Kichik biznes



Download 0,78 Mb.
bet11/243
Sana31.12.2021
Hajmi0,78 Mb.
#271099
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   243
Bog'liq
ARM Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик Болтабаев М Дарслик 2011 (1)

(1914-y.)

Amaliy faoliyatning ayrim turlarini ta'qiq etuvchi Sherman Qonuniga q·o shimcha kiritildi (narxlarni kamsitish turlarini aniqlash, shartnomaga hamkor harakatini cheklovchi moddani kiritish, sotishning cheklash tajribasini q·o Hash, boshqa korporatsiyalar aksiyalariga ega bo"lish. qo"shma

direktorat tashkil etish)



Uiler Li qonuni (1938- y.)

Raqobatga zarar keltirish yoki keltirmaslikdan qatiy nazar nopok, firib harakat va usullarni ta'qiqlash; oziq-ovqat, dori- darmon reklamasi ustidan Federal savdo komissiyasining nazoratini ta'sis etish

Tovaming aslligi uning

Keng iste'mol tovarlar o'rami va markalashiga qoida joriy

o'rami va markasida aks

etishi haqidagi qonun (1966-v.)

etilishi o·ram ichida nima borligini, ishlab chiqargan shaxs

nomi va o·ram ichidagi narsaning aniq miqdorini k·o rsatishni talab ailadi



lste'mol tovarlarining




lste'mol

tovarlarining xavfsiz

bo'lishi

bilan

bog'liq

xavfsiz bo'lishi haqidagi

muammolar bo'yicha komissiya ta'sis etilishi va unga

qonun (1972- y.)

iste'mol tovarlariga nisbatan xavfsizlik standartlarini




qo'llash va ushbu standartlarga rioya etmasligi uchun







, ,

n'II--'- " ' _,_,: '- ,;u;










Qarzlami vijdonan

undirib olish haqidagi qonun (1978- v.)



Qarzlami undirib olishda odamlarni qo'rqitish, ta'qib qilish, ayovsizlarcha munosabatda bo' lish, tuhmat qilish noqonuniy deb e'lon qilindi

    1. Kichik biznes va tadbirkorlik muhiti hamda unga ta'sir etuvchi omillar

Har qanday tadbirkorlik ma'lum bir hududda: mamlakat, viloyat, shahar yoki qishloq miqyosida olib boriladi. Tadbirkorlik faoliyatini samarali olib borish uchun ma'lum bir ishchi muhiti bo'lishi kerak. Bunday muhit ayrim hududlar miqyosida mujassamlanib, o'zida ishbilannonlikni amalga oshirishni mujassamlantirgan. Umumiy holda tadbirkorlik muhiti asosan quyidagi to'rt omil: huquqiy, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy omillaming o' zaro bog' liqligi natijasida amalga oshiriladi.

Ular ijobiy yoki rag'batlantirish ko'rinishida ham shakllanishi mumkin. Ushbu holda mamlakat yoki mintaqadagi mavjud shart-sharoitlar tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun mos bo' ladi. Chunki, bunday muhit tadbirkorga amalga oshirayotgan ishlarining natijalari qanday bo'lishini oldindan ko'ra bilishiga keng imkoniyat tug'diradi. Tadbirkorning o' z ishi natijalarini oldindan ko' ra bilishi tavakkallik tushunchasiga teskari holda ifoda etiladi. Agar tadbirkor ma'lum bir muhitda tavakkalchilik asosida faoliyat yuritayotgan bo' Isa, u hoIda u o'zgaruvchanlik, beqarorlik, tavakkalchilik biIan tavsiflanadi .

..-, Bunday muhit yuqorida keltirilgan ijobiylmuhitga to' g' ri kelmaydi. Amalda ko'p hollarda tadbirkorlik muhitining ma'lum bir omili tadbirkorning ish natijalariga asosiy ta'sir ko' rsatadi, deb bo' lmaydi. Chunki tadbirkorni ko' proq tadbirkorlik muhitini belgilovchi omillarning o'zaro bog'liqligi qiziqtiradi.

Yuqorida ta'kidlab o'tilgan omillardan huquqiy omillar asosiy omil hisoblanadi, chunki tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun tadbirkorlik muhitida amalga oshiri lishi mumkin bo' lgan o' yinlar qoidasini ko' rsatib beradi. O'yinlar qoidasi tushunchasi ruxsat etilgan va amalga oshirilayotgan ish (harakat)larni o' z ichiga oladi. Ruxsat etilgan ish (harakat)larga nisbatan o'yin qoidalari turli shaklda namoyon bo'ladi. O'yin qoidalari nima qilish mumkin-u nima qilish mumkin emas tamoyili asosida ishlab chiqilishi mumkin.

Bu qoidalarda tadbirkorlik faoliyatini olib borish yo' lidagi barcha chegara yoki cheklovlar yaqqol ko'rsatib berilishi kerak. Umuman, huquqiy omil tadbirkorlik faoliyatini yuritish yo'lidagi barcha qonunlar (soliq, yer, mehnat munosabatlari) va yo'riqnomalar majmui bo'lib, tadbirkorlik faoliyatini tartibga soladi hamda tadbirkorning iqtisodiy jarayondagi boshqa subyektlar bilan munosabati ni mujassamlantiradi.

Huquqiy bazaning to' liq yoki bir me'yorda;Yuritilmasligi tadbirkorlik faolligi darajasiga katta salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Hozirgi kunda

O' zbekiston Respublikasida amaliyotda tatbiq etilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosini tashkil etayotgan bir butun huquqiy baza mavjuddir.

Huquqiy omilning tavsifiga «huquqiy madaniyat» tushunchasi ham kiradi. Buning ostida millatning qonunlarga to' liq rioya etishi, ya'ni insonlarning ongida qonunlar talabini bajarish kerak degan tushunchaning bo'lishi tushuniladi. Agar, barcha zarur qonunlar qabul qilinsa-yu, lekin ular amalda ishlamasa yoki tatbiq etilmasa, bunday jamiyatni qonunlarga bo'ysunuvchan deb bo'lmaydi va buni tadbirkor o'z faoliyatini yuritishda e'tiborga olishi shartdir.

Siyosiy omil tadbirkorlik jarayonida bo'layotgan barcha hodisalarga davlatning munosabati va ularga davlatning ta'sirini belgilab beradi. Davlatning tadbirkor faoliyatiga gay darajada ta'sir ko'rsatishi yoki aralashishi kerakligi ham siyosiy omil tushunchasiga kiradi. Bunday aralashish oldindan belgilanmagan yoki belgilangan bo'lishi mumkin. Umuman, tadbirkorlik faolligi darajasiga davlatning munosabati rag'batlantirish yoki betaraflik ko'rinishida namoyon bo'ladi.

Har bir mamlakatda tadbirkorlikning rivojlanishiga undagi siyosiy tizimning barqarorligi katta ta' sir k·o rsatadi. Agar siyosiy tizim barqaror b·o Imasa, tadbirkorlar katta investitsiyalarni jalb etmasdan yuqori darajadagi foyda olish maqsadida kichik muddatga mo·ljallangan turli operatsiyalarni amalga oshirishga harakat qiladilar. Siyosiy ahvolning barqarorligi tadbirkorga o'z faoliyatini strategik jihatdan loyihalashtirish, ya'ni uzoq muddatga mo'ljallangan ishlarni amalga oshirish imkonini beradi.

ljtimoiy omil boshqalarga nisbatan tarkibi jihatidan anchagina J11Uiakk.ab hisublanaJi. Shuning uchun ham uning tarkibi k·o pgina elementlardan tashkil topadi. Agar tadbirkor ularni e'tiborga olmasa, bu salbiy natijalarga olib kelishi mumkin. Quyidagilar bu omilning asosiy elementlari hisoblanadi:


  • jamiyatda maflcuraning holati;

  • milliy urf-odatlar;

  • millatning madaniy va maishiy odatlari;

  • atrofdagi kishilarning tadbirkor va tadbirkorlik faoliyatiga munosabati;

  • davlatning tadbirkor va tadbirkorlik faoliyatiga munosabati.

Iqtisodiy omil bozordagi raqobatni va narx-navo holatini o' zida aks ettiradi. Narx-navo tizimi, o'z navbatida, narxlarning darajasi, ishlab chiqarish jarayoniga tadbirkor tomonidan jalb etilayotgan ishlab chiqarish omillari, ishchi kuchi, kredit stavkasi miqdori hamda soliq va majburiy

to' lovlarni o' z ichiga oladi. Bunda bozordagi raqobat shart-sharoitlari sifat va miqdor jihatdan tahlil qilib thiqiladi.

Tadbirkorlikni davlat tomonidan ma'lum bir shart-sharoitlar yaratilgandagina amalga oshirish mumkin. Uning tarkib topishi avvalambor jamiyatdagi ma'lum bir vaziyatning vujudga kelishi bilan bog' liq bo' lib, undagi siyosiy va iqtisodiy vaziyat tadbirkorlik faoliyatini tarkib toptirishga yo'naltirilgan bo'ladi. Shuning uchun ham O'zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo' llab-quvvatlash bo'yicha Prezidentimiz I.A. Karimov tashabbusi bilan zarur qonunlar, qarorlar, farmonlar va shu kabi huquqiy-me'yoriy hujjatlar qabul qilingan bo' lib, ular hayotga tatbiq etilmoqda. Shu bilan birga tadbirkorlik faoliyatini rag'batlantirish maqsadida ikkita fond: tadbirkorlikni rivojlantirish, kichik biznesni rivojlantirishga ko' maklashish fondlari tashkil etilgan.

Tadbirkorlik faoliyatining kelajagi tadbirkorlik muhiti bilan belgilanadi, u esa jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni aks ettiradi. Ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga iqtisodiy mustaqillik, tadbirkorlar sinfi, iqtisodiy aloqalarda bozorning ustuvorligi, tadbirkorlik kapitalini 'rnujassamlantirish sharoitining mavjudligi va zarur resurslardan foydalanish kiradi.

Tadbirkorlikning ijtimoiy mustaqillik darajasi bozorda vujudga kelayotgan mustaqil korxona va tashkilotlar soni bilan tavsiflanadi. Tadbirkorlik muhitini shakllantirish boshqariladigan jarayondir. Lekin boshqarish usullari ma'muriy yoki direktiv ko'rinishda bo'lishi mumkin emas. Ularning asosiy tadbirkorlik faoliyati subyektlariga ta'sir etiladigan choralardan emas, balki shunday subyektlarning tarkib topishi yo' Iida qulay shart-sharoitlarni yaratishdan iborat bo' lishi kerak.

Tadbirkorlik muhitini tarkib toptirish ko'p jihatli jarayon bo'lib, u o'z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:



  • ijtimoiy, iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy falsafa hamda jamiyat a'zolari psixologiyasining ular bi Ian bog' liq bo' lgan o' zgarishi;

  • tadbirkorlikni rag'batlantiruvchi milliy dastur qabul qilinishi.

Tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy tpaqsadi mamlakat iqtisodiy o'sishining qo'shimcha manbai sifatida ijtimoiy muammolarni bartaraf etishda katta rol o'ynaydi, bandlik muammolarini ha! etish, milliy boylikni o' stirish va millatning farovonligi uchun xizmat qiladi. (1.3.1-rasm.)



lqtisodiy faollikning alohida shakli sifatida tadbirkorlikni shakllantirish


Tadbirkorlik muhitini shakllantirish

Zamonaviy ijtimoiy- iqtisodiy falsafaning shakllanishi


-


I I I

Milliy boylik va milliy farovonlikning o' sishi



Tadbirkorlik infratuzilmasini shakllantirish

ljtimoiy muhitni tarkib toptirish


I I I

-


Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   243




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish