar bilan yaxshi munosabatlar o’rnatishi, jamiyat taraqqiyoti uchun baholi qudrat o’z hissasini qo’shib yashashi, shaxslararo munosabat qonunlarini bilishi va shu orqali jamiyatda o’zligini namoyon etishi ya’ni shaxs sifatida kamol topishi davlatimiz siyosatining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. SHu nuqtai nazardan olganda kichik maktab yoshidanoq bolalarning shaxs sifatida shakllanishini o’rganish mavzuning dolzarbligini ko’rsatib beradi.

Download 196 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish