Yozgi sog‘lomlashtirish davrida ta’lim jarayonini mavzuli rejalashtirish
KICHIK GURUH
IYUN
OY MAVZUSI: BAXTLI BOLALIK!
Guruh
|
Kichik
|
Mavzu
|
Baxtli bolalik
|
Muddati
|
Iyun 1-hafta
|
Rivojlanish sohalariga oid maqsadlar
|
Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi
|
Saf, doira bо‘lib saflana oladi,bir joyda ikki oyoqlab sakraydi, turli usullar bilan yuradi, xalqaga arqonni kirgizadi, katta koptoklarni masofaga ikki qо‘l bilan, о‘tirib, turib irg‘itadi. Mustaqil qо‘li, yuzini yuvadi, tishlarini tozalaydi, sochiqdan foydalanadi.
|
Ijtimoiy-hissiy rivojlanish
|
О‘zi haqida–“men” deb birinchi shaxs nomidan gapiradi, о‘zi haqida sо‘zlaydi, hissiyotlarini ifodalaydi.
|
Nutq, muloqat, о‘qish va yozish malakalari
|
Rasmda kо‘rgan narsasi haqida sо‘zlaydi, turli savollarga javob beradi, muloqot davrida faollik bildiradi.
|
Bilish jarayonining rivojlanishi
|
Bitta belgi asosida predmetlarni ajratadi, qurilish bloklaridan tо‘g‘ri foydalanadi, bilimlarini mustahkamlaydi. Bitta va kо‘pni ajratadi, geometrik shakllarni farqlaydi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |