1-chizma. Tadbirkorlik muhitining shakllanishi5
Tadbirkоrlik faоliyatining kеlajagi tadbirkоrlik muhiti bilan bеlgilanadi, u esa jamiyatdagi ijtimоiy-iqtisоdiy vaziyatni aks ettiradi. Ijtimоiy-iqtisоdiy vaziyatga iqtisоdiy mustaqillik, tadbirkоrlar sinfi, iqtisоdiy alоqalarda bоzоrning ustuvоrligi, tadbirkоrlik kapitalini mujassamlantirish sharоitining mavjudligi va zarur rеsurslardan fоydalanish kiradi. Tadbirkоrlikning ijtimоiy mustaqillik darajasi bоzоrda vujudga kеlayotgan mustaqil kоrxоna va tashkilоtlar sоni bilan tavsiflanadi. Tadbirkоrlik muhitini shakllantirish bоshqariladigan jarayondir. Lеkin bоshqarish usullari ma’muriy yoki dirеktiv ko`rinishda bo`lishi mumkin emas. Ularning asоsiy tadbirkоrlik faоliyati subyektlariga ta’sir etiladigan chоralardan emas, balki shunday subyektlarning tarkib tоpishi yo`lida qulay shart-sharоitlarni yaratishdan ibоrat bo`lishi kеrak. Tadbirkоrlik muhitini tarkib tоptirish ko`p jihatli jarayon bo`lib, u o`z ichiga quyidagilarni qamrab оladi:
- ijtimоiy, iqtisоdiy va ijtimоiy-iqtisоdiy falsafa hamda jamiyat a’zоlari psixоlоgiyasining ular bilan bоg`liq bo`lgan o`zgarishi;
- tadbirkоrlikni rag`batlantiruvchi milliy dastur qabul qilinishi. Tadbirkоrlikni rivоjlantirishning asоsiy maqsadi mamlakat iqtisоdiy o`sishining qo`shimcha manbai sifatida ijtimоiy muammоlarni bartaraf etishda katta rol o`ynaydi, bandlik muammоlarini hal etish, milliy bоylikni o`stirish va millatning farоvоnligi uchun xizmat qiladi. Mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash bo`yicha amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish va barqaror iqtisodiy o`sish sur`atlarini ta`minlash imkonini bermoqda. 2000-2016 yillarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning YAIMdagi ulushi 31,0 foizdan 56,9 foizga o`sib, 25,9 foiz birlikka ortgan. Taqqoslash uchun bir qator chet el davlatlarida kichik biznesning YAIMdagi ulushini olib qaraydigan bo`lsak, Fransiyada bu ko`rsatkich 62 foizni, Italiyada - 60 foizni, Yaponiyada - 55 foizni, Germaniyada - 54 foizni, Buyuk Britaniyada - 53 foizni, AQShda - 52 foizni, Qozog`istonda - 25,6 foizni, Rossiyada – 20,0 foizni tashkil etadi. Bunda turli davlatlarda sub`ektlarning kichik biznes sohasiga taalluqliligi mezonlariga ham e`tibor berish lozim. Masalan, AQShda xodimlar soni 100 kishigacha hamda yillik aylanmasi hajmi 3 dan 12 mln.AQSh.dollarigacha bo`lgan sub`ektlar kichik biznes sub`ektlari hisoblanadi. Xodimlar soni 100 dan 500 kishigacha bo`lgan sub`ektlar esa o`rta biznes sub`ektlari deb yuritiladi. Shuningdek, Rossiyada kichik biznes sub`ektlariga xodimlar soni 100 kishigacha hamda yillik tushum hajmi 400,0 mln.rublgacha bo`lgan sub`ektlar taalluqli bo`ladi.
1-jadval. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni YAHMdagi ulushi
-
|
Yillar
|
2000-2016yillardao’zgarish
(+;-)
|
2000 y.1)
|
2005 y.
|
2010y.
|
2016 y.
|
Yuqori darajada
|
Namangan viloyati
|
33,4
|
45,2
|
76,0
|
80,3
|
46,9
|
Jizzax viloyati
|
37,1
|
58,3
|
77,3
|
80,3
|
43,2
|
Samarqand viloyati
|
44,3
|
49,9
|
73,6
|
78,0
|
33,7
|
Surxondaryo viloyati
|
39,1
|
42,8
|
71,7
|
75,3
|
36,2
|
Xorazm viloyati
|
34,2
|
47,1
|
71,8
|
74,2
|
40,0
|
O’rta darajada
|
Sirdaryo viloyati
|
38,9
|
59,8
|
77,4
|
68,7
|
29,8
|
Buxoro viloyati
|
33,0
|
40,7
|
64,1
|
67,9
|
34,9
|
Andijon viloyati
|
32,9
|
35,8
|
54,7
|
66,0
|
33,1
|
Farg’ona viloyati
|
32,0
|
40,8
|
59,5
|
63,4
|
31,4
|
Toshkent shahri
|
41,5
|
46,4
|
49,9
|
58,9
|
17,4
|
Toshkent viloyati
|
34,0
|
32,3
|
54,7
|
57,1
|
23,1
|
Qoraqalpog’iston
Respublikasi
|
26,9
|
45,1
|
63,6
|
57,0
|
30,1
|
Qashqadaryo viloyati
|
25,8
|
34,9
|
55,0
|
51,7
|
25,9
|
Past darajada
|
Navoiy viloyati
|
21,5
|
18,5
|
34,4
|
37,6
|
16,1
|
1) Kichik va o’rta bisnes (foizda) 6
2016-yilda respublikamiz hududlari bo`yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorliknining YAHMdagi ulushi Namangan va Jizzax viloyatlarida yuqori darajaga yetib, 80,3 foizni tashkil etgan. Shuningdek, Samarqand viloyatida bu ko`rsatkich 78,0 foiz, Surxondaryo viloyatida 75,3 foiz va Xorazm viloyatida 74,2 foizni tashkil etgan. Sirdaryo, Buxoro, Andijon, Farg`ona, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida, Toshkent shahri va Qoraqalpog`iston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 50-70 foizlar oralig`ida bo`lib, o`rta darajani qayd etgan. Shu bilan birga, past daradaja qolayotgan Navoiy viloyatida bu ko`rsatkich 37,6 foizni tashkil etgan (1-jadval). Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning Yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi (2016 yil, foizda) Kichik biznes subyektlarining demografiyasi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo`llab quvvatlash va ularga qulay shart-sharoitlar yaratib berish bo`yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida ularning soni yil sayin oshib bormoqda.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyotda band bo’lganlar umumiy sonidagi ulushi Kichik biznesning iqtisodiyotda band bo`lganlar sonidagi ulushi turli xorijiy davlatlar ko`rsatkichlari bilan taqqoslanganda, Yaponiyada bu ko`rsatkich 78,0 foizni, Italiyada 71,0 foizni, Germaniyada 69,5 foizni, Buyuk Britaniyada 56,0 foizni, AQShda 54,0 foizni, Rossiyada 25,6 foizni tashkil etganligini ko`rishimiz mumkin.Dunyoning turli davlatlarida kichik biznesning iqtisodiyotda band bo’lganlarning umumiy sonidagi ulushi Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari rivojlanishida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning o`rni. 2016 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan 50654,5 mlrd.so`mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan (jami sanoat mahsulotlarining 45,3 foizi) yoki 2015 yilga nisbatan 16,4 foizga o`sgan.7 So`nggi yillarda sanoatning asosiy tarmoqlarida, ayniqsa oziq-ovqat sanoati, yengil sanoat, qurilish materiallari sanoati, mashinasozlik va metallga ishlov berish sanoati, kimyo va neft-kimyo sanoati hamda farmatsevtika sanoatida faoliyat yuritib kelayotgan kichik biznes subyektlari sonining oshib borayotganligi va ular tomonidan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning yuqori o`sish sur`atlari qayd etilayotganligi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning sanoatdagi ulushini barqaror ravishda oshib borishini ta`minlashda asosiy omillardan biri bo`lib xizmat qilmoqda. Shu o`rinda, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 7 apreldagi PF-4609-son “O`zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi Farmoniga muvofiq, sanoatning sermehnat tarmoqlari bo`lmish oziq-ovqat sanoati, yengil sanoat va qurilish materiallari sanoati tarmoqlarida kichik korxonalar xodimlarining o`rtacha yillik cheklangan soni 200 kishigacha oshirilganligi mazkur tarmoqlarda faoliyat yuritayotgan kichik biznes subyektlari sonining ko`payishiga imkoniyat yaratib berayotganligini alohida qayd etish zarur. 2016 yilda hududlar bo`yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning sanoatdagi ulushi bo`yicha eng yuqori ko`rsatkich Toshkent shahrida 71,0 foizni tashkil etgan. Shuningdek, Namangan viloyatida bu ko`rsatkich 69,4 foizni va Samarqand viloyatida 60,1 foizni tashkil etgan. Mazkur ko`rsatkich bo`yicha o`rta darajada bo`lgan Jizzax, Andijon, Xorazm, Sirdaryo, Buxoro, Farg`ona va Surxondaryo viloyatlari 45-60 foiz oralig`idagi ko`rsatkichlarni qayd etgan. Toshkent viloyatida bu ko`rsatkich 34,0 foizni, Qashqadaryo viloyatida 27,0 foizni, Qoraqalpog`iston Respublikasida 26,6 foizni va Navoiy viloyatida 20,8 foizni tashkil etib, past darajani qayd etgan
Do'stlaringiz bilan baham: |