Boshqaruv bo’g’ini – bu boshqaruvning ayrim yoki qator funktsiyalarini
bajaruvchi mustaqil bo’limlardir. Bu bo’limlar o’rtasidagi bog’lanish va aloqalar
gorizontal xarakterga ega bo’ladi.
Boshqaruv bosqichi – bu ierarxiyaning muayyan darajasida amal qiladigan
bo’g’indir. Masalan:
Vazirlik → birlashma → korxona → tsex → uchastka Boshqaruv bosqichlari bir boshqaruv bo’g’inining ikkinchisiga, odatda, quyi
bo’g’inning yuqori bo’g’iniga izchillik bilan bo’ysuni-shini ko’rsatadi. Bu vertikal
bo’yicha bo’linishdir.
Barcha bo’g’in hamda bosqichlarning tarkibi, ularning o’zaro bo’ysunish
tartibi, har bir boshqaruv organi va bo’g’inining huquq hamda burchlari, ular
o’rtasidagi munosabatlar boshqaruv tizimini tashkil qiladi.
Boshqaruv tizimini turli jabhalarga bo’lish mumkin: butun tarmoqni
boshqarish; har bir tarmoq tasarrufidagi korxona-larni boshqarish; korxonalar
ichidagi bo’limlarni boshqarish va h.k.
Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalari boshqaruvining tashkiliy tuzilmalari Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalari boshqaruvi tashkiliy tuzilmalarining
quyidagi turlari mavjud (1-rasm).
Chiziqli (pog’onali) tuzilma. Chiziqli (pog’onali) tarkib boshqaruv
tarkibining eng sodda turi hisoblanadi.
Bunda boshqaruvning hamma funktsiyalari korxona rahbari qo’lida to’planib,
barcha quyi rahbarlar va ishlab chiqarish yacheykalari unga bo’ysunadi. Har bir
rahbar o’ziga ishonib topshirilgan bo’linma faoliyatini yakkaboshchilik asosida
boshqaradi va zarur qarorlarni mustaqil ravishda qabul qiladi.
Chiziqli tarkibning o’ziga xos ijobiy va salbiy tomonlari bor.
Chiziqli tarkibning ijobiy tomonlari:
- o’zaro zid, chalkash topshiriqlar berilish hollarini kamaytiradi:
- yakkaboshchilik va shaxsiy javobgarlik mustahkamlanadi;
- bu tarkib oddiy, puxta va tejamlidir;
- bosqichlar soni kam bo’ladi;
- boshqariluvchi ob’ekt ishiga kam kishi aralashadi;
- vazifalar tez hal etiladi;
- butun tizim samarali ishlaydi;
- xodimlar faqat o’z rahbariga hisobot beradilar.
Chiziqli tarkibning salbiy tomonlari:
- bunday tarkib oddiy masalalarni echishga mo’ljallanganligi sababli uning
borasida kompleks masalalarini echish ancha qiyin kechadi;
- bunday sharoitda rahbarlar ko’proq tezkor ishlar bilan band bo’lib, strategik
muammolarni e’tibordan chetda qoldiradilar;
- bunday boshqaruv sharoitida buyruqbozlik va rasmiyatchilik-ning paydo
bo’lish xavfi kuchli bo’ladi, bunga sabab, tarkibning har bir bo’g’inida rahbar o’z
lavozimi bo’yicha farmoyish berish huquqiga ega bo’lishidir.
Ishlab chiqarish tobora murakkablashib, ish ko’lamining kengayib borishi
boshqaruv funktsiyalarini tabaqalashtirishni talab qiladi, chiziqli tarkibning o’rniga
chiziqli-shtabli tarkibning vujudga kelishini taqozo etadi.