Franchayzingning mohiyati va ustuvorligi. Oxirgi yillari imtiyozli tadbirkorlikda franchayzing keng qo' llanila boshladi. Ishbilarmonlikning ushbu shaklida franchayzer (odatda, yirik bosh kompaniya) kichik firma yoki biznesmenni belgilangan ma'lum hududda tovar, reklama xizmati, biznes texnologiyalari bilan ta'minlashni o'z zimmasiga oladi.
Buning evaziga firma (franchayzi) kompaniyaga (franchayzerga) menejment va marketing sohasida xizmat ko'rsatish va shu kompaniyaga o'zining ma'lum kapitalini qo'yish majburiyatini oladi. Odatda, franchayzing faqat kompaniya franchayzer bilan ish olib borish majburiyatini olib, biznesda uning ko' rsatmalariga bo'ysunishga harakat qiladi.
Franchayzi korxonasi franchayzer tomonidan tashkil qilingan tizimning bir qismi sifatida faoliyat yuritadi. Hozirgi vaqtda AQSHda yarim milliondan ortiq korxona imtiyozli ishbilarmon faoliyati bilan shug'ullanadi. Ulaming ulushi mustaqil korxonalarga nisbatan oshib bormoqda.
Franchayzingni yoymoq uchun yirik firma egalari vaqt-vaqti bilan ko'rgazma o'tkazishadi. Bundan maqsad kishilarni imtiyozli ishbilarmonlik bilan shug' ullanishga jalb etishdan iborat.
Ishbilarmonlikning bu turi yoqilg' i quyish shoxobchalari (32%), yengil va yuk mashinalari bilan savdo-sotiq qilish (6%), restoran va ovqatlanishda tez xizmat ko' rsatish (7%) biznesida keng quloch yoygan.
Franchayzingning asosiy ustuvorligi bitim tuzgan korxonalarning aniq ixtisoslashishidir. Yirik firmaning ko' mak berishi franchayzingni tijorat tavakkalini kamaytiradi. Bosh firma o'qitish ishlari olib boradi va franchayzi-korxona ish faoliyatini doimo nazorat qilib turadi.
Shu bilan birga tizim ba'zi kamchiliklardan xoli emas. Uning eng asosiy kamchiligi qisman mustaqillikni yo'qotishdir. Franchayzi korxonasi bosh firma bilan yuridik bitim orqali bog'langan bo'lib, uning qonun qoidalari talabiga bo' ysunadi, franchayzer kompaniyasining ko'rsatmalarida bayon etilgan biznesni olib borish uslublariga rioya qiladi. Bu esa, o' z navbatida, tashabbuskorlikni yo'qotishga olib keladi.
Kichik korxonalar faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona va tashkilotlar faoliyat yuritishlarini mablag' bilan ta'minlash iqtisodiy muammolardan biri bo' lib, katta tavakkalchilikni talab etadi. Sarflangan mablag' Jami qaytarish, qoplash muddati qanchalik uzoq bo' Isa, bu xavf darajasi ham shunchalik oshib boradi. Chunki, bu muddat ichida bozor kon'yunkturasi ham, narx-navolar ham, ish haqi to' lovlari ham sezilarli oshib boradi. Shuning uchun, iqtisodiyot barqaror bo' lmagan sharoitlarda (ayniqsa, bu holat nafaqat ayrim tovar bozori, balki butun mamlakatga xos bo'lsa) xarajatlari tezroq qoplanadigan samarali loyihalarga mablag' sarflash maqsadga muvofiqdir.
Bunday yondashuv fan-texnika taraqqiyotining sur'ati eng yuqori bo' lgan va yangi texnologiya yoki mahsulotlarning kirib kelishi oldingi investitsiyalarni tezda qadrsizlantirib yuborishi mumkin bo' lgan tarmoqlar uchun juda muhimdir. Bundan tashqari, pulni oluvchi yetarli obro'ga ega bo'lmasa va mablag' egasi uzoq muddatga unga pulni ishonishni xohlamasa ham mablag'ning o'zini qoplash muddatiga qarab ish ko'riladi.
Misol tariqasida, «Jahongir» kichik korxonasining mablag' bilan ta'minlanish va uni o'zlashtirish tartibini ko'rib chiqamiz. Korxona ixtiyorida o'zlashtirish uchun 120 ming so'mlik xomashyo resurslari va tayyor mahsulotlar mavjud. Mazkur resurslardan foydalanish natijasida korxona 35 ming so'm daromad olishni ko'zda tutmoqda. Shu asnoda korxona rivojlanish fondidan ajratilgan pullar va bankdan olingan kreditlarni 4 yildan kechiktirmasdan qaytarishi rejalashtirilgan. Xo' sh, ushbu loyiha talabni qondira oladimi?
Buning uchun quyidagi hisob-kitoblarni amalga oshiramiz.
Korxona xarajatlarini qoplash muddati quyidagi formula orqali hisoblanadi:
Xarajatlarni
Boshlang'ich
120000
qoplash
investitsiyalar
3,4 yil (])
muddati
Har yilgi pul daromadlari
35000
Mazkur hisob-kitobdan ko'rinadiki, hisoblab chiqilgan xarajatlarning qoplanish muddati belgilangan muddatdan ancha kam (8 oyga). Demak, investitsiya ajratishning ushbu varianti qulaydir.
Ammo amalda pul daromadlari har yili har xii bo' ladi. Odatda, ular ish boshida kamroq bo'lib, keyinchalik o'sib borishi mumkin (agar loyiha biror-bir aniq maqsadni ko'zlagan bo'lsa va ishlab chiqaradigan mahsulot xaridorgir bo'lsa). Bunday holatda xarajatlarni qoplash muddati ancha boshqacha bo' ladi.
Faraz qilaylik, investitsiya miqdori misolimizdagi kabi bo' lib, yillar bo'yicha ko'zda tutiladigan tushumlar quyidagicha bo' Isin:
birinchi yilda 25 ming so' m; ikkinchi yilda 35 ming so'm; uchinchi yilda 48 ming so'm; to'rtinchi yilda 54 ming so'm.
Bulardan ko'rinadiki, 3 yilda daromadlar hajmi 108 ming so'mni tashkil etadi. Demak, investitsiyaning to'liq qoplanishi uchun to'rtinchi yili davomida atigi 12 ming so' m talab c:Liladi. Bu summani to· rtinchi yilda ko'zda tutilgan daromadlar summasi (54 ming so'm) ga teng bo'lib, shu yil uchun xarajatlarning qoplanish muddati 0,22 yilga ega bo'lamiz. Shunday qilib, xarajatlarni qoplash muddati 3,22 yilni (3,0 + 0,22) tashkil etadi.
Investitsiyalarni tahlil qilishning bunday usuli oddiyligi va aniqligi bilan ajralib turadi. Uning qulayligi yana shundaki, agar investitsiya yo' I qo 'yiladigan muddatda qoplanishi nuqtai nazaridan baholanganda, u investitsiya ning qaltisligi haqida ham aniq tasavvurga ega bo' lishga yordam beradi. Shu boisdan, bunday hisob-kitob inveshts1yani baholashning eng mukammal usullariga foydali qo'shimcha bo'la oladi. Chunki ular, ko'pincha, kutilishi mumkin bo'lgan iqtisodiy inqiroz xavfini unchalik yaqqol ifodalay olmaydi.
Bu usulning ham o' ziga yarasha kamchilik va nuqsonlari bor, albatta. Birinchidan, u pulning vaqt davomida qiymat o' zgarishini hisobga
olmaydi. Ikkinchidan, yuqorida keltirilgan formulada investitsiya to'liq qoplangandan keyin tushadigan daromadlar ham ko'rsatilmagan. Zero, yangi fondlar undan keyin ham ishlatiladi. Shu sababli, ushbu kamchiliklami hech b·o lmaganda qisman bartaraf etish uchun, xarajatlami qoplash muddatini so'mning bugungi va kechagi qiymati o'rtasidagi farqni hisobga olgan hoIda qo· IIash maqsadga muvofiqdir.
Pullar yoki sarflangan mablag'larning bugungi va kechagi qiymatlari
·o rtasidagi farqni hisobga olish uchun investitsiyalarning qoplanishi hisob kitob qilinayotganda kelgusidagi daromadlar diskontlash koeffitsiyentlariga ko'paytiriladi. Diskont koeffitsiyentlari quyidagi formula orqali hisoblanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |