Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik



Download 1,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/25
Sana21.10.2022
Hajmi1,16 Mb.
#855195
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Masalalar to\'plami

Ikkinchidan,
masala mashq yechish orqali talabalarning bilim olishdagi 
faolligi ortadi.
Uchinchidan,
masala fikrlashni o’rgatadi. 
Shuning uchun ham masala so’ziga faqat hisob-kitob asosida topshiriqni 
bajarish, javobini aniqlash emas, balki fikr yuritish ob’yekti sifatida qaralishi bejiz 
emas.
Talabada malaka, ko’nikma hosil qilishda alohida o’rin tutadigan 
metodlardan biri bu mashq hisoblanadi. Bu metodning samaraliligi, eng avvalo, 
mashqni amaliyot bilan bog’langanligidir. Mashq qilish deganda o’zi o’rganish, 
malaka hosil qilish uchun qilinadigan ish, tayyorgarlik mashg’uloti va uni takror va 
takror bajarishni tushunamiz. Mashq –inson oldiga qo’ygan maqsadni amalga 
oshirish, ijobiy natijaga ega bo’lish uchun qilingan mashaqqatli mehnat hamdir.


Mashq qilish “Takrorlash bilimning onasidir” naqlini ifodalaydi. Mashq 
qilmay o’quv va amaliy ko’nikma va malakaga ega bo’lib bo’lmaydi. 
Mashqlarni ularni bajarishdan qo’yilgan maqsadga ko’ra: maxsus, avval 
bajarilganlarini yodga tushuruvchi, o’qish, o’rganish jarayonlarini faollashtiruvchi 
mashqlarga bo’lish mumkin. 
Mashqlarni bajarishga ko’ra esa : amaliy, og’zaki va yozma mashqlarga 
bo’lish mumkin.
Iqtisodiy fanlardagi mashqlar talabalarni mushohada qilish, xulosa 
chiqarishga o’rgatish bilan birga kam vaqt sarflashi, ayrim masalalarda ikkilanib 
turgan talabalarni to’g’ri javob topishga o’rgatadi.
Masala mashqlar hisob kitob qilishni taqozo etadi. Bu esa o’quvchi 
talabalarda aniq miqdorlar, raqamlar yordamida qonun kategoriyalarni tushunishni 
osonlashtiradi.
Chunki iqtiosdiyotni nazariy jihatdan o’rganishda ilmiy abstraksiyadan 
foydalaniladi. Ko’pchilik talabalar ilmiy abstraksiya metodini tezda 
tushunishaverishmaydi. Matematik ifodalar orqali iqtisodiy hodisalarni o’zaro 
bog’lanishini tushunish esa oson. 
Masala mashqni mustaqil yechar ekansiz, unga sarflagan intellectual 
energiyangiz va vaqtingizga achinmaysiz. Chunki, ular iqtisodiyotni chuqur 
o’rganishga katta yordam beradi. 
Masala, mashqlar bir tomondan sinalgan, qadimiy dars o’tish uslubi bo’lsa, 
ikkinchi tomondan, imkoniyatlari nihoyatda ko’pligi tufayli eskirmaydigan, doimo 
zamonaviy, uchinchidan, universal, barcha iqtisodiy fanlarni o’rganishda qo’llash 
mumkin bo’lgan metoddir. 
Masalalarning muntazam yechib turilishi, mashq bajarish hamda uni 
muhokama qilish, talabalarning olgan bilimini uzluksiz nazorat qilish, 
tushunmagan kategoriyalarni tushunib olish imkonini beradi. 
O’qituvchi masala,mashq tuzar ekan, birinchi navbatda, aniq maqsad 
qo’yishi, ikkinchidan undan kelib chiqib, qanday ma’lumot berilishini puxta 
o’ylashi, uchinchidan bajariladigan ishlarni, topshiriqlarni maqsadga ko’ra 
tushunarli tarzda qo’yishi zarur.
Nazariy darslarda masala mashqlardan foydalanish uchun umumiy qoidalar: 



Nazariy darslarda masala, mashqlardan foydalanish me’yorini bilish 
zarur;Masala, mashqlardan keragidan ortiq foydalanilsa, nazariy 
masalalarni yoritishga vaqt yetmay qoladi; 

Ma’ruza darsi uchun qisqa vaqtda yechiladigan masala tuzga yoki 
tanlagan ma’qul; 

Ma’ruzada qo’yilgan masala, mashqni oxirigacha yechish shart emas; 
Ba’zan masala, mashqni ma’ruza jarayonidan boshlab, mustaqil 
ravishda davom ettirishni talabalarga topshirish mumkin.

Ma’ruza jarayonida qo’llaniladigan masala, mashqlar doimo real 
ma’lumotlar asosida bo’lishi shart emas. 

Ma’ruzada 
berilgan 
masala 
oddiy 
bo’lishi, 
ma’ruzani 
murakkablashtirmasligi, 
nazariy 
qonun 
qoidalarni 
puxta 
o’zlashtirishlarini hisoblar, raqamlar orqali mustahkamlashga xizmat 
qilishi kerak. 

O’rganilayotgan mavzu, nazariy qonun qoidalar keng ko’lamda real 
faktlar, dalillarni talab qilsa, bunda rasmiy ma’lumotlar asosida 
tuzilgan jadval yordamida bajariladigan masala mashqlar qo’l keladi.
Amaliy darslarda masala va mashqlardan foydalanish metodlariga uch xil 
yondashuv mavjud. 
Nisbatan eng ideal variant bo’lib, amaliy mashg’ulotlarda nazariy savollarni 
muhokama qilib bo’lgach, masala mashq yechib, nazariy bilimni mustahkamlash 
bo’lib hisoblanadi.
Masala mashqlardan foydalanishning ikkinchi metodi ulardan nazariy muammoni, 
qonunlarni o’rganish jarayonida foydalaniladi. O’quvchi talabalar tominidan 
nazariy savolni o’zlashtirish qiyin kechsa, masalani yechish yordamida oson 
bo’ladi. 
Uchinchi metodi, savolni nazariy jihatdan amaliy darsda muhokama qilib 
o’tirmay, mashq masala yechib qo’ya qolish.Masala yechish natijasida nazariy 
savol chala o’rganiladi degan xavotirga tushish noo’rin, chunki masala mashqni 
muhokama qilish jarayonidagi muloqot, aksincha, nazariy qonun qoidalarni 
chuqurroq o’rganishga, uni mazmunini tushunishga yordam beradi.


“Biznes nima va odamlar nima uchun biznes bilan shug’ullanadilar?” 
MAVZUSIGA OID TOPSHIRIQ VA MASALALAR

Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish