Iqtisodiy nochor korxonalar - muayyan miqdorda kapital yo' qotish, ishlab chiqarish maydonlarini qisqarishi, ishsizlar sonining ortishi, raqobatbardosh bo' lmagan mahsulot ishlab chiqaradigan va buning uchun katta miqdorda materiallar, xomashyo, yonilg'i, mehnat resurslari sarflaydigan qoloq, samarasiz korxona.
Investitsiya - kelgusida foyda olish, samaraga erishish maqsadida biror-bir korxonaga uzoq muddatga kapital qo'yish.
Investor - investitsiya bilan shug'ullanuvchi yuridik shaxs yoki fuqaro.
Injiniring korxona - muhandislik maslahat xizmatlarini tijoratchilik qoidalariga asoslangan holda amalga oshiradigan korxona.
Inqirozga qarshi mo'ljallangan choralar dasturi - O'zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan 2009-2012-yillarga mo' ljallanib inqirozga qarshi ishlab chiqilgan choralar dasturi bo' lib, mazkur dasturda talab va taklifni rag'batlantirishga yo'naltirilgan bir qator moliyaviy imtiyozlar va barqaror iqtisodiy o'sish sur'atlarini ta'minlovchi chora tabdirlar majmui o'z aksini topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |