Venchur korxonalari - davlat, yirik firmalar bilan shartnoma asosida ilmiy izlanishlar olib boruvchi, muhandislik ishlarini yaratuvchi, yangiliklarni tatbiq etuvchi korxona.
Garantiya - kafillik, ishontirish, gardaniga olish, biror-bir narsani ta'minlaydigan sharoit. Shartnoma tuzuvchi tomonlar, masalan, shartnomaning bajarilishiga, agar bajarilmasa, zararlami qoplashga kafillik beradi.
Giperinflyatsiya - pul qadrsizlanishining juda yuqori sur'atini ifodalaydi. Bunda pulning qadrsizlanishi yiligi 1000 foizdan ortadi.
Daromadlar - korxona, tashkilot, firrnalar faoliyatining muhim ko'rsatkichi bo'lib, faoliyatning barcha tomonlaridan kelishi mumkin. Savdo firrnasi, do·konning daromadi molning xarid narxi biIan sotilish narxi ·o rtasidagi tafovutdan kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |