Agar bir kunda 20 dona mahsulot ishlab chiqarilsa, bir yildagi ish kunlari 305 kun
bo’lsa, bir yillik ishlab chiqarish hajmini hisoblang?
9-Masala
“Istiqlol” firmasida mart oyida 2000 dona mahsulot ishlab chiqarildi.
Mahsulotning bir donasining narxi 150 so’mg teng.Mahsulot to’la tannarxi 275000
so’mni tashkil qiladi. Mahsulotni sotishdan kelgan foydani aniqlang?
10-Masala
Korxonani bunyodga keltirishdagi investitsiya miqdori 24 mln. So’mni
tashkil
qilgan. Korxona loyiha rejasiga asosan kutilayotgan yillik foyda miqdori 6 mln.
So’mni tashkil etadi. Investitsiyani qoplash muddatini aniqlang. Qoplash uch yilda
amalga oshirilishi uchun yillik qancha foyda olish kerak?
11-Masala
Asosiy vositaning boshlang’ich narxi 550 ming so’m, tugatish qiymati 40000
so’m, xizmat qilish muddati 10 yil. Asosiy vositaning yillik amortizatsiya
summasini va amortizatsiya normasini aniqlang
12-Masala
Investitsiya loyihasi uchun 600 mln so’m miqdorida investitsiyalash ko’zda
tutilmoqda va so’ng 6 yil davomida har yili 150 mln.so’m
miqdorida daromad
olish kutilmoqda. Investitsiya loyihasining qoplash muddati qanchani tashkil etadi.
13-Masala
Investitsiya xarajatlari 800 mln. so’mga teng bo’lib, olingan pul tushumlari
miqdori quyidagicha :
1-yilda – 100 mln. so’m
2-yilda – 150 mln. so’m
3-yilda – 250 mln. so’m
4-yilda – 300 mln. so’m
5-yilda – 400 mln. so’m
6-yilda – 800 mln. so’mni tashkil
etilishini hisobga olsak, u holda qoplanish
muddati necha yilga teng ekanligini aniqlash qanday amalga oshiriladi?
14-Masala
Faraz
qilaylik, investitsiya loyihasi uchun 900 mln.so’m miqdorida
investitsiyalash ko’zda tutilmoqda va so’ng pul tushumlari birinchi yilda 100
mln. so’mni, ikkinchi yilda 300 mln. so’mni, uchinchi yilda 300 mln. so’mni,
to’rtinchi yilda 450 mln. so’mni va beshinchi yilda 600 mln. so’mni,
oltinchi yilda 800 mln. so’mni
tashkil etadi desak, u holda qoplanish
muddatini hisoblang?.
15-Masala
Tikuvchilik korxonasida oy davomida 200dona erkaklar ko’ylagi tikildi. Tikish
uchun quyidagi xarajatlar qilindi.
Xomashyo xarajatlari-3000000 so’m
Energiya xarajatlari-400000 so’m
Asbob uskunaning amortizatsiya to’lovlari-1000000 so’m
Transport yollash uchun xarajatlar -150000 so’m
Ish haqi va boshqa ijtimoiy sug’urta xarajatlari-1500000 so’m
Ijaraga olinadigan xona uchun to’lanadigan haq-200000 so’m
Ko’ylak tikish uchun umumiy, o’rtacha, doimiy, o’zgaruvchan xarajatlarni
hisoblang?
Do'stlaringiz bilan baham: