Kichik guruhlarda ishlash. Kichik va katta guruhlar haqida tushuncha. Reja; Kichik guruhlarda ishlash.
Kichik va katta guruhlar haqida tushuncha.
Katta guruh bolalari faoliyatini rivojlantiruvchi mashqlar .
«Juftlik asosida tanishuv»treningi.
Toping-chi, bu kim? treningi.
Kichik va katta guruhlar haqida tushuncha va ular bilan ishlash. Plastiklik va kompensatsiya qonuni -hozirgi kunda bizda ham k o’pchilik olimlar bolaning psixik taraqqiyoti muammolarini, unga ta’sir etuvchi faktorlarni, ta’lim jarayonini faollashtirish, qobiliyatlarini shakllantirish muammolarini nazariy jihatdan ishlab chiqdilar.E.G’oziev ta’lim jarayonida o’quvchilar tafakkurining rivojlanishi, ularning aqliy taraqqiyoti, o’quv faoliyatini boshqarish, komil inson tarbiyasining psixologik muammolarini, B.R. Qodirov yoshlarning individual xususiyatlari, ularning faoliyatga y o’nalishlari, layoqat va birlamchi qobiliyatlarning shakllanishi, iqtidorli o’quvchilaring xususiyatlarini, kasb tanlash va boshqa katta muammoni ilmiy jihatdan asoslab berdilar.
XVIIasrdan boshlab filosofik va psixologik y o’nalishlarda bolaning taraqqiyoti haqida kurash boradi: psixologik y o’nalish tarafdorlari psixik taraqqiyot butunlay muhitga va turmush tajribasiga bog’liq deydilar.“Ideyalar tug’ma b o’ladi” degan nazariyaning yorqin namoyodasi Dekart(1596-1650) edi. Uning fikricha, tug’ma ideyalar intellektda boshlang’ich xolatda b o’ladi bu ideyalar moyillik sifatida “tug’ma b o’lib, faqat keyinchalik t o’la anglanguncha sekin asta taraqqiy etadi, shu bilan birga, tashqi tajriba ideyalar faoliyati uchun faqat turtki b o’lib xizmat qiladi, ularning yanada takomillashuvi uchun, material hisoblanadi deb k o’rsatildi.
Uning fikricha “Aqliy taraqqiyot darajasi, maxsus qobiliyatlar, shaxsiy sifatlar –genetik faktorlar bilan muhit faktorlari o’zaro munosabatining natijasidan iboratdir”. (Genetika M.Atomidat, 1966, 157-158 bet) Bu fikrdan:yuksak istehdodli kishilarning k o’payishiga xayrixoxlik bildirish lozim; insoniyatning eng yaxshi namoyondalarini k o’paytirish kerak “istehdodsiz” kishilar esa ko’payishdan o’zlari saqlashlari kerak” – degan xulosa chiqadi.
Amerikalik psixolog olim Stenli Xoll tomonidan kashf qilingan bu nazariya bola ona qornida hayvonlarning ota-bobolari bosib o’tgan davrlarni qisqacha takrorlashi t o’g’risidagi “biologik qonunga mexaniq ravishda asoslanishdan kelib chiqdi. Bu nazariya din va kapitalistik mafkurani bolalar uchun tabiiy bir narsadir deb isbot qilishga urindilar. Biogenetik qonun keyinchalik pedalogiya (bolalar haqidagi fan) ning asosiy “qonuni” b o’lib qoldi. Pedalogiya XIX asrning oxirida AQSH da maydonga keldi va bola taraqqiyotida tarbiyaning rolini kamsitdi. Ular bolaning psixik taraqqiyotini biologik va bola psixik muhiti faktlarga bog’liq deb k o’rsatdilar.
Demak, psixik taraqqiyot ham qarama-qarshiliklar kurashidan iboratdir. Psixik taraqqiyot qonuniyatlariga:
Notekistlik qonuni.
Psixika integratsiyasi qonuni.
Plastiklik va kompensatsiya qonuni kiradi.
1. Psixik rivojlanishning notekistligi shundan iboratki, har qanday sharoitda, xatto ta’lim tarbiyaning eng qulay sharoitlarida ham shaxsning turli psixik belgilari, psixik funktsiyalari va psixik xususiyatlari rivojlanishining bitta darajasida t o’xtab turmaydi. Bolalarga bir xil tarbiya berilsa ham bolalar uni turlicha qabul qiladilar. Chunki ularning o’ziga xos individual xususiyatlar mavjud, nerv tizimining xususiyatlari, tiplari turlicha, yashasha sharoiti tarbiyaviy ta’sirlar turlicha b o’lgani uchun ham psixik taraqqiyot yo tezlashib, yo sekinlashib bahzan t o’xtab tutilib qolishi mumkin. Shu sababli psixik taraqqiyotni notekis rivojlanishi mumkin deb ehtirof etiladi.
2. Integratsiya qonuni – inson psixikasini o’z taraqqiyoti davomida tobora k o’proq yaxlitlik, birlik, mustaqillik va doimiylik xususiyatlarini kasb eta borishidir. Bunda yoshlikda hosil b o’lgan psixik xususiyatlar taraqqiyot davomida bora -bora kishining asosiy xususiyatiga, yoki xarakter xislatiga aylanadi va bu xislat shu kishining hayotida yaqqol k o’zga tashlanadigan b o’lib qoladi. Bu qonunga binoan psixik rivojlanish psixik xolatlarning asta-sekin o’sib, shaxs xislarlariga aylanishdan iborat b o’lgan qonundir.
3. Plastiklik va kompensatsiya imkoniyati qonuni. Bu qonun asab tizimining plastiklik xususiyati bilan bog’liqdir.
Rus pedagogi A.S. Makarenko “Bola o’yinda qanday b o’lsa, o’sib ulg’aygach ishda ham k o’pincha, k o’p jixatdan shunday b o’ladi” –deb t o’g’ri aytgan edi. A.M. Gorg’kiy “ O’yin bolalar yashayotgan va o’zgartirishi ish lozim b o’lgan dunyoni bilish y o’lidir”-deb bejiz aytmagan. Haqiqatdan ham o’yin har bir yosh bosqichda bolaning tevarak atrofdagi hayotni va kishilar o’rtasidagi turli munosabatlarni har tomonlama bilib olishga qaratilgan faoliyatidir.
Sharq mutafakkiri Abu Ali ibn Sino ham bolalikni quyidagi davrlarga ajratgan:
podsholik davri 5 yoshgacha
qullik davri (6-12 yoshgacha)
o’rtoqlik d o’stlik davri deb bolaning keyingi taraqqiyoti davrini nazarda tutgan.
Podsholik davrida bolaning yoshligi uni aytganini kattalar tomonidan bajarilishini, bola o’zini “shirin” qiliqlari, gaplari bilan kattalarni o’ziga rom qilishni ehtiborga oladi. 6-12 yoshgacha b o’lgan davrni qullik davri deb bejiz aytmagan, albatta Chunki bu davrda bolani xulq atvorga o’rgatish, kishilar bilan o’zaro munosabatlarda qoida –qonunlarga b o’ysunish, mehnatga o’rgatish, unga nisbatna ijobiy munosabatni shakllantirish, bilim olish o’qish, o’rganish, mehnat qilishda qiyinchiliklarga bardosh berish, milliy anhanalarimizga sadoqatli b o’lish, kattalarni, mehnatini qadrlash kabilarga muhabbat ruhida tarbiyalashda bolaga nisbatan ehtibor qaratgan.
D o’stlik davri esa bolaga do’stlarga munosabatda bo’lish ularni xurmat qilish, qilgan ishlarini qadrlash, munosbatalarda samimiy b o’lish lozimligini nazarda tutadi.
Chet el psixologlari ham bolalikni davrlarga ajratish masalasiga katta ehtibor berilgan. Jumladan Shveytsariyalik psixolog J. Piaje bolaning aql idrokiga xos b o’lgan xususiyatlariga qarab : 1) sensomotor intellekti (0-2 yoshgacha); operatsiyalardan ilgari tafakkur davri (2-7 yoshgacha) 3) aniq operatsiyalar davri (7,8-11,12 yoshgacha); 4) rasmiy operatsiyalar davri deb ajratadi. Frantsuz olmi, psixolog A.Valon bolaning jismoniy rivojlanishga qarab (xomilaning ona qornidagi davri, impulg’siv harakat davri- 0-6 oygacha, xis-tuyg’u davri -6 oydan-1 yoshgacha sensomotor davri -1-3 yoshgacha; shaxsga aylanish davri -3-5 – yoshgacha; farqlash davri -6-11 yoshgacha; jinsiy yetilish va o’spirinlik davri (12-18 yoshgacha) deb ajratgan. Shuningdek chet el psixologiyasida bolani psixik rivojlanishi tomonidan davrlarga ajratish t o’g’risida k o’pgina materiallar t o’plagan. Bu materiallar asosida bolalikni 2 keskin davrga ajratilgan.
1) g o’daklik davridan maktabgacha tarbiya davriga o’tishdagi inqiroz davri (3 yoshlik inqiroz davri deb ataladi);
2) kichik maktab davridan o’smirlik davriga o’tishi (balog’atga yetish inqirozi davridir)
Bu ikki davr o’rtasida juda katta farq va o’xshashliklar mavjud. Jumladan har ikkala davr ham o’zining mustaqilligi va kattalar bilan o’zaro munosabati jihatidan farqlanadi.
Rus psixologlari P.P. Blonskiy va L.S. Vigotskiylar bolalikni davrlarga ajratishda bolaning yashash sharoitini o’zgarishi, ta’lim-tarbiya mazmuni va usullarini o’zgarishini ham taraqqiyotga ta’sir etishini alohida ehtiborga olish lozimligini k o’rsatadilar. Ular har bir yosh davr psixik rivojlanishda alohida sifat o’zgarishlariga, bola shaxsining tuzilishida turli xususiyatlarning shakllanishi bilan farqlanishiga asoslanadilar. Shuningdek L.S. Vigotskiy aqliy taraqiyotni ikki bosqichini: aktual o’sish bosqichi va eng yaqin o’sish bosqichini ajratadi. U yosh davrlarga ajratishning ilmiy manbai rivojlanishni vujudga keltiruvchi ruxiy yangilanishlarga tayanib deb bolalikni quyidagi bosqichlarga ajratadi.
Chaqaloqlik davri -2 oygacha b o’lgan davr inqirozi.
G o’daklik davri -2 oylikdan 1 yoshgacha b o’lgan inqiroz davri.
Ilk bolalik davri 1-3 yoshgacha b o’lgan inqiroz davri.
Maktabgacha davr -33 yoshdan 7 yoshgacha inqiroz b o’lgan davr.
Maktab yoshi davri -8-12 yoshgacha inqiroz b o’lgan davr.
Pubertat (jinsiy yetilish) davri -14-18 yoshgacha b o’lgan inqiroz davri.
Kyinchalik, rus psixologi D.B.Elg’konin bolalikni psixik taraqqiyot va bola faoliyati xarakteriga qarab 3 asosiy guruhga ajratadi.
I guruh: 1) bevosita hissiy aloqada b o’lish (0-1 yoshgacha);
2) predmetlarni q o’l bilan harakatga keltirish davri (1-3 yoshgacha
II guruh: 1) rolli o’yinla faoliyati davri (7-10 yoshgacha);
2) o’qish faoliyati davri (7-10 yoshgacha ) ;
III guruh: 1) o’zaro samimiy , munosabatda b o’lish davri (10-15 yoshgacha);
2) o’quv professional faoliyat davri, kasb tanlash davri (17 yoshgacha)
D.B. Elg’koninning yosh davrlarni tabaqalash haqidagi ta’limoti bolalar psixologiyasida muhim o’rin egallaydi. Bolalar psixologiyasi fanining yana bir namoyondasi A.A. Lyublinskaya ijodida ham yosh davrlarni tabaqalash malakasiga katta o’rin berilgan. Olima bola kamolotini uning faoliyatiga qarab davrlarga ajratadi.
1. Chaqaloqlik davr (0-1 yoshgacha).
2. Kichik maktabgacha davri –(1 oydan -1 yoshgacha).
3. Maktabgacha tarbiyadan avvalgi davri 1 yoshdan 3 yoshgacha.
4. Maktabgacha tarbiya davri (3-7 yoshgacha).
5. Kichik maktab yoshi davri (7-11-12 yoshgacha).
6. O’rta maktab yoshi davri (13-15 yoshgacha).
7. Katta maktab yoshi davri (15-18 yoshgacha ).
Hozirgi zamon psixologiyasining k o’zga k o’ringan yirik psixologi A.V. Petrovskiy turli yosh davrlarning o’ziga xos psixologik xususiyatlarini hisobga olib, yoshlikni quyidagi davrlarga ajratadi.
Ilk bolalik (0-3 yoshgacha).
Bohcha davri (3-7 yoshgacha).
kichik maktab yoshi davri (7-11 yoshgacha).
O’rta maktab yoshi o’smirlik davri (11-15 yoshgacha).
Yuqori sinf o’quvchisi (ilk o’spirinlik ) davri (15 yoshdan 17 yoshgacha).