Qo`shimcha qism: Bolalarga nonvoy mehnati haqidagi videorolik namoyish etish.
E’tiborga molik jixat: Bolajonlarni kasbga bo`lgan mehr muxabbatini uyg`otish
3.Sensor tarbiya lotincha so’z bo’lib- hissiyotlarni tarbiyalash, bolalarning hissiy jarayonlarini muayyan maqsadga yo’naltirilgan holada to’laqonli rivojlantirishni nazarda tutadi.
Sensor tarbiya jarayoni o’zida buyumlarning shakllari, hajmi, ular orasidagi munosabatlar ko’lamini idrok etish,musiqa tinglash qobiliyati, nutqni tovush jihatdan tahlil qilish ko’nikmasining takomillashishini ta’minlaydi. Shuning uchun ham sensor tarbiya maktabgacha ta’lim jarayonida alohida ahamiyatga ega. Chunki aynan shu davrda boladagi hissiy jarayonlar jadal rivojlanadi. Bu davrda hissiy a’zolarning mashq asosida rivojlanishiga alohida e’tibor qaratish talab etiladi. Quyida sensor tarbiyani shakllantiruvchi uch hil o’yinni ko’rib chiqamiz
“Predmetlarni joyini top”o’yini
Mazkur o’yin 4-5 yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan.
O’yin maqsadi: predmetlarni guruhlashtirish, umumlashtirish va ketma-ketligini hamda diqqat va idrokining rivojlanganlik darajasini aniqlashga. Mayda matorikani rivojlantirish.
O’yin qoidasi: Bolalar predmetlarni shakli va ranggiga qarab, o’z joyiga qo’yadilar.
O’yin materiali: turli xil geometrik shakllar tasvirlangan rasmlar. O’yin uchun 10 daqiqa vaqt ajratiladi.
Ko‘rsatma: Quyida turli xil predmetlar rasmlari berilgan. Siz ushbu predmetlarning shakliga qarab o‘z o‘rniga joylashtiring.
“Nima tasvirlanganligini top” o’yini.
O’yin maqsadi: Bolalarning idrokini o’rganishga mo’ljallangan bo’lib, Bola predmetlarni ushlab ko’rishi va ranggini aniqlash orqali sensor tarbiyani rivojlantirish.
O’yin materiali: baliq rasmi noto‘liq va to‘liq tasvirlangan 4 ta rasm.
O’yin qoidasi: Bola rasmning bir necha qismlari yordamida butun rasmni yasashi talab qilinadi.
Bolaga rasmning A qismi ko‘rsatiladi va shu asosda rasmda nima tasvirlanganini topish taklif etiladi. Buning uchun 10 soniya vaqt beriladi. Agar bolalar bu vaqt
ichida rasmda nima tasvirlanganini topa olmasa yana 10 soniyaga unga rasmning B qismi ko‘rsatiladi. Shu tariqa rasm qismlari to bola unda nima tasvirlanganini bilmagunicha ko‘rsatiladi. A) B) V) G)
A) B) V) G)
“Shaklidandan top” o’yini
O’yin maqsadi: Bolalarni sezgisini rivojlantirish va idrok etishga undash.
O’yin materiali: Bog’ich (ko’zni berkitish uchun) , meva va sabzavotlar maketlari.
O’yin qoidasi: bolalar meva va sabzavotlar (maket) tayyorlangan stolga o’tiradilar va ko’zlari bog’langan holda meva va sabzavotlarni ushlab ko’rib nomlarini aytadilar
.
Bu kabi sensor tarbiyani oshirishga qaratilgan o’yinlarni juda ham ko’p sanab o’tishimiz mumkin. Didaktik rivojlantiruvchi o’yinlar tarkibida bunday o’yinlarni ko’plab keltirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |