Bodom kabi ya’rog’i, Sollonadi butog’i, Uzi shirin, tukligina, Mazasi totligina. (Shaftoli)
Malla topni sa’-sariq, Murobbosi mazali. ‘alovga bossa bo’lar, ‘odvolga ossa bo’lar. (Behi)
Mayda, yoqutday qizil, Shirii, nordon, xilma-xil. Qalin, taxir ‘o’sti bor, Hamma erda do’sti bor. (Anor)
Bolalar mana shu o’simliklarning tasvirini yoki bargini ko’rsatishlari kerak va h. k. Xuddi shu o’yinni sabzavotlar bilan ham o’tkazish mumkin. Masalan:
‘ak-’akana bo’yi bor, Qavat-qavat topni bor. (piyoz)
Qat-qat topnli, Qarich bo’yli. (Karam )
Er tagida oltin qoziq,U hammaga bo’lar oziq.
(Sabzi)
Bir barmoqcha bo’yi bor,Qizil baxmal topni bor (Garmdori)
Bolalarning mevalar topg’risidagi tasavvur va tushunchalarini mustahkamlash uchun sabzavot magaziniga ekskursiya uyushtirish mumkin. Ikkinchi galda ekskursiya yaqinroqda joylashgan bozorga uyushtiriladi.
Ko’zlanganmaqsad . Bolalarni kuz faslida o’lkamizda ‘ishadigan mevalar, sabzavotlar bilan tanishtirish. Saxovatli ona o’lkamizda turli-tuman mevalar etilishi, ularning o’sib rivojlanib, mo’l hosil berishida mehnatkash dehqon, bobolarimizning xizmati kattaligi haqida bilim berish. Bolalarda oia o’lka tabiatidan g’ururlanish hissini uyg’otish, uni o’stirgan bog’bon va dehqonlarga nisbatan hurmat va muhabbatni tarbiyalash. Mashg’ulotlardan birida sabzavotlarni, ikkinchisida, mevalarni ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir.
Mashg’ulotda maqsad. Mevalarning tashqn ko’rinishi haqidagi tasavvurlarini aniqlash, meva tushunchasini aniqlashtirish ular bog’larda o’stirilishini, bog’bonlar o’stirishini aytish. Bolalarni tekshirib ko’rishga mashq qildirish solishtirish ko’nikmasini takomillashtirish mevalarning nomini, aniq belgilarini bolalar lug’atiga kiritish. Ona tabiatimizdan g’ururlanish hissini uyg’otish. Ustirgan dehqonlarga nisbatan hurmat, muhabbatni tarbiyalash.
Mashg’ulotni tashkil etish . Bolalar stollar atrofida o’tiradilar. Mevalardan behi, olma, anor, nok katta lagan yoki savatchaga solingan, ta’mini bilish uchun alohida tarelkada bo’laklarga bo’lib qo’- yilgan mevalar tayyorlab qo’yiladi.
Mashg’ulotni tashkil etish . Bolalar bilan birgalikda kolxoz bog’ida, bozorda qanday mevalar ko’rilgani, ularni kimlar etishtirgani eslatiladi. Tarbiyachi bolalarga navbati bilan stol ustidagi idishda turgan mevalar nomini aytishni taklif etadi. «Nokni qo’lingizga olib ko’rsating», «Uni nima uchun nok deb atadingiz?» Qaerda o’sadi? Boshqa mevalarni ko’rishda ham xuddii shu topshiriq takrorlanadi. So’ngra, ikkita mevany bir-biridan farqi, shakli, rangi, katta-kichikligi, ustky ko’rinishi aniqlanadi. Bu farqlarni aniqlashda bolalar mevalarni ushlab, silab, hidlab, dumalatib, bir-birini oldiga yaqinlashtirib ko’rish kabi usullardan foydalanadilar. Shundan so’ng, mevalarning farqlanishi haqidagi xulosa chiqariladi, tarbiyachi bolalardan ular bozorda yoki boshqa joyda yana qanday mevalarni ko’rganlarini, ularning nomini so’raydi. Ularni nima uchun meva deb atalishini so’raydi. Mashg’ulot oxirida bolalar mevalar bilan mehmon qilinadi. Xuddi shunday mashg’ulot boshqa mevalar hamda sabzavotlar bilan ham o’tkazilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |